78
bo„lgan xatti-harakatlar strategiyaga ko„proq mos keluvchi yangi madaniyatni
yaratishga imkon beradi.
Mukofotlash
tadbirlari, xulq-atvor etalonlari va boshqa ramziy belgilar
korporativ madaniyatni yaratish bo„yicha menejerlar ishining muhim qismi
hisoblanadi.
Kompaniyaning oliy rahbariyati strategiyaga yo„naltirilgan
korporativ
madaniyatni yaratishda shaxsan ishtirok etishi zarur.
Strategiya va madaniyatni birlashtirishdan maqsad uzoq muddatli xarakterga
ega. Yangi maslaklar xizmatchilar ongidan o„rin egallashi uchun uzoq vaqt kerak
bo„ladi.
Tashkilot qanchalik katta, yangi maslaklar qanchalik chuqur bo„lsa,
strategiya va madaniyat o„rtasida kuchli aloqa o„rnatishga shunchalik ko„p vaqt talab
qilinadi. Yirik kompaniyalarda korporativ madaniyatdagi o„zgarishlar muddati
kamida 3-5 yilni tashkil etadi. Haqiqatda ham amal qilayotgan korporativ
madaniyatni o„zgartirish yangi tashkil etilgan tashkilotda
yangi maslaklarni
yaratishga qaraganda ancha qiyin kechadi.
Strategiya muallifining vazifasi – kompaniyada mavjud madaniyatga mos
keladigan strategiyani tanlashdir. Ushbu strategiyada «o„zgartirish ta‟qiqlangan»
elementlar bo„lishi mumkin. Strategiyani yurituvchining vazifasi strategiya
tanlangandan so„ng unga halaqit beradigan madaniyat qirralarini o„zgartirishdan
iborat.
Kompaniya madaniyatini strategiyaga mos ravishda
amalga oshirish rahbariyat
uchun
mushkul
muammolardan
biri
hisoblanadi.
Kompaniyada
mavjud
madaniyatning qaysi elementlari strategiyani qo„llab-quvvatlashini qaysilari aksincha
qarshilik ko„rsatishini aniqlash birinchi qadam bo„lib xizmat qiladi. So„ngra
menejerlar strategiyani qaysi tomonlarini o„zgartirish to„g„risida hamma manfaatdor
shaxslar bilan ochiq - oydin muќokama šilishi va madaniyatni strategiyaga moslovchi
harakatlarni tezkorlik va qat‟iyatlik bilan amalga oshirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: