Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə37/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Suvyorgan madaniyatiga oid dastlabki yodgorlik 1945–1946 yillarda Jonbosqal’a rayonidagi Jonbos–6 qarorgohidan topildi. 1954 yillarda Oqchadaryoning qadimgi irmoqlari bo‘yidan Qamishli 1, Qamishli 2 qarorgohlaridan topildi. Shundan so‘ng S.P.Tolstov Suvyorgan madaniyatini rivojlanishining bosqichlarini aniqlaydi. U miloddan avv. II ming yillikning birinchi yarmiga oid bo‘lib, Kaltaminor madaniyatining qamishli bosqichi bilan zamondosh deb ko‘rsatadi. Miloddan avv. II ming yillikning o‘rtalariga kelib, bu madaniyatni yaratgan qabila vakilllari tozabog‘yobliklar bilan aralashib ketadi.
Suvyorgan madaniyati sopol idishlari yuzasida qizil rang berilgani bilan ajraladi. Tadqiqotchilar fikricha, bu madaniyat janubiy xududlardagi dehqonchilik madaniyati ta’siri ostida shakllagan.
Amirobod madaniyati so‘nggi bronza davri oid yodgorlik bo‘lib, u 1940 yilda Amudaryoning quyi xavzasidagi Amirobod kanali havzasidan topilgan. 1950 yillarga kelib, Amirobod madaniyatiga doir bir necha yodgorliklar topildi. Ularning orasida eng yaxshi saqlangan va boy arxeologik materiaalar bergan yodgorlik Yakka –Porson 2 makoni hisoblanadi. Makonni qazish vaqtida 20 yaqin erto‘la tipidagi kulbalar topildi. Kulbalar maydoni va atrofidan g‘alla o‘ralari, omborlar, o‘choq, gulxan qoldiqlari, sopol parchalari, tosh yorg‘uchoqlar, bronzadan ishlangan bir tig‘li pichoqlar, o‘roq, bigiz va ko‘plab hayvon suyaklari topildi. Xar bir kulbaning o‘rtasida o‘choq bor. Ular bir juft oilaga tegishli ekanligidan dalolat beradi.
Sopol idishlari charxsiz, qo‘lda yasalgan. Ularning shakli, tipi va turi ham kamchilikni tashkil etadi. Xurmacha, kosa, bankasimon idish va sopol qozonlardan iborat bo‘lgan. Idish sirti qizg‘ish qoramtir rangda pardozlangan , yuqori qismi esa geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Amirobod madaniyati ichida bronzadan ishlangan quloqli ignalar, ikki parrakli bronza paykonlari va bronza mexnat qurollari yasaydigan tosh qoliplar, tosh yorg‘uchoq, bronzadan ishlangan o‘roqlar ko‘plab uchraydi.
Amirobod yodgorliklari atrofida shu davrlarga oid irrigatsiya izlari va qadimgi ekinzor maydonlari ham ko‘plab uchraydi. Bu esa ularning hayotida chorvachilik bilan birga dehqonchilik yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Amirobod madaniyati X–VIII asrlarga tegishli bo‘lib, bu davrda chorvador qabilalar orasida ijtimoiy – iqtisodiy tengsizlik vujudga kela boshlagan edi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin