Yechish rejasi: Nechta tovuq kelib qo’shilgan ?
Yechilishi: 13 – 8 =5 (kelib qo’shilgan tovuqlar)
Tek: 8 + 5 = 13
Javob: 5 ta tovuq kelib qo’shilgan.
SHAKLLARNI HARFLAR BILAN BELGILASH mavzusidagi masala. 4- masala. Uydan maktabgacha 75 qadam. Gulnoza maktabga
qarab 10 qadam yurgandan keyin kitobi uyida qolganini esladi. Kitobni olgach, u qaytib maktabga ketdi. Gulnoza hammasi bo‘lib necha qadam yo‘l
yurgan
10 qadam
75 qadam
Masalaning qisqa yozuvi: Uydan maktabgacha – 75 qadam
Gulnoza 10 qadam yurib yana uyga qaytdi.
Hammasi bo’lib necha qadamyurgan ?
Yechilishi: 10 + 10 = 20 (Gulnozaning qaytib yurgan yo’li)
75 +20 = 95 (Gulnozaning hamma yurgan qadami)
2-usul: Sonli ifoda orqali topish
75 + (10 + 10 ) = 75 + 20 = 95
Javob: Gulnoza hammasi bo’lib 95 qadam yo’l yurgan.
KO‘PAYTIRISHNING HADLARI mavzusidagi masala. 6-masala. Avtobusda 37 nafar yo‘lovchi bor edi. Bekatda 4 nafar yo‘lovchi
tushib,7 nafar yo‘lovchi chiqdi.Avtobusdagi yo‘lovchilar necha nafar bo‘ldi?
Masalaning modeli:
37 nafar
4 nafar
7 nafar
Masalaning qisqa yozuvi: Bor edi – 37 nafar
Tushib qoldi – 4 nafar
Avtobusga chiqdi – 7 nafar
Jami necha nafar bo’ldi.
Yechilishi: 1-usul:
1 ) 37 – 4 = 33 2 ) 33 + 7 = 40 (jami yo’lovchi soni)
2-usul: Sonli ifoda orali topish.
(37 – 4 ) + 7 = 33 + 7 = 40
Javob: Avtobusda yo’lovchilar 40 nafar bo’ldi.
Xulosa Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.Fikrimcha zamonaviy o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri ham ijodkor o’quvchilarni shakllantirmoqlikdir.Boshlang’ich sinf o’qituvchilari matematika darslarida faqat to’rt amalni bajarishni o’rgatibgina qolmay, balki matematikaning asosi bo’lgan fundamental tushunchalarni sodda, bolalarga tushunarli tilda bayon eta olishlari kerak.Uyga vazifa va boshqa matematik topshiriqlar yuzasidan ota-onalar e’tiborini jalb qilish lozimdir, bu ishlar keyinchalik har qanday bellashuvlarda yuqori natijalarga olib kelishga xizmat qiladi.O’quvchilarga matematikaning mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka va topqirlikka o’rgatadigan, topishmoqlar hamda masalalarga boy, diqqatni bir joyga jamlab turib, ko’p sonli faktlarning ichidan eng keraklisini ajratib olish kabi fazilatlarini rivojlantiruvchi, juda qiziqarli fan ekanini ochib bera olishimiz kerak.
Maktablarda yangidan yangi, qo’shimcha bilimlarni o’quvchilarga yetkazish uchun vaqt, dars soatlari chegaralangan. Bu vaqt davomida o’quvchilarga ko’proq bilim berishga, ma’lumotlarni yetkazishga ulguradigan bo’lishimiz zarur, toki o’quvchilar sinflar pillapoyasidan toyimasdan o’tishsinlar. Model ko’rinishida berilgan masalalar orqali yozishga ko’p vaqt sarflamaymiz.O’qituvchi masalani o’quvchilarga qayta-qayta yozdiradigan bo’lsa, o’zi 45 minut bo’lgan darsda biz ko’p vaqt yo’qotamiz. O’qituvchilar bitta model orqali o’quvchilarga 20 dan ortiq masalalar berishi ham mumkin.Matnli masalalar yechishdagi qo’llanilishi usullarini sistemali va ketma-ketlilik asosida o’qitilishiga va bunda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadida mashqlar to’plamlari, multimedia va grafik vositalarni tayyorlash yo’lga qo’yilsa boshlanqich matematik ta‘lim samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.Real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega
Matematika darslari davomida murakkab masalalarning modelini tuzishda o’quvchilarga masalaning shartini aniq va tushunarli yetkaza bilishda, tasavvurlarini shakllantirishda o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ya’ni 2-sinf o’quvchilarining ertaklar o’qishga qiziqishi,ertaklar olamida sayohat qilib yurishlarini inobatga olib,ertak va multfilm ( milliylikni o’zida aks ettirgan) qahramonlaridan, turli o’yinchoqlarning tasviridan masalalarni modellashtirishda foydalansak, ularni matematika faniga qiziqishlarini yana ham orttirgan bo’lardik.Bundan tashqari o’quvchilarning o’zlaridan ham “Qani o’quvchilar mana shu masalaga qanday model tuzsak bo’ladi? “ kabi savollar berib, ularning o’zlariga ham imkon bermoqlik kerak.Bundan tashqari aniqlik talab qiladigan matematika fanini o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga qarab, musobaqa tarzida o’tkazilsa, past o’zlashtiradigan o’quvchilarning ham faolligi oshadi.