76
rivojlantirishga qodir menedjer va xodimlarni xizmat pillapoyasidan olg„a qadam
tashlashlariga xizmat qiladi.
Moslashuvchan korporativ madaniya strategini amalga oshirishda rahbariyatning
eng ishonchli hamkori hisoblanadi.
Moslashuvchan madaniyat sharoitlarida kompaniya rahbariyati korxona
faoliyatining barcha ishtirokchilari- iste‟molchilar, xodimlar,
aktsiyadorlar,
ta‟minotchilar haqida g„amxo„rlik qiladi va iloji boricha ularning ehtiyojlarini to„liq
qondirishga harakat qiladi. Ishtirokchilarning hesh qaysi toifasi esdan chiqarilmasligi
kerak; bunday barcha uchun adolatli munosabat qaror qabul qilishning eng asosiy
tamoyillaridan hisoblanadi.
Korporativ
madaniyat
moslashuvchanligi
uchun
yuqori
bo„lmagan
kompaniyalarda o„zgarishlarga qarshilik qilish norma bo„lib qolaveradi va menejerlar
ko„pincha konservativ usulni ma‟qul ko„radilar. Ular ko„pincha faqat o„z bo„linmalari
manfaatlarin himoya qiladilar, turli xil risklardan o„zlarini olib qochadilar va
an‟anaviy ish usullarini afzal ko„radilar.
Kompaniya tez o„zgaradigan muhitda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga
erishishi uchun yangi strategiyalarni va tashkiliy usullarni qo„llashi
kompaniyada
o„zgaruvchan muhitga moslashuvchan madaniyat mavjudligidan darak beradi.
Moslashuvchan madaniyatning belgilari bu: 1) sinalgan va o„zini oqlagan faoliyat
qoidalarini qo„llab-quvvatlaydigan tashkilotga tegishli xaridorlarni, xodimlarni,
aksiyadorlarni, ta‟minotchilarni va tashkilot joylashgan hududni manfaatlarini
ko„zlovchi
sardorlarning mavjudligi; 2) tavakkal qilishdan, tajribada sinab
ko„rishdan, yangiliklardan foydalanishdan qo„rqmaydigan, zaruriyat tug„ilganda
strategiyani va ish usullarini o„zgartirishga qodir guruhlarning mavjudligi.
Moslashuvchan madaniyatli tashkilot a‟zolarida har qanday xavf-xatarni engish
mumkinligi va paydo bulayotgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanish
to„g„risida ishonch mavjud bo„ladi. Bunday tashkilotlarda vazifalarni bajarish
jarayonida tayanch qadriyatlar va faoliyat qoidalariga
amal qilish talabining
mavjudligi uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta‟minlash uchun tashkilot a‟zolarida har
qanday murakkab muammolarni yechish istagi ustivorligidan darak beradi.
77
Menejerlar yangiliklarga intiladilar, biznesda yangi chœqqilarga erishish uchun
yangi g„oyalarni samimiy muhokama etadilar va ma‟lum me‟yorda tavakkal qilishga
tayyor turadilar.
Tadbirkorlik rag„batlantiriladi va mukofotlanadi. Agar yangi xo„jalik sharoiti
an‟anaviy ish usullarini va strategiyani o„zgartirishini talab qilsa, ular o„zgartiriladi.
Moslashuvchan madaniyatda sardorlar kerakli narsalarni kerakli yo„nalishda
o„zgartiradilar, lekin tayanch qadriyatlar va faoliyat qoidalari hech qachon oyoq osti
qilinmaydi.
Moslashuvchan madaniyat shakllangan tashkilotlarda tashkilot manfaatlari
doirasidagi hamma guruhlarning qonuniy ehtiyojlari qondiriladi. Biron bir guruhning
manfaatlari inkor etilmaydi, hamma guruhlarga odilona munosabat bu qaror qabul
qilishda asosiy qoida va «hammasini to„g„ri bajarish» majburiyatidir.
Qisman
moslashuvchan madaniyatlarda esa o„zgarishlarga qarshilik ko„rsatish bu odatiy hol,
menejerlar o„z manfaatlarini ko„zlab, konservativ va siyosiy nuqtai-nazardan harakat
qiladilar. Moslashuvchan madaniyatlar – bu strategiyani tatbiq etuvchilar uchun eng
yaxshi ittifoqchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: