Kvintdetsima — o‘zida o‘n besh bosqichni (pog‘onani) ifodalagan interval (oktava orqali oktava). U - 15 bilan belgilanadi.
Kvinta davrasi — ladning barcha tonalliklari sof kvinta bo‘yicha joylashtirilgan tuzilma.
Kvintol — to‘rt nota o‘rniga besh notadan tashkil topgan ritmik tuzilma, 5 raqami nota ustida yoki ostida yoziladi.
Kvintsekstakkord — tersiya toni pastda joylashgan septakkordning birinchi aylanmasi, 5/6 bilan belgilanadi.
Klavir — opera yoki simfonik musiqa partiturasining fortepianoda (yoki fortepiano jo‘rligida kuylash) ijro etish uchun qayta o‘girilishi.
Kalit — qaysidir tovushning nota yo‘lidagi aniq joyini va unga nisbatan boshqa notalarning ham joylashishini ko‘rsatuvchi belgi.
Kalit belgilari— kalit oldida qo‘yiladigan alteratsiya belgilari.
Koda — musiqa asarining yakunlovchi qismi (uni ya’lit holda yakunlash).
Intervallarning son (yoki bosqichli) miqdori — intervallar tomonidan bosqichlarning qamrab olinishi. Sifat kattaligiga ko‘ra interval o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Masalan, uch bosqichni qamrab olgan interval – tersiyadir.
Konsonans intervallar— yumshoq eshitiladigan, tovushlari go‘yo bir-biriga quyilib ketadigan intervallar.
Mukammal konsonanslar — tovushlar bir-biriga to‘liq yoki ahamiyatli tarzda quyilib ketadigan konsonanslar: sof prima (unison), sof oktava va qisman sof kvarta.
Nomukammal konsonanslar — tovushlar bir-biriga nisbatan quyilib ketadigan intervallar, bularga katta va kichik tersiyalar, katta va kichik seksta kiradi.
Konsert — orkestr jo‘rligida ma’lum cholg‘u asbobi uchun mo‘ljallangan yirik asar.
Lad — tayanch tovush atrofida musiqiy tovushlarning joylashishishi, u tonika deb aytiladi.
Intervallarning lad bo‘yicha echilishi — interval noturg‘un tovushlarining laddagi yaqin turg‘un tovushlarga o‘tishi.
Lidiy ladi — ‘alq musiqasida uchraydigan o‘ziga ‘os lad. Tabiiy majordan IV bosqichning pasayishi bilan farq qiladi.