Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Axloqiy xulqni quvvatlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Strategik boshqarish

5.5. Axloqiy xulqni quvvatlash 
Tashkilot yuqori axloqiy normalarining o„sib borishini namoyish qilishi uchun 
rahbariyat ularga ochiq-oydin rioya qilishi lozim. Bu yo„lda jiddiy kurash olib 
borilayotgan kompaniyalarda etika normalarini reallikka aylantirish uchun rahbariyat 


106 
kompaniyaga murojjatlari, etikaga to„g„ri kelmaydigan xulq-atvorga salbiy 
munosabati, jamoada qulay muhitni qo„llab-quvvatlash bo„yicha xatti-harakatlari 
bilan bu normalarga rioya qilishini namoyish etadi. 
Yuqori axloqiy standartlari ularni rahbariyat tomonidan ochiq-oydin tan 
olinmasdan joriy etilishi mumkin emas. 
Ba‟zi bir menejerlar ularning maqsadi etika kodeksiga rioya qilinishini 
kuzatishgina emas, balki qoidabuzarlarni jazolash ham ekanligini takrorlashdan 
charchamaydi. Biroq asosiy maqsad baribir ma‟muriy jazolar emas, balki 
kompaniyaning ichki kelishuvlarini ta‟minlashdir. Ijrochi direktor o„z maqomiga 
ko„ra tarbiya jarayonini boshqarsada, barcha menejerlar shaxsiy javobgarlikka ega 
bo„ladilar hamda xizmatchilar bilan etika masalalari bo„yicha aloqani ta‟minlaydilar, 
ularni etika normalarini qo„llab-quvvatlash va ularga rioya qilishga undaydilar. 
Tushunmovchiliklar aniqlanishi va ochiq muhokama qilinishi, shuningdek, har bir 
holatda ro„y berishi mumkin bo„lgan qoidabuzarliklar o„rganilishi lozim. Joriy ishni 
etika normalarini hisobga olgan holda bajaruvchi kompaniyalar tajribasi shundan 
dalolat beradiki, bu kompaniyalarda vaziyatni yaxshiroq tushunadi va kompaniya 
manfaatlari yo„lida bor kuchini ayamay birgalikda kelishgan holda mehnat qiladi. 
Quyida menejerlarning etika bo„yicha liderligini amalga oshirishga yordam 
beruvchi bir nechta maslahatlar keltirilgan. Birinchidan, ular o„z xulq-atvori bilan 
namuna bo„lishi va umumiy an‟anasini yaratishi lozim. Kompaniya tomonidan qabul 
qilinuvchi qarorlar etika nuqtai nazaridan ko„rib chiqilishi lohim - “amal so„zga 
qaraganda kuchliroq gapiradi”. Ikkinchidan, menejer va xizmatchilar nima etikaga 
to„g„ri kelishi, nimalar esa to„g„ri kelmasligidan xabardor bo„lishlari kerak. Etika 
masalalarini ko„taruvchi va muhokama qiluvchi har bir shaxsni rag„batlantirish 
lozim. Uchinchidan, rahbariyat murakkab masalalr bo„yicha so„nggi hakam vazifasini 
bajarishga tayyor turishi kerak. Bu xodimlar etika kodeksi qoidalarini buzgan 
hollarda ularni egallab turgan lavozimlaridan chetlatish va ularning faoliyatini 
cheklab qo„yishni anglatadi. Bunday vaziyatlarda tez va qat‟iy harakat qila olmaslik 
real javobgarlikning yo„qligi sifatida qabul qilinadi. 


107 
Axloqiy standartlariga mos kelishni ta‟minlash bo„yicha yaxshi ishlab chiqilgan 
dastur quyidagilardan iborat bo„lishi lozim:

chetdan kelgan direktorlardan tarkib topgan direktorlar Kengashi kuzatuv 
komissiyasini (muammolar komissiyasi) tuzish;

qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bo„yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshiruvchi xo„jalik bo„linmalari rahbarlari qo„mitasini tuzish;

yiliga bir marta har bir menejerning etika normalarining bajarilishini kuzatish 
va nazorat qilish bo„yicha xatti-harakatlarini va qoidabuzarliklar bo„yicha chora-
tadbirlar hisobotini tekshirish;

xodimlarning kompaniya etika standartlariga rozi ekanligini tasdiqlash uchun 
vaqti-vaqti bilan hujjatalrni imzolash talabi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin