Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə29/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Etakchi tovushlar — lad tonikasini o‘rab turgan (2 va 7-bosqich tovushlari) etakchi tovushlar.
Etakchi septakkordlar — ladning ettinchi bosqichidan (etakchi tondan) tuzilgan septakkordlar. Septimasiga ko‘ra septakkordlar kichik (agar kichik septima bo‘lsa) va kamaytirilgan (agar septima kamaytirilgan bo‘lsa) bo‘lishi mumkin.
Etakchi ton — lad tonikasi bilan qo‘shni bo‘lgan tovushlardan biri. YUqori etakchi ton — II bosqich va pastki etakchi ton — VII bosqich bo‘ladi.
Vokal musiqasi — kuylashga mo‘ljallangan musiqa. Qo‘shiq, romans, ariyalar, ‘or asarlari vokal musiqa sirasiga kiradi. Operada vokal musiqasi etakchi o‘ringa ega.
Volta — musiqa asari biron parchasining boshqasi bilan yakunlanishini bildiradi. 1, 2 belgilari bilan ko‘rsatiladi.
Gamma —joylashishi bo‘yicha yuqoriga va pastga tomon tonikadan oktavaga qadar takrorlanadigan lad tovushlari.
Garmonik interval — tovushlari birdaniga ijro etilgan interval.
Garmonik major — VI bosqichi pasaytirilgan major.
Garmonik minor — VII bosqichi ko‘tarilgan minor.
Garmoniya — 1. Musiqaning ifoda vositalaridan biri. Bu musiqa asari asosiy kuyiga hamrohlik qilib boradigan akkordlar ketma-ketligidir. 2. Akkordlar va va ularning aloqasi haqidagi fan.
Ladning bosh (asosiy) bosqichlari — birinchi bosqich (tonika), beshinchi bosqich (dominanta) va to‘rtinchi bosqich (subdominanta).
Asosiy uchtovushliklar — ladning asosiy bosqichlaridan tuzilgan uchtovushliklar: tonika uchtovushligi — birinchi bosqichdan, dominanta uchtovushligi — V bosqichdan va subdominanta uchtovushligi – IV bosqichdan tuziladi.
Gruppetto (melizm)— to‘rt notadan tarkib topgan kuychan shakl. Ijro etilishida yuqori yordamchi (asosiy tovushdan sekunda yuqorida bo‘ladi), asosiy tovush, pastki yordamchi (asosiy tovushdan sekunda pastda joylashadi) va yana asosiy tovush ijro etiladi.
Taktda tovushlar cho‘zimining guruhlanishi — takt o‘lchoviga ko‘ra notalarning guruhlarda joylashtirilishi.
Detsima — o‘zida o‘nta bosqichni aks ettirgan interval (oktavadan keyingi tersiya). Agar u 8 tondan iborat bo‘lsa katta detsima deyiladi. Agar u etti yarim tondan iborat bo‘lsa kichik detsima deb aytiladi. Katta detsima kat.10 va kichik detsima kich.10 bilan belgilanadi.
Diapazon — ma’lum ovoz yoki cholg‘u asbobining tovush hajmi; ushbu ovoz yoki cholg‘u asbobining eng past va eng yuqori tovushlari orasidagi interval bilan aniqlanadi.

Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin