Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


tuzilmaning strategik afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
Strategik boshqarish

tuzilmaning strategik afzalliklari va kamchiliklari 
Ishlarni tovar belgilari asosida guruhlash orqali tashkiliy tuzilmani yaratish uzoq 
vaqt davomida qo„llanildi. Ushbu tashkiliy (mahsulotli) tuzilma 20 yillardan boshlab, 
«Du Pont» va «General Motors» korxonalarida qo„llanildi
5
. Funksional 
ixtisoslashgan 
menejerlar 
faoliyati 
murakkablashganligi 
korxonaning 
diversifikatsiyalashishi oqibatida ro„y beradi. (Shu sababli mustaqil tovar 
bo„linmalari paydo bo„ldi). Masalan, ishlab chiqarish rahbari va menejerlari 50 dan 
ortiq zavodlar 20 dan ortiq texnologiyadan foydalanib, 30 dan ortiq mahsulotni 8 ta 
tarmoqqa etkazib berishini tasavvur etish ularning mehnati qanchalik murakkab 
ekanligini tushuntiradi. 
Ko„p tarmoqli korxonalarda boshqaruv chizig„i bosh ma‟muriy idoradan quyi 
pog„onadagi funksional bo„limlarga emas, balki har bir korxona rahbariyatiga 
yo„naltiriladi. Demak, agar korxona bitta korxonadan iborat bo„lib, standart bloklar 
funksional bo„limlar va geografik bo„linmalardan iborat bo„lsa, ko„p fillialli 
korxonalarda tashkiliy tuzilma elementlari korxonalardan iborat bo„lishi mumkin. 
Har bir xo„jalik birligining boshqarish uning menejmentiga yuklatiladi. Bunda 
tashkilotning strategiyasini yaratish uni tatbiq etish va foyda uchun javobgarlik ham 
menejment zimmasida bo„ladi. Korxona tњlig„icha mustaqil faoliyat ko„rsatishi ham 
mumkin. 
Keng diversifikatsiyalashgan korxonalarda markazlashmagan xo„jalik birliklari 
soni haddan tashqari oshib ketadi. Bunda o„zaro yaqin bog„liqliklarga ega 
korxonalarni boshqarish vakolatini katta menejerga yoki yetakchi mutaxassisga 
berish mumkin. Bu hol yana bir boshqarish pog„onasini keltirib chiqarsa ham, turli 
yo„nalishga ega biznes birliklarini tezkor boshqarish imkonini beradi. 
Strategik biznes birlik (SBB) – bu bir korxona tarkibida paydo bo„lgan 
korxonalar bo„lib, ular ma‟lum strategik elementlar asosida birlashtirilgan. Ular 
umumiy xususiyatga ega bo„lganligi uchun bir guruhga jamlanadi. Ushbu elementlar 
5
Fred R.David. Strategic Management: A Competitive Advantage Approach, Concepts & Cases. Pearson. 2014. USA. 
461 p. 


116 
tarkibiga keskin to„qnashadigan raqobatchilar, chambarchas bog„langan faoliyat 
turlari va narxni belgilovchi maqsadlar, muayyan ustunliklarga tayanib ish ko„rish 
(kam xarajatlar yoki differensiyalash), muvaffaqiyatning umumiy tayanch omillari va 
boshqalar kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin