Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə2/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

? Nazorat uchun savollar
1. Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy an’analari qaysi manbalarga tayangan holda o’rganiladi?
2. Qardosh xalqlar madaniyatini o’rganishda arxeologik topilmalarning ahamiyati haqida so’zlang.
3.Qadimgi dunyo madaniyatini o’rganishda xalq ijodiyoti namunalarining ahamiyati haqida so’zlab bering.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Istoriya muzqki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M., 1994.

  2. T.S.Vqzgo. Muzqkalьnqe instrumentq Sredney Azii M., 1980.

  3. Belyaev V. Ocherki istorii muzqki narodov SSSR, t,1. M., 1962.

  4. N.N.Mironov. Obzor muzqkalьnqx qulьtur uzbekov i drugix narodov vostoka. Samarkand. 1931 g.




  1. Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari musiqa an’analari. Milliy musiqa an’analarining umumiy va farqli jihatlari.



Reja:
1.Markaziy Osiyo xalqlari musiqa an’analarini o’rganish mezon va omillari.
2. Milliy musiqa madaniyatlari rivojiga tarixiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning, xalqlarning mintaqada joylashuvi kabi omillarning ta’siri;
3. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida mahalliy va milliy ijodiy yo’nalishlar bilan bir qatorda tarixan shakllangan mintaqaviy ijodiy an’analarning mavjudligi.
4. Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa cholg’ulari va kuylari, vokal janrlari, dostonchilik ijodiyoti va professional musiqa uslublarining umu­miy va xususiy belgilari.
Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. Ularning an’analari bugungi kunda ham o’z badiiy va estetik qiymatini saqlab kelmoqda. An’ana uzoq o’tmish bilan yangi zamon musiqa madaniyatini bog’lab turish bilan birga uni yanada ilhomlantiruvchi quvvat, qudratli omil ekanligi haqida ko’p olimlar o’z asarlarida ta’kidlaganlari ma’lum. Hozirgi davrda musiqa merosidan, xalq kuy va qo’shiqlaridan ilhomlanib, undan zamonaviy musiqaning turli jabhalarida foydalanilmoqda. Bu o’rinda an’anaviy yo’nalishdan tortib, ommaviy estrada, kuy va qo’shiq, simfonik musiqa, opera, balet janrlarining yangicha yo’nalishlarda rivojlanish jarayonlarini e’tiborga olish joizdir.
An’anaviy musiqa ijodiga nisbatan bir nechta o’zaro bog’liq atama va tushunchalar qo’llanilmoqda: “Musiqiy fol’klor”, “Xalq musiqa ijodi”, “Milliy musiqa an’analari”, “Musiqa merosi”, “Mumtoz milliy musiqa”, “Ustozona musiqa” va boshqalar. Har bir tushuncha an’anaviy musiqa ijodining ma’lum xususiyatlarini aks ettiradi.
“Xalq musiqa ijodi”atamasi xalq urf-odatlari, turli marosim va bayramlari bilan bog’liqligini, ularni turli sharoitlar ta’sirida yuzaga kelganligini aks ettiradi. “Musiqa merosi” tushunchasi an’anaviy ijodning tarixiy ildizlarga egaligi, asrlar davomida rivojlanib kelayotganligi va u orqali xalqlarning ma’naviy qadriyatlari saqlanib kelinishi belgilanadi. “Ustozona musiqa” atamasi yordamida og’zaki musiqa namunalarining avloddan-avlodga o’tish yo’llari, ustoz-shogird an’anasi orqali saqlanayotganligi ko’rsatiladi. “Mumtoz musiqa an’analari” tushunchasida milliy musiqa qamrovida qaror topgan mukammal namunalar, asrlar davomida sayqallangan musiqa asarlari, shuningdek ularning negizini tashkil qilgan ijodiy qonunlar nazarda tutiladi.
Ta’kidlash joizki, ba’zi atamalarning mazmuni keng bo’lib, turlicha talqin etiladi. Masalan, “Musiqiy fol’klor” atamasi Yevropada (‘I’ asr) paydo bo’lgan. ”Fol’klor” (folklore)-inglizcha so’z bo’lib, ikki so’z birikmasidan hosil bo’lgan: “folk”-xalq va “lor”-bilim; ya’ni “fol’klor” atamasi “xalq haqida ta’limot” degan ma’noni anglatadi. Mazkur atama ‘I’ asr Yevropa olimlari tomonidan “Oddiy xalq an’analari”, “Xalq urf-odatlari” ma’nosida tushunilgan. Fol’klor namunalari jonli og’zaki ijro sharoitida yaratiladi, tarqaladi, rivojlanadi. “Xalq musiqasi” va “Musiqiy fol’klor” tushunchalari o’zaro ma’nodoshdir.
O’zbek musiqashunosligida an’anaviy musiqa asrlar davomida ikki asosiy yo’nalishlarda rivojlanganligi ta’kidlanadi: fol’klor (xalq ijodi) va kasbiy darajadagi musiqa. Shuning natijasida har ikkala sohani o’rganuvchi turli fan tarmoqlari yuzaga kelgan. O’zbek musiqa merosining ikkala qatlami ham bizga qadar og’zaki tarzda, ya’ni nota yozuvlarisiz etib kelgan bo’lib, ushbu qatlamlar bir-biriga doimo bog’liq holda rivojlangan. Fol’klor, an’anaviy kasbiy musiqa uchun ilhom manbai bo’lsa, o’z navbatida maqom yo’llari asosida ko’plab xalq kuy va qo’shiqlari yaratilgan.
Xalq ijodiyoti va kasbiy darajadagi musiqaning umumiy qirralari bo’lishi bilan birgalikda farqli tomonlari ham bor. Fol’klor – jamoaviy ijod. Mehnat va marosim qo’shiqlarida yoki yor-yor va o’lanlarda ijrochi, tinglovchi, kuy yaratuvchini ajratish qiyin. Xalq ijodiyoti namunalari kuy shakllarini soddaligi bilan ajralib tursa, og’zaki an’anadagi kasbiy musiqa namunalari esa o’zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu borada yetakchi janrlar hisoblangan maqom, muqomlar bir ovozli musiqaning yuksak ko’rinishi hisoblanadi. Murakkab shakldagi musiqa namunalarini yuqori saviyada ijro etish puxta bilim, tajriba va mahorat talab qiladi. Bu kabi asarlarni idroklash ham ma’lum darajadagi tayyorgarlikni talab qiladi.
Musiqiy fol’klor namunalarining aksariyati odatda mehnat va turmush sharoitlaridan kelib chiqqan holda ijod qilinadi, ular hayotiy jarayondan olinadi.
Ustozona musiqa marosim va turmush voqe’liklariga bog’liq bo’lmagan holda, mustaqil badiiy va estetik ahamiyatga ega. SHu bois kasbiy musiqa namunalarining aksariyatini turli sharoitlarda ijro etish mumkin.
Kasbiy musiqa qatlamiga tegishli asarlar ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga o’tib kelgan. SHu sababdan mazkur musiqa namunalariga nisbatan og’zaki an’anadagi kasbiy musiqa iborasi qo’llaniladi.
An’anaviy kasbiy ijrochilik madaniyatining juda ham rivojlanganligi tufayli uzoq o’tmishda mutaxassis ashulachi va cholg’uchilarga nisbatan kuchli talablar qo’yilgan. Odatda, ustoz bilan o’tkaziladigan ko’p yillik mashg’ulotlardan keyingina kasbiy darajadagi ijrochi bo’la oladilar. O’zining qobiliyati, mahorati bilan ustoz san’atkor e’tiboriga tushgan yosh ijrochi xuddi shu ustozga shogird tutinib, ko’p yillar davomida (7-10 yil) ijrochilik san’atini o’zlashtiradi. Ustozlar huzurida imtihondan o’tgach, ijrochi mutaxassis hisoblanishi mumkin edi.
Kasbiy darajadagi ashulachi va cholg’uchilarni tayyorlash usullari ma’lum darajada fol’klor janrlarining yirik ijrochilari (halfa, yallachi, sozanda, anshi, kuyshi va jirshi)ni tarbiyalashda ham qo’llanilgan.
Ayrim kasb egalari, masalan, dorbozlar va turli tomoshalarning vakillari cholg’uchilar (surnaychi, karnaychi, nog’orachi va doirachi) bilan maxsus ijodiy guruhlar tuzib, ularni tajribali musiqachi boshqargan.
O’z davrida mashhur xonanda va sozandalar amir saroyiga jalb etilganlar. Saroy musiqachilari xalq ommasi oldida ruxsatsiz chiqib musiqa ijro etishlari mumkin bo’lmagan. Og’zaki an’anadagi kasbiy musiqaning rivojlanishi ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda ilmiy-nazariy negizlari o’tmishdan ishlanib kelingan. Ustozona musiqaning nazariy asoslari Farobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Marog’iy, Kavkabiy, Jomiy kabi buyuk olimlarning risolalarida bayon etilgan. SHarq musiqa ilmining yutuqlari kasbiy musiqaning rivojlanishida tayanch bo’lib xizmat qilmoqda.
Zamonaviy musiqashunoslik soxasida ham bu borada chuqur izlanishlar olib borilmoqda.
Tayanch so’zlar:
Tarix, madaniyat, musiqiy an’analar, san’at, arxeologiya, davr, fol’klor, bayram, marosim



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin