“Eneolit davri xususiyatlari” Metodni amalga oshirish tartibi: 1-bosqich. O’qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni tarqatadi;
2-bosqich. O’quvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o’z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda o’quvchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma’lumot.
“ - ” – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman.
“+” – bu ma’lumot men uchun yangi.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, o’quvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to’liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg’ulot yakunlanadi.