15
qaratishayotgan bo‗lsa, boshqalari boshqaruv hisobi predmetini uning muhim
ob'ekti bo‗lgan rejalashtirilgan moliyaviy natijaga erishish uchun qilinadigan
xarajatlar sifatida ta'riflamoqda.
Bu boradagi tadqiqotlarni o‗rganib, quyidagicha fikrga kelindi:
boshqaruv
hisobining predmeti ishlab chiqarishni boshqarishning
butun sikli jarayonidagi
ob'ektlar majmuasi hisoblanadi. Shu bilan birga, hozirgi kun talabiga javob
beradigan boshqaruv hisobining predmeti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish
hamda innovasion faoliyatda yuz berayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
xodimlarni tayyorlash va ishlab chiqarishda ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‗rsatish,
tashqi muhit agentlari (mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar va kredit
tashkilotlari)ning o‗zaro hamkorligini qamrab olishi kerak. Bizningcha, boshqaruv
hisobining predmetiga sifat va jarayonni davom etish muddati ko‗rsatkichlari,
sub'ektiv
baholashlar, masalan, mijozlarni qoniqish darajasi, xodimlarning
salohiyati va yangi mahsulotni ekspluatasion sifatlarini ham kiritish vaqti yetib
keldi.
Boshqapuv hisobi predmetining mohiyatini ob'ektlari ochib beradi.
Boshqaruv hisobi bo‗yicha iqtisodchi olimlarning bu boradagi tadqiqotlari 3-
ilovada
keltirilgan. Ilovani o‗rganish orqali quyidagi fikrga kelindi: boshqaruv
hisobi ob'ektlariga korxona va uning tarkibiy bo‗linmalari xarajati va xo‗jalik
faoliyati
Dostları ilə paylaş: