Masalaning qisqa yozuvi: Birinchi avtobusda - 35 nafar
Ikkinchi avtobusda – undan 5 nafar kam.
Hammasi - ? nafar
Yechish rejasi: Teatrga hammasi bo’lib necha nafar o’quvchi borgan ?
Yechilishi: 1-usul:
35 – 5 = 30 (ikkinchi avtobusdagi o’quvchilar soni )
35 + 30 =65 (barcha borgan o’quvchilar soni)
2-usul: Sonli ifoda orqali topish
35 + (35 – 5 ) = 35 + 30 = 65 (barcha o’quvchilar soni )
Javob: Teatrga hammasi bo’lib 65 nafar o’quvchi borgan.
YOZMA QO‘SHISH VA AYIRISH mavzusidagi masala.
6- masala. Bir xonadonda 29 kg karam, undan 9 kg kam bodring, bodringdan 12 kg ortiq pomidor tuzlandi.Necha kilogramm pomidor tuzlangan?
Masalaning modeli:
karam
bodring
pomidor
Masalaning qisqa yozuvi: Karam – 29 kg
Bodring – undan 9 kg kam
Pomidor – bodringdan 12 kg ortiq
Pomidor necha kg ?
Yechilishi: 1-usul:
29 – 9 = 20 (bodringning kilosi)
20 + 12 = 32 (tuzlangan pomidor)
2-usul: Sonli ifoda orqali topish
( 29 -9 ) + 12 = 20 +12 = 32 (tuzlangan pomidor)
Javob: 32 kg pomidor tuzlangan.
TENGLAMA. TENGLAMANI YECHISH. 6-masala. Hovlida 8 ta tovuq donlab yurgan edi. Yana bir nechta tovuq kelib qo‘shilganidan keyin ular 13 ta bo‘ldi. Nechta tovuq kelib qo‘shilgan?
Masalaning modeli:
8 ta
?
13 ta
Masalaning qisqa yozuvi: Tovuqlar soni - 8 ta
Kelib qo’shilgan tovuqlar - ? ta
Jami – 13 ta bo’ldi.