Tashabusskor xodimlarni vakolatlar bilan ta’minlash.
Tashabusskor
xodimlarga qulay sharoit yaratish uchun menejerlar bir necha choralarni amalga
oshirishlari kerak bo„ladi. Birinchidan, ular xodimlarni va bo„limlarni yangi
g„oyalarni taklif etishga, ijodiy ishlashga, tashabusskor bo„lishga rag„batlantirishi
lozim. Tashkilot madaniyati xodimlarga tajriba o„tkazish va yangiliklarni kiritishni
targ„ibot etishi shart. Har bir xodim undan g„oyalar va doimiy takomillashish
kutilayotganini his etishi lozim.
Ikkinchidan,
tashabusskor
xodimlarning
yangiliklarga,
o„zgartirishlarga
intilishini hurmat qilish va norasmiy so„rovlar va «aql hujumlari», tadqiqot erkinligi
singdirishi lozim. Avvalambor ijodiy fikrlovchi insonlarga xotirjamlikni buzuvchi
dushman sifatida qaramaslik kerak. Uchinchidan, menejerlar xatolik va
kamchiliklarga, tajribalarga chidam bilan qarashlari lozim. Ko„pchilik g„oyalar aniq
natija bermaydi, lekin tashkilot izlanishlar, tajribalar orqali rivojlanadi. To„rtinchidan,
g„oyalarni qo„llab-quvvatlash uchun menejerlar har xil tashkiliy shakllardan ya‟ni,
venchur brigadalardan, ishchi guruhlardan, har xil guruhlar o„rtasida musobaqa
tashkil etishdan va boshqalardan foydalanishi lozim. Beshinchidan, menejerlar
muvaffaqiyat keltirgan g„oyalar uchun munosib mukofotlanishi, muvaffaqiyatsizlikka
uchraganlar esa jazolanmasligi hamda yana izlanishlarni davom ettirish imkoniyatiga
ega bo„lishlari lozim.
Qisqacha aytganda, rahbariyatning vazifasi – moslashuvchan novatorlik ruhi
bilan sug„orilgan madaniyatga ega bo„lishdir. Ushbu madaniyat o„zgaruvchan tashqi
muhitdan qo„rqishni, chap berishni emas unga to„g„ri yondashishni, moslashishni
o„rgatadi.
5.4. Kompaniya siyosatiga munosabat
Menedjer korxona siyosatidan xabardor bo„lmasa va siyosiy manevrlarning
mohiyatini tushunmasa, u strategiyani samrali shakllantirishi va amalga oshirishi
101
mumkin emas. Siyosat strategiyani shakllantirishda deyarli har doim birinchi o„ringa
chiqib oladi. Noordinar shaxslar va guruhlar koalitsiya tuzadi va har bir guruh o„z
g„oya va manfaatlarini himoya qiladi. Siyosat qaysi vazifalar asosiy bo„lishi va
resurslarni taqsimlashda korxona biznesining qaysi rivojlanish yo„nilishlari ustuvor
bo„lishiga ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Ichki siyosat strategik vazifalarni chegeralashga
xizmat qiladi.
Odatda siyosat strategiyani amalga oshirishda ko„proq ta‟sirga ega bo„ladi. Ichki
siyosatga doir bahs-munozaralar tashkilotchilik tuzilmasi (kimning faoliyat sohasi
qayta ko„rib chiqilishi, kim kimga hisob berishi, kimning qanchalik vakolatga egaligi
va hokazo), kadrlar bo„yicha qarorlar (kimlar asosiy lavozimlarni egallashi va
strategik ahamiyatli faoliyatni boshqarishi) va mablag„larni taqsimlashga (qaysi
bo„linma ko„proq moliyalashtiriladi) taalluqli bo„ladi. Masalan, Djeyms Brayan
Kvinn misol tariqasida keltirgan vaziyatga ko„ra doimo bir-biriga qarshi chiqqan
uchta menedjer tashkilotni qayta tuzishga qarshi koalitsiya tuzib, ular o„rtasida
ziddiyatlarga sabab bo„luvchi muammolarni barataf etishga harakat qilgan.
Korxona siyosati strategik liderlarga o„ziga xos chaqiruv bilan murojaat qilib,
ularni strategiya va uni amalga oshirish o„rtasidan mutansoiblikni ta‟minlashga
chaqiradi.
Qisqacha qilib aytganda, siyosiy munozaralar hamda individual va guruh
uyushmalarining shakllanishi strategik rejani qo„llab-quvvatlash tizimining tarkibiy
qismi bo„lib, uni korxona miqyosda amalga oshirishga xizmat qiladi. Siyosiy
xususiyatlar bu butun strategik jarayoni boshqarishda menedjerga xos bo„lishi lozim
bo„lgan zarur sifatlardir.
Strategiya bo„yicha menedjer tashkilotning rahbariyati qanday ishlashi,
mansabdor shaxslardan qaysilari katta ta‟sirga ega ekanligi, qaysi shaxs va guruhlar
yangi g„oyalarni taklif qilishi va tashabbuskorligi, kim hamma narsaning avvalgiday
qolishini, kim esa asosiy qarorlar uchun kurashda yordam berishni istash va siyosiy
ahvol qaysi yo„nalishda ekanligini tushunishi kerak. Asosiy qarorlarni qabul qilish
payti kelganda strategiya bo„yicha menedjer koalitsiyalarni boshqarish va
konsensusga erishishga alohida e‟tibor qaratishi lozim. Britaniyaning eng yirik
102
korporatsiyalaridan biri boshqaruvi raisining aytganidek: “Men hech qachon jiddiy
qarorlarni o„z hamkasblarim bilan maslahatlashmasdan qabul qilmaganman. Hattoki
buni qanday amalga oshirgan bo„lishimni tasavvur ham qila olmayman. Birinchidan,
ko„p hollarda ular menga yanada to„g„ri qaror qabul qilishga yordam beradilar.
Ikkinchidan, agar ular bu qarorlarga rozi bo„lsalara ularni qallvb-quvvatlaydilar. Aks
holda ular bunga ochiqdan-ochiq bo„lmasadan, qarshilik ko„rsatishlari mumkin”.
Srategiya sohasidagi siyosat asosan imkoniyatlarni rag„batlantirish, kuchli
takliflarni qo„llab-quvvatlash va zaif takliflarni yo„qotish, muayyan masalalar
bo„yicha koalitsiyalar tuzish va konsensusga erishishdan iborat bo„ladi. To„qqizta
yirik korporatsiyalarda yaqinda o„tkazilgan strategik boshqaruv tadqiqotlarining
ko„rsatishicha, muvaffaqiyatga erishayotgan mansabdor shaxslar quyidagi taktikaga
amal qiladilar:
- zaif g„oyalarga minimal yordam ko„rsatish yoki umuman qo„llab-
quvvatlamaslik yo„li bilan ularning halok bo„lishiga yo„l qo„yadi;
- qo„llab-quvvatlanayotgan, biroq nuqtai nazaridan qabul qilinmaydigan
g„oyalarga qo„shimcha tekshiruv va to„siqlar yaratadi, chunki bunday holatda ularga
ochiqdan-ochiq qarshilik ko„rsatmagan ma‟qul;
- nuqtai nazaridan qabul qilinmaydigan g„oyalarga sust siyosiy qiziqishni
qo„llab-quvvatlaydi, nuqtai nazaridan qabul qilinmaydigan g„oyalar;
- eng salbiy qarorlar kollegial ravishda qabul qilinishiga yo„l qo„yadi va o„zining
veto huquqini eng kritik vaziyatgacha oxirigacha saqlab turadi;
- strategiyani boshqaradi, biroq o„z hukmini o„tkazmaydi – buyruq va
ko„rsatmalarni kamroq berib, norasmiy so„rovlarga tayanadi, konsensusga
erishguncha muammoning mohiyatini aniqlash va tushunishga harakat qiladi;
- keraksiz yo„nalishdagi xatti-harakatlarning boshlanib ketishiga sababchi
bo„lmaslik uchun ramziy harakatlar va murojjatalrga ehtiyotkorlik bilan munosbatada
bo„ladi;
- tashkilot doirasida barcha boshqaruv vositalari korporativ rahbariyatga borib
taqalishiga ishonch hosil qiladi;
103
- butun kompaniga qarshi qo„yilgan ayrim xatti-harakatlarni bartaraf etish uchun
ko„pchilk o„zgarishlar bo„yicha qaror qabul qilish jarayonlariga yangi odamlar va
yangi g„oyalarni jalb qiladi;
- oppozitsiya o„z maqsadida foydalanishi mumkin bo„lgan hollarda jiddiy
muammolar bo„yicha o„z qarashlarini namoyish etishni cheklab qo„yadilar.
