1-chizma. Boshqaruv hisobining maqsadi Iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan boshqaruv hisobi maqsadlari bo‗yicha
qarashlar 4-ilovada bir tizimga solindi.
Ilovadagi qarashlarni o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, boshqaruv hisobining
asosiy maqsadi rahbariyatga iqtisodiy jihatdan samarali boshqaruv qarorlari qabul
qilishni ta'minlash maqsadida korxona faoliyati (korxona miqyosidagi va uning
tarkibiy, ishlab chiqarish bo‗linmalari hamda xarajat hamda foyda markazlari
miqyosidagi ma'lumotlarni ham qo‗shgan holda) haqidagi reja, prognoz va haqiqiy
ma'lumotlarni yetkazib berishdan iboratdir.
Tahlillar iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining vazifalarini belgilash
bo‗yicha ham turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‗rsatdi (5-ilova). Bizningcha,
boshqaruv hisobi tizimi hal qiladigan vazifalarning barchasini sanab o‗tishning
imkoniyati yo‗q. Boshqaruv hisobi vazifalarini korxonaning boshqaruv muhiti va
ehtiyojiga moslashtirish lozim. Shu munosabat bilan boshqaruv hisobining
vazifalarini quyidagi 4-jadvalda
aks ettirilgan mezonlar bo‗yicha guruhlash
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Boshqaruv hisobining metodlari ko‗pgina fanlarni, ya'ni xo‗jalik hisobi
(operativ, buxgalteriya va statistik hisob), tahlil, strategik va tezkor rejalashtirish,
Korxona menejerlarini
quyidagi maqsadlar uchun ma'lumotlar
bilan ta'minlash:
Ishlab chiqarish-
xo‗jalik faoliyatini
iqtisodiy nafliligini
nazorat qilish uchun
Boshqaruv bilan
bog‗liq korxona
ichidagi vazifalarini
bajarish uchun
Boshqaruv
qarorlarini
tayyorlash va
asoslash
Boshqaruv hisobi maqsadi
17
boshqaruv, korxona iqtisodiyoti, matematika fanlarining metodlarini o‗zida
birlashtirganligi sababli turlicha bo‗ladi.
4-jadval