111
6-bob. KORXONA BOSHQARUVI FUNKSIONAL TUZILMALARINING
STRATEGIK AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
6.1. Korxona funksional tuzilmalarining strategik ustunliklari va strategik
kamchiliklari
Strukturani strategiyaga moslashtirishda asosiy
beshta rasmiy yondashuv
mavjud:
1. Funkcional ihtisoslashuv;
2. Geografik tashkiliy qurilma;
3. Markazlashmagan ho‘jalik bo‘linmalari;
4. Strategik ho‘jalik birliklari;
5. Ikki tomonlama vakolatlar va strategik ustunliklarga matricali strukturalar.
Ularning har biri strategik ustunliklarga va kamchiliklarga ega bo‘lib, ular
rasmiy va norasmiy tashkiliy elementlar bilan to‘ldiriladi.
Funksional tashkiliy strukturalar. Funksional ihtisoslashgan bo‘limlar asosida
yaratilgan tashkiliy strukturalar - bu bitta korhona bilan faoliyat ko‘rsatadigan
firmalarning strukturasini strategiyaga moslashishining keng tarsalgan usulidir.
Funksional ihtisoslashuvning shakli haridorlar talabini e'tiborga
olish uchun,
mahsulot turlari va tehnologiyalarga moslashish uchun o‘zgartiriladi. Masalan, tehnik
asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi sifat nazorati,
marketing, kadrlar, moliya va
kayd etish, tadiqot va ishlanmalarni yaratish hizmatlari asosida
tashkilotni yaratishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: