Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги


Alpomish” dostonidagi ayrim poetonim (poetik nom)larning lingvo-madaniy xususiyatlari



Yüklə 67,95 Kb.
səhifə13/14
tarix19.06.2022
ölçüsü67,95 Kb.
#61815
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
malaka ishi

Alpomish” dostonidagi ayrim poetonim (poetik nom)larning lingvo-madaniy xususiyatlari

Badiiy asarda qo`llngan har bir so`z birligi, jumladan, atoqli otlar ham ma`lum “badiiy yuk” tashiydi, atash, fikr ifodalashdan tashqari estetik-emotsional vazifa ham bajaradi. Bu lisoniy vazifa adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan badiiy-uslubiy vazifa sanaladi. Xuddi shunday vazifa bajaradigan, badiiy matnda qo`llangan atoqli otlar poetik nomlar, ya`ni poetonimlar deb ataladi. Poetonimlar leksik-semantik jihatdan antroponim, zoonim, toponim kabi turlarga bo`linadi.


“Alpomish” dostoni poetonimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Xususan, Alpomish – doston bosh qahramonining laqabi. U dostonda mard, pahlavon, oriyatli, g`ururli, vatanparvar o`g`lon sifatida tasvirlangan: Shunga barcha xaloyiq yig`ilib kelib aytadi: “Dunyodan bir kam to`qson alp o`tdi, alplarning boshlig`i Rustami Doston edi, oxiri bu Alpomish alp bo`lsin”. Oxiri Alpomishbek alp bo`lib, to`qson alpning biri bo`lib, sanaga o`tib, alplik otini ko`tarib, yeti yoshida Alpomish ot qo`yildi. Yetti yoshida yoyni ko`tarib olgani uchun Alpomish alp atandi. (“Alpomish”, 9-bet).
Odatda, alluziv matnda alluziv ko`rtasgich vazifasida keluvchi kishi imsi, familiyasi va laqablari alluziv antroponim sanaladi. Alpomish poetonimi o`zbek she`riy mantlarida alluziv nom sifatida qo`llanib, u orqali dostonning muayyan syujetiga ishora qilinadi:
O`g`lim, desang osmonlarga G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib Ulug`beking quchgayman,
Gichir-g`ichir tishimdagi so`lig`imsan, Vatanim.
(M.Yusuf, “Vatanim”).


Xulosa

Alpomishning Boychibori, Go’ro’g’lining G’iroti baxshilar do’mbirasining, “hayyo-hayt”ining zabtidan bino bo’lgan bo’lsa, Tolstoyning Xolstomeri, Aytmatovning Gulsarisi, Shukur Xolmirzayevning Qorayoli, Tog’ay Murodning Tarloni odam va tulporning azaliy rishtalari timsolida qalamda yaralgan qahramonlardir.


Odamzotlarda-ya men g’arib,
Hayvonzotlarda-yasen g’arib.
Tashlagin bu chohga jonivor-a,
Ikkovimiz bo’ldik-kuteng g’arib.
Bu noladan so’ng Alpomishni chohdan olib chiqqan ham, Go’ro’g’lining “Mening tug’ishganim yo’q, tutilganim sensan” degan qadrdoni ham, yarador sarkarda Sulton Jaloliddin o’kirgan daryodan opichlab o’tgan ham shu otlar edi.

A


Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin