Masalaning qisqa yozuvi: Bir sigirdan _ 16 litr sut.
Ikkinchi sigirdan _ undagidan 4 litr otriq sut.
Hammasi _ ? litr.
Yechilishi: 1-usul:
16 + 4 = 20 ( ikkinchi sigirdan sog’ilgan sut)
16 + 20 = 36 (sog’ilgan sutninig hammasi )
2-usul: Sonli ifoda orqali topish.
16 + (16 + 4) =16 + 20 =36. (ikkala sigirdan sog’ilgan sut)
Javob: Ikkala sigirdan 36 litr sut sog’ib olingan.
18 ICHIDA BIR XONALI SONLARNI O‘NLIK ORQALI O‘TIB AYIRISH mavzusi 43-betdagi masala. 6 - masala. Maktab oshxonasiga 50 kg un keltirildi. 4 kg undan
somsa, 6 kg undan shirin kulcha pishirildi.Oshxonada necha kilogramm un qoldi?
Masalaning modeli:
Hammasi
Somsa
Shirin kulcha
Qoldi
Masalaning qisqa yozuvi: Bor edi _ 50 kg un.
Somsa qilindi _ 4 kg undan.
Shirin kulcha qilindi _ 6 kg undan
Qoldi _ ? kg un.
Yechish rejasi: Necha kg un qolgan?
Yechilishi: 1-usul:
4 + 6 =10 (jami ishlatilgan un)
50 – 10 =40 (qolgan un )
2-usul: Sonli ifoda orqali topish. 50 –( 4 + 6 ) =50 -10 = 40 (qolgan unning miqdori )
Javob: Oshxonada 40 kg un qolgan.
18 ICHIDA BIR XONALI SONLARNI O‘NLIK ORQALI O‘TIB AYIRISH mavzusi 46-bet. 2- masala. Birinchi qutida 16 ta, ikkinchi qutida esa undan
9 ta kam tuxum bor. Ikkala qutida nechta tuxum bor?
Masalaning modeli:
1-quti
2-quti
Hammasi
Masalaning qisqa yozuvi: Birinchi qutida _ 16 ta tuxum.
Ikkinchi qutida _ undan 9 ta kam tuxum.
Ikkala qutida _ ? ta tuxum.