Yangi strategiyani joriy qilish siyosatini amalga oshirish ayniqsa, eski
strategiyaning ommaviyligi katta bo„lgan hollarda juda qiyin kechadi. Eski
strategiyaning kamchiliklari yaqqol ko„zga tashlanib turmasa, unga qarshi barcha
xatti-harakatlar kutilayotgan samarani bermaydi. bu eski strategiyani shakllantirgan
va amalga oshirgan shaxslarga tajovuz sifatida qabul qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, yangi strategiya va rejaning ustunliklari boshqalar uchun ochiq
ko„zga ko„rinmasligi mumkin, shu sababli ular bu yangiliklarning maqsadga
muvofiqligidan shubhalanib qolaveradilar. Muqobil nuqtai nazar foydasiga dalilar
ham bo„lishi mumkin, ularni asoslanmagan holda tanqid qilish xatti-harakatlarni
birlashtirish o„rniga tarqoqlikka sabab bo„lishi mumkin.
Strategiyani har bir ijrochiga etkazish uchun strategiya bo„yicha menedjer yangi
strategiyani qo„llab-quvvatlash va unga qarshilik ko„rsatish markazlarini ilg„ay olishi
va ulardan fodalanishni bilishi zarur. U tashkilotning asosiy mansabdor shaxslari
tomonidan qo„llab-quvvatlanish, qarshilikni yo„qotishga erishishi, befarqlik
hududlarini aniqlashi va o„z xatti-harakatlarining iloji boricha ko„proq
ma‟qullanishini ta‟minlashi lozim.
Agar menejer kompaniya siyosatiga ta‟sirchan bo„lmay, siyosiy ma‟noda
moslashishini bilmasa, u strategiyani shakllantira olmaydi. Strategik rejani yaratishda
siyosat hamma vaqt ishtirok etadi. Tayanch guruhlar va shaxslar albatta o„z
koalitsiyasini yaratadi, har bir guruh esa o„z g„oyalarining ustunliklarini isbotlashga
harakat qiladi. Kompaniyaning ustivor maqsadlarini hal etishda, resurslarni
taqsimlashda ham siyosiy fikr – muloќazalar ishtirok etadi. Ichki siyosat – bu ma‟lum
strategik variantga nisbatan muvofiqlik omilini shaklantirishdir.
Odatda, siyosat strategiyani shakllantirishga nisbatan uni tatbiq etish jarayonida
yanada ko„proq ishtirok etadi. Siyosiy fikr mulohazalar xizmat doiralariga, qayta
104
tashkil etishga, kim-kimga bo„ysunishini aniqlashga, qaysi bo„linmalar kimga
qarashli ekanligiga, qaysi tayanch lavozimlarni qanday shaxslar egallashiga, qaysi
tashkiliy birliklar qancha smeta mablag„larini egallashiga va shunga o„xshash boshqa
amaliy tomonlarga ta‟sir qiladi.
Qisqasi siyosiy fikr-mulohazalar individual va guruhlar alyanslarini
shakllantirish – bu kompaniya bo„yicha strategik rejani qo„llab-quvvatlash va amalga
oshirish bo„yicha muvofiqlikni ta‟minlashning asosini tashkil qiladi.
