AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-Mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarining yillik kalendar rejasi hamda ssenariylarini tuzish.
Reja:
1. Sport mashg‘ulotlarining atamlari.
2. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarining yillik kalendar rejasi hamda ssenariylarini tuzish. Sport musobaqalari Nizomi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan sog‘lomlashtirish tadbirlariga tavsif va uning vazifalari. Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda sport mashg‘ulotlarining atamlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya instruktorining vazifalari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish.
2-Mavzu. Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarida havfsizlik qoidalari.
Reja:
1. Sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarining shakllari.
2. Sog‘lomlashtirish tadbirlariga tavsif va uning vazifalari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari kun tartibida olib boriladigan sog‘lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlarining shakllari (mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy mashq daqiqalari). Bolalar organizmini chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan sog‘lomlashtirish tadbirlariga tavsif va uning vazifalari.
O‘QITISH SHAKLLARI
Mazkur modulni o‘qitishda quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalanish ko‘zda tutilgan:
kichik ma’ruzalar va suhbatlar (e’tiborni kerakli ma’lumotga qaratish, ma’lumotni qabul qilish, bilim olish jarayoniga qiziqishni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantiradi);
didaktik va rolli o‘yinlar, doira suhbatlari (taklif qilingan qoidalar asosida faoliyat yuritish, hamkorlikda ishlash, o‘zga fikrni eshitish va tinglash, mantiqiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi);
muhokamalar va disputlar (da’vo va tasdiqlovchi qarashlar va ma’lumotlarni keltirish va ko‘nikmasini o‘zga fikrni eshitish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi);
trening elementalari (ijobiy munosabat va emotsional hozir javob-likni rivojlantiradi).
Dostları ilə paylaş: |