Boshqaruv hisobi tizimi Boshqaruv hisobi tarkibi
Axborot ta'minoti
Tarkibiy
qismlari
Tarkibiy
qismlari
Tarkibiy
qismlari
Tarkibiy
qismlari
- «Komplementarlik» (boshqaruv hisobi tizimostini uyg‗un holda faoliyat
ko‗rsatishini ta'minlovchi bir-birini to‗ldirishi va mos kelishi);
- xarajat markazlari, xarajatlarni hosil bo‗lish joylari va mas'uliyat
markazlari bo‗yicha boshqaruv ishlarini tizimlilik va muntazamliligi;
- muvofiqlashtirish (korxonalarda tarkibiy bo‗linmalar o‗rtasida o‗zaro
hamkorlik (bir bo‗limning mahsulotini ikkinchi bir bo‗lim ehtiyojiga
ishlatilishidan iborat bo‗lgan) bo‗lganligi sababli boshqaruv hisobi korxonani
rivojlanish strategiyasini amalga oshirishga ta'sir ko‗rsatuvchi turli darajalardagi
maqsadlarni muvofiqlashtirish va muvozanat-lashtirishni ta'minlaydi);
- tezkor e'tibor berish (paxta sanoati tarmog‗i qishloq xo‗jaligi jarayoni bilan
bog‗liq va qishloq xo‗jaligiga turli tashqi omillar (tabiiy-iqlim, biologik va
boshqalar) ta'sir ko‗rsatadi, shuning uchun boshqaruv hisobi tashqi ta'sirni turli
o‗zgarishlariga moslashishi hamda e'tiborini qaratishi lozim);
- ma'qullik (mavsumlilik xususiyatiga ega bo‗lganligi va mavsumning
davom etish muddatini oldindan aniqlab bo‗lmasligi sababli boshqaruv hisobini
tashkil etishni turli variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji kelib chiqishini anglatadi).
Yuqorida bayon etilgan boshqaruv hisobiga oid barcha fikrlar asosida
korxonalar uchun quyidagi boshqaruv hisobi tizimining namunaviy modelini
tuzish mumkin (2- chizma).
2-чизма. Корхоналар учун бошқарув ҳисобининг намунавий модели
20
Ushbu model' boshqaruv hisobini barcha muhim komponentlari va ularni
o‗zaro hamkorligi hisobga olinib tuzildi. Uni joriy etish xo‗jalik yurituvchi
sub'ektlar uchun kerakli samaraga erishishga imkoniyat yaratadi.