Menejer tashkilotda hokimiyat strukturasi qanday ishlayotganini, ijrochi
organlarda kim kuchli ta‟sirga ega ekanligini, qanday insonlar va guruhlar «faollar»
ekanligini, kim ko„proq foyda keltirishi mumkinligini, tayanch qarorlarni qabul
qilishda kimlar o„zini chetga olayotganini va u yoki bu masalada «siyosiy shamollar
qaysi tomonga esayotganini» yaxshi bilishi lozim. Muhim qarorlar qabul qilinayotgan
paytda koalitsiyalar bilan ishlash siyosatiga va kelishuviga erishishga menejerlarning
ta‟sirchan bo„lishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Britaniyaning yirik
kompaniyasi raisi aytganidek:
«Men hamkasabalarim bilan maslahatlashmay biron marta ham muhim
qarorlarni qabul kilmaganman. Birinchidan, odatda ular eng yaxshi qarorni qabul
qilishda menga yordam beradilar. Ikkinchidan, yechim ma‟lum bo„lib, ularni
qoniqtirsa, ular ushbu yechimni qo„llab-quvvatlaydilar. Aks holda ular ochiqcha
bo„lmasa ham, yashirincha yechimga shubha bilan qaraydilar».
Strategiya sohasidagi siyosat ma‟qul yondashuvlarni rag„batlantirishga munosib
takliflarni qo„llab-quvvatlashga, zaiflaridan voz kechishga, alohida muammolar
atrofida koalitsiyalarni shaklantirishga hamda kelishuvga erishish va ustivor
vazifalarni bajarishni ta‟minlashga qaratilgandir.
Strategiyani boshqarish sohasida yaqinda o„tkazilgan tadqiqotlar shuni
ko„rsatadiki, muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatadigan mansabdor shaxslar quyidagi
taktik xarakterdagi siyosiy qoidalardan foydalanadilar:
Zaif qo„llab-quvvatlashga ega g„oya va takliflarga e‟tibor bermaslik orqali
ularni yo„qolib ketishga yo„l qo„yib berish.
105
Menejerlar fikricha qabul qilish mumkin bo„lmagan, lekin ochiqchasiga rad
etib ham bo„lmaydigan kuchli qo„llab-quvvatlashga ega g„oyalarga nisbatan
qo„shimcha to„siqlar va tekshirishlar yaratiladi.
Qabul qilib bo„lmaydigan variatlar atrofida siyosiy shovqin yaratilmaydi
menejerlarga ushbu variantni rad etish taklif qilinadi.
Strategiya bo„yicha kelishuvlarga erishmaganga šadar strategiyani kuchli
targ„ibot qilmasdan kam sonli buyruqlar orqali yo„naltirish strategiya bo„yicha
norasmiy so„rovlar o„tkazib, uni aniqlashtirishga harakat qilinadi.
To„liq shakllanmagan noaniq fikrlar va harakatlar ta‟sirida faoliyat noto„g„ri
yo„nalishda rivojlanib ketmasligi uchun ehtiyotkor bo„lish.
Tashkilotning «asosiy kuchlarining manbalari» vakillari oliy rahbariyat
tarkibiga kirgan bo„lishi lozim.
Yangiliklarga qarshiliklarni kamaytirish va turli tuman yondashuvlarni,
bahslarni ta‟minlash uchun muhim o„zgarishlarni muhokamasida yangi shaxslar va
yondashuvlarni ishtirok etishi ta‟minlanadi.
Muќolifatning kuchli guruhlari vaziyatni o„z foydasiga hal etishini oldini olish
uchun bahsga sabab bo„luvchi muammolarni hal etishda siyosiy ta‟sirlarni
minimallashtirish.
Yangi strategiya sobiq strategiya tarafdorlarini qarshiliklarini engishida siyosat
muhim o„rin egallaydi. Sobiq strategiyani kamchiliklari aniq ko„rinib turganda uni
yomonlab, yangi strategiyani olg„a surish bu odatda nunoš siyosat hisoblanadi.
Chunki sobiq strategiyani qoralash uni yaratganlarga va qo„llab-quvvatlaganlarga
nisbatan hujum deb tushuniladi. Sobiq strategiya va uning asosiy prinsiplari o„z
vaqtida kompaniya mavqeiga mos kelib, uni rivojlantirgan bo„lishi sobiq strategiyani
yaratgan rahbarlar esa hozirda ham tashkilotda o„z obro„iga ega bo„lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |