Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги



Yüklə 67,95 Kb.
səhifə10/14
tarix19.06.2022
ölçüsü67,95 Kb.
#61815
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
malaka ishi

III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu bayoni “Aqliy hujum” metodini qo‘llash bilan boshlanadi. “Aqliy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulot (bahs)ning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fi krga nisbatan tanqidni mutlaqo taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iborat. Bundan ko‘zlangan maqsad – o‘quvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlash.
Savol: Xalq og‘zaki ijodi janrlari, xususan, xalq dostonlari haqida ma’lumotlar bazasini yarating. O‘quvchilar quyi sinfda olgan bilim va malakalariga tayangan holda xalq og‘zaki ijodi va xalq dostonlari xususidagi fikrlarini bildiradilar. So‘ng “Alpomish” dostoni haqida nimalarni bilishlari va yana nimalarni bilishni xohlashlari haqidagi fi krlarini “BBB” texnologiyasidan foydalanib o‘qituvchi tomonidan berilgan varaqlardagiBilamanva “Bilishni xohlayman” bo‘limlariga yozadilar. “Bilib oldim” qismini yangi mavzuni tushunib olgach to‘ldirishadi.

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim










O‘quvchilar yozib tugatgunlariga qadar baxshilarimiz tomonidan kuylangan “Alpomish” dostonidan parcha yangrab turadi. Guruhlarning javoblari tinglanib, shu asosda slaydlar namoyishi o‘tkaziladi. Slaydlar namoyishi orqali o‘qituvchi ma’ruzasi tinglanadi.


O‘qituvchi: Xalq og‘zaki ijodi sirasiga kiruvchi doston janri tuzilishi jihatidan juda sodda, ertaklar kabi sehrli, biroq hajm jihatidan katta, mazmun ko‘lamiga ko‘ra keng, ifodalanish usuli va ijrosi ham o‘ziga xos janrdir. Xalq dostonlari ma’lum xalq shoiri tomonidan yaratilib, boshqa ijodkorlar tomonidan sayqal beriladi va avloddan avlodga og‘zaki tarzda o‘tib keladi. Natijada uning yaratuvchisi unutilib, xalq mulkiga, xalq ijodiga aylanib ketadi. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodiga jamoaning ijod mahsuli sifatida qaraladi.
Dostonlar o‘zida xalqning o‘tmishini, milliy taraqqiyot yo‘lini, turmush tarzini bevosita aks ettiradi. O‘zbek xalqining “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon”, qirg‘iz xalqining “Manas”, qoraqalpoq xalqining “Qirqqiz”, hind xalqining “Mahabharata”, “Ramayana” kabi dostonlari xuddi shunday dostonlar sirasiga kiradi. Xalq dostonlarini do‘mbira jo‘rligida ijro etuvchi san’atkor “shoir” yoki “baxshi” deb ataladi. Xorazmda dostonlar tor jo‘rligida aytiladi va bu xil aytuvchilar “xalfa” deb yuritiladi.
“Alpomish” dostoni jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Dostonning turkiy xalqlarda turli variantlari uchraydi. Masalan, qoraqalpoq, qozoq, oltoy variantlari doston shaklida, tatar va boshqird variantlari ertak va rivoyat shaklida bizga yetib kelgan. Bu dostonni o‘zbeklar “Alpomish”, qoraqalpoqlar “Alpomis”, qozoqlar “Alpamis batir”, oltoyliklar “Alip-Manash”, qozontatarlar “Alpashsha”, boshqirdlar “Alpamish va Barsin hiluu” deb nomlaganlar. O‘zbek dostonchiligi ta’sirida uning tojikcha variantlari ham yuzaga kelgan. «Alpomish» – xalqimiz og‘zaki ijodidagi eng qadimiy, badiiy jihatdan mukammal, olimlar tomonidan ko‘p o‘rganilgan doston. Unda o‘zbek xalqining uzoq o‘tmishi, rasm-rusumlari, an’analari, quvonch-u tashvishlari o‘zining badiiy ifodasini topgan. Shuning uchun ham dostonning ming yillik to‘yida Prezidentimiz I.A.Karimov: «Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi”, – degan edi. Bu fi krda dostonning mohiyati, g‘oyasi, badiiyati, millatimiz tarixida tutgan o‘rni mujassam etilgan. XX asrning 70-yillarigacha «Alpomish» dostoni haqida bildirilgan mulohazalarning ko‘pchiligi Mahmud Zarifov tomonidan Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan 1928-yilda yozib olgan nusxa asosida Hamid Olimjon qisqartirib nashrga tayyorlagan kitobga tegishli edi.
Faqat 1969-yilda Berdi baxshidan Abdulla Alaviy va 1972-yilda Saidmurod Panoh o‘g‘lidan Shamsi Murodov yozib olgan nusxalar nashr etilgandi. Istiqlol sharofati bilan «Alpomish» dostoniga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Avvalo, Berdi baxshi aytgan doston qayta nashr etildi. 1998-yilda Xushboq Mardonaqul o‘g‘li (yozib oluvchi Toshtemir Turdiyev), 1999-yilda Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li (yozib oluvchi Mansur Afzalov) nusxalari alohida nashr etildi. 1998-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti 70 yildan keyin to‘liq holda bosmadan chiqdi.
1999-yilda dostonning ming yillik to‘yi katta tantanalar bilan nishonlandi.



Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin