Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


I-Bob. «Boshqaruv hisobi» fanining prеdmеti, mеtodi va uning nazariy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/110
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè èøëî âà ñóâ õ¢æàëèãè âàçèðëèãè

I-Bob. «Boshqaruv hisobi» fanining prеdmеti, mеtodi va uning nazariy 
asoslari 
1.1. Boshqaruv hisobining mazmuni va ahamiyati 
Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq tushunib yetish uchun dastavval 
boshqaruv hisobi atamasining mazmunini aniqlab olish kerak. 
«Boshqaruv hisobi» so‗z birikmasida «boshqaruv» atamasining ahamiyati 
«hisob»ga qaraganda yuqoriroqdir. Mazkur atamani nafaqat «buxgalteriya hisobi» 
sifatida, balki keng ma'nodagi hisob, boshqaruvning asosi sifatida talqin qilish 
kerak.
«Boshqaruv hisobi» so‗zini etimologik ma'nosiga to‗xtaladigan bo‗lsak, u 
«management accounting» anglo-sakson atamasining tarjimasidan olingan. Ushbu 
atama so‗zma-so‗z boshqaruv hisobi deb tarjima qilinganda hisob nafaqat 
boshqaruvning funksiyasi sifatida e'tirof etilgan, balki ma'lumotlarni qayta ishlash 
va ularni tizimli tahlil qilish ham nazarda tutilgan.
G‗arbiy Yevropada anglo-sakson davlatlaridan farqli o‗laroq, ishlab 
chiqarish (masalan, Germaniyada) yoki fransuz terminologiyasidagi eksplutasion 
(analitik) hisob atamalari qo‗llaniladi. Sobiq Ittifoqning iqtisodchi olimlari ham 
boshqaruv hisobi atamasi o‗rniga, ishlab chiqarish hisobi atamasini ishlatgan.
«Boshqaruv hisobi» atamasi bo‗yicha yondashuvlar masalasiga 
to‗xtaladigan bo‗lsak, jahon amaliyotida ikkita yondashuv mavjud. Birinchisi 
«management accounting», ikkinchisi esa Yevropada (Germaniyada)gi 
«kontrolling» atamasi bilan bog‗liqdir. Birinchi yondashuvga ko‗ra har qanday 
hisob faoliyatining asosiy vazifasi boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun kerak 
bo‗ladigan ma'lumotlar bilan o‗z vaqtida va to‗liq ta'minlashdan iboratdir. Bu esa 
hisob va boshqaruv faoliyatini chambarchas bog‗liqligini anglatadi. Shuning uchun 
«management accounting» atamasini boshqaruv ehtiyojidan kelib chiqib tashkil 
etiladigan hisob deb tarjima qilish mumkin. Unga ko‗ra boshqaruv hisobi nafaqat 
korxona xarajatlari to‗g‗risidagi ma'lumotlarni to‗plash va tahlil qilish tizimidan 
iborat bo‗ladi, balki byudjetlashtirish va bo‗linmalar faoliyatini baholash 



tizimlarini ham o‗zida qamrab oladi. Umumiy qilib aytganda, bu tizim 
buxgalteriya texnologiyasi emas, balki ko‗proq boshqaruv texnologiyasidir. 
Yevropada qo‗llaniladigan kontrolling tizimiga asosan boshqaruv hisobi 
korxona faoliyati ustidan nazorat qilish maqsadida tashkil qilingan kengaytirilgan 
hisob tizimidir. 
Bugunga kelib boshqaruv hisobi mamlakatimiz korxonalarining iqtisodiyot, 
moliya va boshqaruvi amaliyotida muhim o‗rin egallay boshladi. Shunga qaramay, 
haligacha boshqaruv hisobi mavzusi mamlakatimizdagi boshqaruv nazariyasi va 
amaliyotida eng ko‗p bahs-munozaralarga sabab bo‗layotgan mavzulardan biri 
bo‗lib qolmoqda. Amaliyotda ba'zi bir korxonalargina boshqaruv maqcadlari 
uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilmoqda, qolganlari esa moliyaviy hisob 
ma'lumotlarini analitik qismi bilan chegaralanmoqda. 
Eng asosiysi shu kungacha boshqaruv hisobining ta'rifi, predmeti, ob'ektlari 
va metodi bo‗yicha yagona bir fikrga kelinmagan. Buning asosiy sababi uni 
yangilik ekanligi va tadqiqotchilar tomonidan boshqaruv hisobini buxgalteriya 
hisobining umumiy tizimidagi o‗rni masalasida hozirgacha yagona fikrga 
kelinmaganligidadir.
Undan tashqari, me'yoriy hujjatlarda boshqaruv hisobini ta'rifi keltirilmagan. 
Bu to‗g‗ri albatta, chunki boshqaruv hisobini tashkil etish har bir korxonaning 
mustaqil ishidir. Shu sababdan davlat korxonalariga boshqaruv hisobini yuritishni 
majbur qila olmaydi va uni yuritishni yagona qoidalarini o‗rnata olmaydi. Bu ham 
ma'lum bir darajada mazkur bahs-munozaralar davom etayotganligiga sabab 
bo‗lmoqda. 
Iqtisodiy adabiyotlarda keltirilayotgan ta'riflar esa bir-biridan tubdan farq 
qilmoqda. Bunday ta'riflar xilma-xil bo‗lib, ularda boshqaruv hisobi haqiqiy 
tannarxni hisobga olish va kal'kulyasiyalash, moliyaviy natijalarni hisobga olish
tahlil qilish, rejalashtirish, nazoratga olish tizimi va hatto biznesni boshqarish 
tizimi sifatida aks ettirilmoqda. 
Tahlillar hozirgi kunda mamlakatimizda «boshqaruv hisobi» tushunchasi 
bo‗yicha ikkita asosiy yondashuv mavjudligini ko‗rsatmoqda. Birinchi yondashuv 



G‗arb hisob amaliyotidagi yondashuvga mos keladi. Unga ko‗ra, buxgalteriya 
hisobi moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi quyi tizimlarning o‗zaro birlashmasi 
sifatida qaraladi. 
Ikkinchi yondashuvga ko‗ra, buxgalteriya hisobi–avvalo moliyaviy hisobdir, 
boshqaruv hisobi esa ichki firma boshqaruv tizimini anglatib, o‗z ichiga nafaqat 
bizning tushunchadagi hisob masalalarini, balki tahlil qilish, rejalashtirish, 
prognozlashtirish, nazorat qilish, modellashtirishni ham oladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisoblariga bunday turlicha qaralishiga ko‗plab 
mutaxassislarni sobiq Sovet buxgalteriya maktabi ta'sirida yetishib chiqqanligi ham 
sabab bo‗lgan. Undan tashqari, Sobiq ittifoqning hisob amaliyotida zamonaviy 
boshqaruv hisobining funksiyalari qisman buxgalteriya hisobi va boshqa 
mutaxassisliklarga tegishli bo‗lganligini nazardan chetda qoldirmasligimiz lozim. 
Soha olimlarining tadqiqotlariga e'tibor qaratadigan bo‗lsak, tadqiqotchi 
S.Bulgakovaning fikriga ko‗ra, iqtisodiy adabiyotlarda «boshqaruv hisobi» ta'rifi
bo‗yicha turli qarashlar mavjud (1-jadval). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin