Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Bronza davri xo‘jaligida yuz bergan o‘zgarishlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə33/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Bronza davri xo‘jaligida yuz bergan o‘zgarishlar. Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik madaniyatining keng yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning 2 - yarmida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi, ya’ni cho‘l va dasht zonalarida chorvachilar, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan janubiy-sharqiy, markaziy hududlar va daryo bo‘yida dehqonchilik madaniyati etakchi o‘rinni egalladi. Ikkinchidan bronza davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi, natijada dehqonchilik yoki chorvachilikni rivojlantirish uchun alohida keng hududlar va ma’sul odamlar zarur bo‘lib qoldi. Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha bo‘lib ajralib chiqishi qonuniy zaruriyat edi.
Bronza davri yutuqlarini quyidagilar qilib ko‘rsatishimiz mumkin: bronzadan yasalgan qurollar mehnat unumdorligini oshirdi, sug‘orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko‘paydi, yangi erlar o‘zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari-metallurgiya, zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o‘tildi, uy-joy qurilishida g‘ishtdan foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari shaklandi. Ot eshakdan transport sifatida foydalanildi, g‘ildirakli aravalar kashf etildi, jamiyat hayotida monogam oila tarkib topib, hayotda otalar etakchi bo‘la boshladilar, patriarxat davri boshlanib, urug‘ jamoasi emirila boshladi va ilk davlatchilik elementlari shakllandi. Qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar o‘rtasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo munosabatlarda bir – biri bilan aralashib, yangi yuqoriroq rivojlanish darajasidagi madaniyatlar vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Qirg‘iziston va undan naridagi cho‘llarda yashagan Andronova madaniyati chorvadorlari miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan va Tozabog‘yob, Qayroqqum kabi madaniyatlar shakllangan.
Bronza davri manzilgohlari. O‘zbekiston hududidagi bronza davri yodgorliklarini o‘rganishda S.P. Tolstov, Ya. G‘ulomov, A. Asqarov, M.A. Itina, T.Shirinov, A.Sagdullaev, M.Shaydullaev, Yu.A. Zadneprovskiy, V.I.Sprishevskiy, A.I.Terenojkin, B.Matboboev, B.Abdullaev, U.Raxmonov va boshqalar olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, O‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari asosida o‘rganilgan.
Sopollitepa manzilgohi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod cho‘lida Amudaryodan 2,5-3 km sharqda Ko‘ngitong daralaridan biri bo‘lgan Qaynarbuloq asosida vujudga kelgan Ulanbuloqsoyning yoqasida joylashgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy-g‘arbdadir. Bu manzilgoh Sherobod cho‘lini o‘zlashtirish jarayonida, 1968 yilda topilgan. 1969-1974 yillarda uni A.Asqarov o‘rgangan. Surxondaryo xududidan 20 dan ortiq yodgorlik topilgan.
Bugungi kunda Sopollitepa madaniyatining rivojlanishi 5 ta bosqichga bo‘linadi;
1.Sopolli davri-miloddan avvalgi 2150-1900 yillar;
2.Jarqo‘ton davri-miloddan avvalgi 1900-1600 yillar;
3.Ko‘zali davri-miloddan avvalgi 1600-1500 yillar;
4.Mo‘lali davri-miloddan avvalgi 1500-1400 yillar;
5.Bo‘ston davri-miloddan avvalgi 1400-1300 yillar;
Sopollitepa madaniyati bronza davriga oid yodgorlik bo‘lib, u miloddan avvalgi II ming yillikning 1 chi yarmida shakllangan. Sopollitepa manzilgohi mustahkamlangan yirik qishloq bo‘lib, umumiy maydoni 4 ga ga yaqin bo‘lgan. Lekin uning ancha hududi paxta maydoni hisobiga o‘zlashtirib yuborilgan. Faqatgina, uning markaziy qismigina saqlanib qolgan. U 82 X82 metr bo‘lgan istehkom bo‘lib, uning atrofi 3 qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Devorlar qalinligi 2 metrdan bo‘lib,u somon qo‘shilgan xom g‘ishtdan ishlangan. Mudofaa devorlari juda murakkab me’moriy reja asosida qurilgan. U to‘lg‘ama tuzoq usulida ishlanib, aniq o‘lchamli koridorsimon bloklarga bo‘lingan. Tashqi bloklar dahliz tipidagi xonalar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan. Ichki bloklar mudofaa tizimida qopqon rolini o‘ynagan. Tashqaridan qaraganda go‘yo ular qal’a ichiga olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Aslida xuddi shu tipda ishlangan yagona darvoza qal’aning janubiy tomonida joylashgan. Keyinroq bu mudofaa inshoatiga zaruriyat qolmagan. Mudofaa tizimidagi ichki va tashqi bloklar Sopollitepaning keyingi bosqichlarida urug‘ xilxonasi, uy-joy, kulolchilik xumdoni kabi maqsadlarda foydalanilgan.
Mazkur istehkom ichida turar joylar, xo‘jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalari topildi.
Sopollitepadan 3 ta madaniy qurilish davri o‘rganildi, bu uy-joylarni o‘rganish jarayonida aniqlandi.
Olimlar fikricha, har bir oila yakka uylarda yashagan va ularning jamoasi qishloq kvartallariga aylangan. Uylar orasida ko‘chalar shakllangan bo‘lib, ular qal’a-qo‘rg‘onning markaziy maydoni bilan bog‘langan. Uy-joylar ko‘p xonali bo‘lib, xom g‘ishtdan qurilgan va yuzasi somonli loy bilan suvalgan. Uylarning pollari xom loy bilan, don saqlanadigan xonalarning poli alebastr bilan suvalgan, yoki pollarga sopol siniqlari yotqizilgan. Uylarda o‘choq va sandallar uchraydi. O‘choq bor xona alohida ozoda saqlangan. Omborlardan ko‘plab sopol idishlar, g‘alla va hayvon suyaklari topildi.
Sopollitepa materiallarini keng ko‘lamda o‘rganish natijasida qator ilmiy xulosalarga kelindi. Birinchidan O‘zbekiston xududida sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilik xo‘jaligining kelib chiqishi tarixi ming yilga qadimiylashdi. Ikkinchidan, O‘zbekiston xududlarini qadimgi Sharq madaniyati yoyilgan zonaga kiritish imkoni tug‘ildi. Uchinchidan, ilk shaxarlar haqidagi ma’lumotlar ham ming yilliklarga qadimiylashdi, O‘zbekistonda ilk shaharning kelib chiqish negizi respublikamizning janubiy rayonlarida ekanligi isbotlandi. To‘rtinchidan, ipakchilik, bog‘dorchilik va qorako‘lchilikka doir yangi materiallar qo‘lga kiritildi.
Sopollitepada hayot taxminan 200 yillar davom etgan. Keyinchalik uning axolisi yangi erlarni o‘zlashtirish maqsadida sharq tomon siljib, hozirgi Sherobod yaqinidagi Oqqo‘rg‘on qishlog‘i xududiga ko‘chib borganlar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin