18
Boshqaruv hisobining tashkiliy-uslubiy elementlaridan yana biri boshqaruv
hisobining funksiyalari hisoblanadi.
Tadqiqotlarni ko‗rsatishicha, iqtisodiy adabiyotlarda
boshqaruv hisobining
funksiyalariga oid ko‗plab ta'riflar mavjud (7-ilova). Ushbu ta'riflar o‗rganilib,
quyidagi ta'rif boshqaruv hisobining funksiyalari mazmunini to‗liq ochib beradi
degan xulosaga kelindi: «Boshqaruv hisobi funksiyalari korxona strategiyasi va
istiqbolda rivojlanish yo‗nalishlarini aniqlash va mablag‗lardan foydalanishni
iqtisodiy
samaradorligini oshirish; reja va byudjetlar tuzish; normativ xo‗jalikni
shakllantirish va normativlarga rioya qilinishini nazorat qilish; korxona, bo‗linma
va mahsulot turlari bo‗yicha xarajatlar hamda moliyaviy natijalarni aniqlash;
korxona va ichki bo‗linmalarni qo‗yilgan maqsadlariga erishishi borasidagi
faoliyat natijalarini tezkor
nazorat qilish va baholash; korxona, bo‗limlar va
mahsulot turlari kesimida faoliyat natijalarini tahlil qilishdan iboratdir».
Olimlarning boshqaruv hisobi tamoyillari borasidagi tadqiqotlarni o‗rganish
bu sohada ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda (8-ilova).
Tadqiqotchi A.Zakirovaning ushbu masala bo‗yicha bildirgan fikrlari
bizningcha, sanoat korxonalari uchun ham taalluqlidir, ya'ni mazkur masalani
tadqiq etishda sanoati tarmog‗i ishlab chiqarishini o‗ziga
xos xususiyatlarini
hisobga olish lozim. Shunga ko‗ra sanoati korxonalarining boshqaruv hisobi
umumqabul qilingan tamoyillardan tashqari quyidagi tamoyillarga asoslanishi
lozim:
- maqsadlar va faoliyat natijalarini muvofiqlashtirish;
- turli boshqaruv qarorlarini tayyorlash bo‗yicha prognozlashtirish,
rejalashtirish,
tashkil qilish, hisobga olish, nazorat qilish, tahlil etish va tartibga
solish kabi ishlarni bir
vaqtda bajarish;
- korxona tashkiliy tuzilishining boshqaruv vazifalarini yechilishiga qarab
faoliyat ko‗rsatish sharoitini o‗zgarishiga mos holda barqarorligi;
- hal qilinishi lozim bo‗lgan boshqaruv vazifalariga qarab, faoliyat
sharoitlarini doimiy o‗zgarishiga
qaramasdan, korxonaning tashkiliy tuzilishining
barqarorligi;