Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


-Mavzu: Eneolit davri xususiyatlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə29/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

5-Mavzu: Eneolit davri xususiyatlari
Reja:
1.Eneolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Eneolit davrini o’rganilishi.
3. O’zbekistonda eneolit davri yodgorliklari.
Tayanch tushunchalar: Mis – tosh asri, Tripole madaniyati, Kuro – araks, Anau, Namazgox, Sarazm, Zamonbobo, Oltintepa, xumdon, mudofaa istexkomlari, rangdor idishlar, terrakota (pishirilgan loy), muxr.
Eneolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Neolitdan keyingi davr eneolit deb ataladi. Lotincha “acneus”-mis va yunoncha “litos”-tosh so‘zlaridan olingan bo‘lib, mis-tosh davri ma’noni anglatadi. Eneolit miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. U ko‘p hududlarda neolit davri jamoalari bilan bir vaqtda hukmron bo‘lgan. B.A.Kuftin va V .M. Massonning janubiy Turkmanistonda olib borgan arxeologik tadqiqotlari asosida eneolit davrining rivojlanish bosqichlarini aniqladilar va eneolit davri rivojlanishi ilk, o‘rta, so‘nggi bosqichlarga bo‘ldilar. Ular tadqiqodi natijasiga ko‘ra, Nomozgoh-1-ilk eneolit davriga, Namozgoh-2- o‘rta eneolit davriga , Namozgoh-3-so‘nggi eneolit davriga xosdir. Eneolit davrida sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo‘jalikning asosini tashkil etgan
Eneolit davri iqlim sharoiti hozirgi davrdan ancha farq qilgan. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan. Tog‘ oldi soylari, daryolar sersuv bo‘lib, ular cho‘l zonalarining ichkarisigacha kirib borganlar. Eneolit jamoalari shu suv etaklarida o‘zlariga manzilgohlar qurib, yangi erlarni o‘zlashtirganlar.
Eneolitning ilk bosqichida aholi bir-biriga zich qilib qurilgan bir xonali uylardan iborat qishloqlarda istiqomat qilganlar. Uylar tor, kvadrat shaklida xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xona devorlari somonli loy bilan suvalgan. O‘rta bosqichida esa qishloqlarning markaziy qismi mudofaa devori bilan o‘ralib, ko‘p xonali uylar ham uchraydi. Ularning orasida doira shaklidagi xonalar ham bo‘lib, tadqiqotchilar fikricha bu ibodatxona bo‘lib, ular bu erda olovga sig‘inishgan. Eneolitning so‘nggi bosqichida qishloqlar hududi kengayadi va ko‘p xonali uylarning soni oshadi. Ularda dahlizlar va hovlilar vujudga keladi. Hovlilarni birlashtiruvchi tor ko‘chalar rasmiylashgan va ularning hammasi qishloqning markazidagi maydonga chiqqan. Har bir uyda xo‘jalik kompleksi-omborxonalari bo‘lgan.
So‘nggi bosqichda qishloqlar yiriklashib, shaharlar qiyofasiga o‘ta boshlagan. Shu jihatini inobatga olib, arxeologlar uni shaharlargacha (protogorod) bo‘lgan davr madaniyati belgilari deb hisoblaydilar.
Eneolit davrida mehnat qurollari asosan toshdan, hayvon suyaklaridan va qisman misdan yasalgan. Mis mehnat qurollari mavjud bo‘lganligi eng qadimgi mehnat qurollarini ximiyaviy analiz qilish asosida isbotlandi. Dastlabki mis qurollar sof misdan yasalgan. Odamlar dastlab misni toshning bir turi deb, sovuq holda ishlov berganlar. Miloddan avvalgi IV ming yilliklardagina uning olovda erish xususiyati kashf etilgan. Mis qurollari yumshoq va egiluvchan bo‘lganligi sababli tosh qurollarni siqib chiqara olmagan.
Eneolit davridagi mehnat qurollari asosan dehqonchilik xo‘jaligi bilan bog‘liq edi. Bu qurollar chaqmoqtoshdan ishlangan qistirma o‘roq, pichoq, o‘roq randa, qirg‘ich, bigiz, yorg‘uchoq, ketmoncha va boshqalar bo‘lgan. Misdan bigiz, igna, to‘g‘nag‘ich, bolta, pichoq, nayza, kurakchalar va turli taqinchoqlar yasaganlar.
Eneolit davrining ilk va o‘rta bosqichida sopol loyiga maydalab ezilgan somon qo‘shib idish yasalgan. Bu sopol buyumlar qalin va mo‘rt bo‘lib, tagi yassi bo‘lgan. Sopol idishlar sarg‘ish, och sariq, och qizil va qizil angob bilan bo‘yalib, qora mineral rang bilan sodda geometrik naqsh berilgan.
So‘nggi bosqichida esa sopol idishlar yasashda katta o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, sopol buyumlar sifati yaxshilanadi, ya’ni loyga gips aralashtiriladi. Natijada sopol buyumlar jarangli va mustahkam bo‘ladi. Ikkinchidan ba’zi sopol idishlarda 3 tadan oyoq paydo bo‘ladi. Uchinchidan sopol buyumlar naqshi murakkablashib, jimjimador bo‘ladi va hayvon, parrandalarning rasmini solish odat tusiga kiradi. Sopol idishlar turi ko‘paygan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin