Kurs ishining obyekti: 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatishning metod va vositalari.
Kurs ishining maqsadi: 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish mavzusini o‘rganishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari: 1. Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning pedagogik asoslarini aniqlash;
2. Boshlang’ich sinflarda matnli masalalar yechishga o’rgatishning psixologik asoslarini aniqlash;
3. boshlang’ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarni ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechish metodikasini yoritish;
4. Ikkinchi sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida o’rgatish texnologiyasini ishlab chiqish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida matematikani o‘rganishda ikkinchi sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida o’rgatish texnologiyasi bo‘yicha ta’limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATNLI MASALALAR YECHISHGA O’RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI . Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning pedagogik asoslari
Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitishda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o’rganilayotgan asosiy tushunchalar va ularga doir masalalarni yechish ko’rgazmali tasavvurlar bilan birga mantiqiy fikrlashni, asoslash va amaliy qo’llanishni talab etadi.Masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib bo’lmaydi.Masala yechishga o’rgatish orqali o’quvchilarda matematik tushunchalar, ularning xossalari haqida bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilish, o’rganilgan bilimlarni amalda qo’llay bilishga, mantiqiy tafakkurga, mustaqil fikrlashga o’rgatish ham muhim ahamiyatga ega.Ayniqsa, masalalarni chuqur tahlil qilib yechish, masalaning turli yechimlarini izlash, yechimlar ichidan ratsional yechim usulini farqlay olish o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.Ma’lumki, har bir maslani arifmetik va algebraik (tenglama tuzib ) yechish usullari mavjud.Ammo masala mazmuniga, turiga qarab, ularni turli usullarda yechish mumkin.Masala yechimini izlashda amal xossalarini inobatga olib, uni turli usullarda yechish yo’llarini aniqlash mumkin.
Masalan, sonni yig’indiga ko’paytirish, sonni ayirmaga ko’paytirish, yig’indini songa bo’lish kabi xossalar shular jumlasidandir.Hayotda shunday masalalarga duch kelinadiki, ularni turli usullarda yechish imkoniyati bor. Matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli,o’quvchilarning to’plagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish usullariga va ularni qo’llashga o’rgatish, ularni ta‘lim mazmuni va o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o’zaro aloqadorlikda va o’quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo’shgan holda o’qitish zarurdir. Aksariyat o’qituvchi va o’quvchilar berilgan masalani to’g’ri bajarish va javobini topishni asosiy maqsad deb hisoblaydi.Bu jarayonda harfiy ifodalardan foydalanish yo’llari yoki tenglamalar tuzishdan cheklanib, oddiy hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi.Shuning uchun masalalar yechishda ”qaytish” tamoyilidan foydalanishni tavsiya qilaman.
1) Berilgan masala diqqat bilan o’qib chiqiladi va asosiy maqsad aniqlanadi.
2) Masala shartiga ko’ra, belgilar kiritiladi, ifoda va tenglamalar tuziladi.
3) Tenglama va hisoblash bajarilib, yechim topiladi hamda tekshirib ko’riladi.
4) Topilgan yechimlar 1-bandga qaytgan holda, qayta tahlil qilinib, ko’rib chiqiladi.
Aksariyat hollarda esa masala yechish 3-band bilan yakunlanadi.Bizga ma’lumki ” Bir xil usul bilan yuzta masala yechgandan ko’ra, bitta masalani yuz xil usul bilan yechgan afzaldir ”. Biz bitta masalani yuzta emas, imkoniyat doirasida kamida ikki yoki uch usulda yecha olsak, ancha foydali bo’ladi.Bunda bitta masalani yechish usullari bir-biridan tubdan farq qilsa ham,yakunda bir xil natija chiqadi.Bu esa o’quvchilarning masala yechish borasidagi bilimlarini oshiradi va dunyoqarashini kengaytiradi.Masala yechish o'quvchilarning shaxsiy tarbiyalarida ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchining matnli masala haqida, uning tuzilishi haqida chuqur tasavvurga ega bo'lishi, bunday masalalarni turli usullar bilan echa olishi muhimdir.
Matnli masala biror bir vaziyat (vaziyatlar) ning tabiiy tildagi ifodasi (tavsifi) bo'lib, unda bu vaziyatning biror-bir qismiga miqdoriy xarakteristika berish, uning qismlari orasidagi ba'zi munosabatlar bor-yo'qligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi.Masalalar yechish matematika o’qishning muhim tarkibiy qismidir.Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur qilib bo’lmaydi.Matematika fanida masalalar yechilishi nazariyani amaliyotga tatbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo’lidir.
Yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiradi. Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga “yashirin axborotni” oladi. Bu axborotni qidirish, masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Murakkab masallalarni echishi uni turli xil sodda masalalarga ajratib echishga keltiriladi. Masalalarni echishda predmetga bo’lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.O’quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarni kengaytirishga yordam beradi
Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim:
1.Masalani tinglashni o’rganish va uni mustaqil o’qiy olish.
2. Masalada ma’lumni noma’lumdan ajrata olish.
3.Masalani qisqa yozish.
4.Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so’ngra yechish rejasini tuzish.
5.Yechimni bajarish,uni o’qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish.
6. Masala yechimini tekshira olish.
7.Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemani belgilash va uni joriy qilish.
Boshlang’ich sinfda matematikaning o'qitilishda matnli masalalarning o’rni ulkandir.Matnli masalalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda izlanayotgan sonni topish uchun berilgan sonlar ustida qanday amal (yoki amallar)ni bajarish kerakli to’g’ridan to’g’ri ko’rsatilmaydi. Masalalarni yechish jarayonida o'quvchilar yangi matematik bilmlarini egallaydilar, amaliy faoliyatiga tayyorlana boradilar.Masalaning yechimi shartning analizidan (tahlilidan) amallarning bajarilish tartibini ko’rsatuvchi rejadan iborat bo’ladi.Hamda masala yechilishiga tekshirish va olingan javobning yaroqli yoki yaroqsiz ekanini aniqlash ham kiritiladi.Bilimlarni tekshirishda masala o’quvchi tafakkurining rivojlanishi haqida fikr yuritish, kerakli amallarni to’g’ri tanlash, hisoblash ko’nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Masalalar o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga imkon beradi.
O’quvchilar har bir amalni nega tanlaganliklarini anglay olishlari masala bo’yicha ifoda yoki tenglama tuzib olishlari uni echa olishlari, savolga javob berib, echimning to’g’riligini tekshirib olishlari lozim. Shuningdek masala Yechish o'quvchilarning shaxsiy tarbiyalarida ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchining matnli masala haqida, uning tuzilishi haqida chuqur tasavvurga ega bo'lishi, bunday masalalarni turli usullar bilan echa olishi muhimdir. Matnli masala biror bir vaziyat (vaziyatlar) ning tabiiy tildagi ifodasi (tavsifi) bo'lib, unda bu vaziyatning biror-bir qismiga miqdoriy xarakteristika berish, uning qismlari orasidagi ba'zi munosabatlar bor-yo'qligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi. Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat: shartlar va talabalar (savol).
Masalani shartida ob'ektlar va berilgan ob'ektlarni xarakterlovchi ba'zi miqdorlar haqida, bu ob'ektlarning ma'lum va nama'lum qiymatlari haqida, ular orasidagi munosabatlar haqida ma'lumotlar beriladi.Masalaning talabi-bu nimani topish kerakligini ko'rsatishdir. Masalani yechish-bu masalada bevosita yoki bilvosita mavjud bo'lgan sonlar, miqdorlar, munosobatlar ustida amallar va operatsiyalarning mantiqan to'g'ri ketma-ketligi orqali masalalarni talabini bajarish (uning savoliga javob berish) demakdir. Маsаlа matni ustidаоg‘zаki ishlаgаndаn kеyin uning mаzmunini mаtеmаtik atamalаr tiligа o‘tkаzish vа qisqа yozuv shаklidаgi mаtеmаtik strukturаsini bеlgilаsh kеrаk (rаsmlаr, chizmаlаr, sхеmаlаr, jаdvаllаr).
Agar masala sharti bosh qotiradigan bo’lsa o’quvchilarga masala mazmunini mustaqil o’ylab ko’rishlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. Masala matni ustida ishlaganda o’quvchilarning diqqat e‘tiborini avvalo masala matnidagi har bir so’z va har bir son mazmuniga qaratish lozim, masalada tasvirlanayotgan manzarani joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matn ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmuni matematik atamalar tiliga o’tkazish kerak. O’quvchilarga masalalar echish masalani tarkib toptirishga ijodiy harakatlari masalalar haqida fikr yuritishi maxsus ahamiyatga ega bo’ladi. Masalalar echish mobaynida iqtisodiy tarbiya berish ham amalga oshiriladi.
Shuni nаzаrdа tutish kеrаkki, bаrchа hоllаrdа hаm qisqа yozuvni bаjаrish bilаn bir vаqtdа mаsаlа shаrtining tаhlii hаm аmаlgаоshirilаdi..Masalalarni bajarish jarayonida mantiqiy biri-biriga bog’langan tushunchalar, ta‘riflar, qoidalar va xulosalarni keltirib chiqarish o’quvchilar matematik qobiliyatlarini rivojlantirigshga xizmat qiladi. SHuningdek umumiy fikrlash usullari va ko’nikmalarni rivojlantirishga ta‘sir ko’rsatadi. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini hayotiy masalalar echish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida masala shartini qisqa va yaqqol yozib olishlari, echish yo’llari topishni osonlashtirish maqsadida shartini chizma yoki rasm bilan tasvirlay olishlari kerak. Tayyorgarlik davridagi ishlardan maqsad – bolalarga real hayotda yuz beradigan holatlarni matematik belgilar tiliga o’tkazish imkoniyatini anglatishdan iborat.
Bu holatda rasmlar yordamida masalalar tuzilishiga zarurat yo’q.Yaxshisi, kichik hikoya shaklida bayon etilgan holatni bolalar matematik belgilar bilan daftarlariga yozib olish imkonoyati bo’lsin. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika darslarida ko’pgina tushunchalarni hayoti tajribaga asoslanib o’qitishga asoslanadi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,misol va masalalar asosida ko’rgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qo’llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli masala va misollar va ularni yechishda o’quvchilar da fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish bilan birga algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o’zaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. SHuning uchun o’quvchilarini hayotiy masalalar echish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo’llash usullarini o’rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.Boshlang’ich sinflarda murakkab masalarni yechishni o’rgatishda o’quvchilarning mantiqiy fikrlash, tezkor hisoblash,darslikdan mustaqil foydalana olish ko’nikmalari ham shakllanib boradi. Masalalarni modellashtirish yo’li bilan bolalarga tushintirish ularga masalani matn holidan ko’ra tasavvur qilishi osonlashadi.Modelga qarab o’quvchilar masalada nima deyilayotganini yaqqol tushinadi. Masalaning qiziqarli chiqishida ham yordam beradi. Masalalarni madellashtirish usuli orqali berilishi turli yengilliklarni yaratadi.
Ular quydagilar
-ko’p yozishning oldi olinadi.
-bir tasvirda, chizmada kamida uch xil savol kiritish mumkin.
Modellashtirilganda masalalar anchagina sodda ko’rinadi hamda qiziqarliligi ortadi. Chizmalardan esa masalani qanday yechish mumkinligi yaqqol ko’rinib turibdi.