98
yirik bo„lgan hollarda butun tashkilot bajarishi lozim bo„lgan vazifa hisoblanadi.
Strategik liderlik oddiy xodimlarning yangi g„oyalarni olg„a surishi va o„zgaruvchan
sharoitlarda tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlashi lozim.
Moslashuvchan, tashabbuskor
ichki muhit hayotiylik davri kichik bo„lgan tovarlarni
tezlik bilan rivojlantirishda,
muvaffaqiyat
garovi
mahsulotni
differensiyalash
bo„lgan
kuchli
diversifikatsiyalangan ishlab chiqarishda, xarajatlar bo„yicha
liderlik strategiyasi
mehnat mahsuldorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishning boshqa yo„llarini
izlab topishga bog„liq bo„lgan korxonalarda muhim omil hisoblanadi. Menedjerlar
odamlarni tashabbuskor bo„lishga undashning o„zi
bilangina bunday mushitni
yaratishga erisha olmaydilar.
Lider uchun foydali yondashuvlardan biri odamlarni o„ziga xos qo„llab-
quvvatlash, yangi g„oyalar uchun kurashish, yangi tovar va xizmatlarni joriy qilishni
istaydigan, o„z g„oyalarini yangi bo„linma, korxona va hattoki tarmoqqa aylantirish
imkoniyatidan foydalanishga intilayotgan odamlarni tarbiyalash va rag„batlantirish
hisoblanadi. Texas Instruments korxonasida 50
ta omadli va omadsiz tovar
yangiliklarini ko„rib chiqishda bitta omil ham bir omadsizlikka hamroh bo„lgan: “Biz
shuni aniqladikki, ishlanmalar tashabbuskorlari yetarli bo„lmagan.
Bunday vazifani
o„z zimmasiga olishga ko„ndira olgan shaxslar mavjud edi, xolos”. Ehtimol, bironta
yangilik g„oyasi o„z tarafdorlarini topishi yoki yo„qolib ketishi zarurdir. g„oya uchun
kurashchi tirishqoqli, raqobatbardosh, manfaatdor, javobgar bo„lishi, boshqacha qilib
aytganda o„z g„oyasining ashaddiy tarfdori balishi va uning muvaffaqiyatini
ta‟minlashi zarur.
Dostları ilə paylaş: