VI. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
• Yuristlar uchun asosiy ko’nikma moduli bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo‘yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot olib borish va bilish qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy o‘qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Seminar mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o‘rnatiladi: jonli suhbat olib boriladi, o‘zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadini amalga oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo‘l keladi.
Modulning ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tizimidagi o’rni, uning predmeti, ijtimoiy xodimlarning kasbiy-amaliy ongini shakgshantirishdagi roli, ijtimoiy ish sohasida qo’llaniladigan tushunchalar va xalqaro tizimlar, ijtimoiy ishning hozirgi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi va ularni targ’ib etish to’g’risida bilimga ega bo’lishi;
• Talaba o’z bilimlarini tahlil qilish, yangiliklar va innovatsiya loyihasini ishlab chiqish, ijtimoiy ish bo‘yicha hujjatlarni o‘rganish va qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha standartlarga mos kelishi bo’yicha tushunchalar va ko ‘nikmalar hosil qiladi, ijtimoiy ish tarixining dolzarb muammolari bo’yicha o’zining fikrini mustaqil, to’g’ri va asoslangan holda ifoda etish sifatida xalq irodasi kabi masalalarni o’rganadi, gumanizm va empatiyaga zarurligini tushuntirib bera olishi, ko’nikma hosil qilishi;
• Talaba ilmiy, metodik, pedagogik va ijtimoiy faoliyatida nazariy bilimlarni fanga qo’llash ko’nikmalariga ega bo’ladi, ahamiyatini asoslab berish kabi malakalariga ega bo’lishi lozim.
VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid ilm iy-nazariy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, egallagan nazariy bilimlarni amalda qo’llash va natijalarni to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan fan doirasida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.
Dostları ilə paylaş: |