Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə8/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Janrlar
Qirg’izcha ir so’zi tarjima qilinganda qo’shiq ma’nosini anglatadi. Vokal janridagi asarlar ana shu so’z bilan ataladi. Faqatgina doston janriga nisbatan jomoq atamasi qo’llaniladi. Ir so’zidan – irchi, jomoqdan esa jomoqchi-dostonchi (baxshi) so’zlari kelib chiqqan. Qirg’iz xalqi poetik-qo’shiqchilik improvizatsiyalariga moyilligi baland bo’lgani uchun, ba’zan qo’shiq qaerda tugab, ba’zida qaerda boshlanganligini tushunish mushqul. Xattoki ertaklar ham qo’shiqlar shaklida aytiladi. Qadimiy merosda turli afsun va jodularning o’rni alohida bo’lgan. Tabiblar kasalni tuzatish maqsadida afsunlar o’qiganlar. Masalan, bahorda birinchi momaqaldiroq bo’lgan kuni, ayollar tashqariga yugurib chiqib, temir idishlarni taqillatib, yarim gapirish, yarim-kuylash uslubida yomg’ir yog’ishini, o’t-o’lanlar chiqishini, qo’y-qo’zilar uni yeb, sut berishini so’raganlar. Bu tarzdagi afsun o’qish Dambirtash deyilgan.
Qo’shiq ham yig’i, ham kelinni kuyovnikiga ketar chog’ida ijro etiladigan qo’shiq ham bo’lishi mumkin. Odam vafot etganida uyga yig’i beruvchi ayollar (kasb) taklif qilinib, ular o’lgan odamni hayotlik vaqtida bajargan jasoratlari, yaxshiliklarini maqtab yig’lashgan. Yig’i-qo’shiqlarning kuylari mashhur bo’lib, ular ijrochi tomonidan uning ijro mahoratiga qarab o’zgartirilgan. Masalan, boy odamga atalgan yig’i va oddiy odamga aytiladigan yig’ilar orasida katta farq bo’lgan, ya’ni boy odamga atalgan yig’ilarda uning xayotiy jasoratlari bo’rttirib ko’rsatilgan. Ba’zan yig’i-qo’shiqlarini oqinlar ham ijod qilishgan.
SHirqiardan ham vokal janr bo’lib, u otboqarlar(jilqichilar) qo’shig’idir. SHirildan, cho’ponlar tog’lardan ovulga kelayotgan vaqtida ijro etilgan. SHirildan kechasi, otda o’tirgan holatda ijro etilgan. Qo’shiqni eshitgan uy egasi ehson olib chiqib yilqichiga bergan. Mazkur janr ijrosi she’r o’qishga o’xshab ketadi. Ammo u ma’lum ritm, qayta-qayta takrorlanib keladigan motivdan tuziladi. SHirildan bir yoki bir guruh yilqichilar tomonidan ijro etilgan.
SHirildanga o’xshash yana bir vokal janri Jaramazandir (Yo, Ramazon). Jaramazon ro’za oyida ijro etilgan. Jaramazon boy xonadonlar oldida yoshlar tomonidan ijro etilib, nazr-niyoz so’ralgan.
To’ylarda ijro etiladigan qo’shiqlar ham alohida o’ringa ega bo’lgan. O’rta Osiyo xalqlarining aksariyati ijro etadigan “Yor-yor” aytimi qirg’izlarda ham mavjud.
Ta’kidlab o’tish joizki, ba’zi bir marosim bilan bog’liq kuyni, boshqa marosimlarda ham eshitish mumkin. Bunda she’riy matn o’zgartirilib, kuyga moslashtiriladi.
Xalq orasida keng tarqalgan va sevimli janrlardan yana biri, ayollar tomonidan ijro etiladigan “Bekbekey” qo’shig’idir. Qo’shiq kechasi qo’ylarni qo’riqlovchi ayollar tomonidan ijro etiladi. Qo’shiq uxlab qolmaslikka, bo’rilarni yaqinlashmasligiga yordam bergan. Qo’shiq kuyi g’amgin bo’lib, ayolning ichki kechinmalarini ifoda etgan. Mazkur qo’shiqda “Ey”, “Oy duyt” kabi so’zlar ham bo’lib, ular ayollar bir-birini chaqirish, bo’rilar uchun esa qo’rqitish ma’nosidagi qichqiriqni anglatgan. Bekbekey ham xuddi SHirildan kabi bir ijrochi yoki guruh tarzida ijro etilgan.
Qadimiy qo’shiqlardan biri “Op-mayda”dir. “Op-mayda” qo’shig’i don yanchish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, qo’shiq jadal sur’atli, harakatchan xarakterlidir. Metro-ritm aniq belgilangan. Ba’zi birlari SHirildanga o’xshab, rechitativ xarakterda bo’lsa, boshqalari qo’shiq shakllariga yaqin. Yuqorida marosim va mehnat qo’shiqlarining keng tarqalgan turlari haqida fikrlar bayon etildi. Ularning umumiy tomonlari: a) qadimgi tur; b) she’r va kuyning bir-biriga bog’liqligi; v) rechitativ ijro usbubi.
Qirg’iz xalqining lirik qo’shiqlarining turlari:
a) “Ashiqtiq irlari”, ya’ni muhabbat kuylari. Ashiqtiq irlari sirasiga “kuyg’an” (sevgidan kuygan) va seketbay (sevgilim) qo’shiqlari kiritilgan.
b) Arman (armon)–alam va dardni ifodalovchi qo’shiqlar.
v) Jilqichi va qo’ychulardin iri–yilqichi va cho’ponlar qo’shiqlari.
g) Qizdar iri–qizlar qo’shiqlari.
d) Kelinder iri–ayollar qo’shiqlari.
e) Jigitder iri – yigitlar qo’shiqlari.
Qayd etilgan guruh qo’shiqlari bir-biridan ko’pincha faqat she’riy matni bilan farqlangan, kuylari esa o’zaro yaqin. Ya’ni, bir kuyga bir necha turdagi she’rlar moslashtirilgan. Qirg’iz cho’ponlarining hayoti musiqa bilan bog’liqdir. Ularning qo’shiqlari melodik jihatdan yaxshi rivojlangan.
Yoz kechalarida yoshlar yaylovlarda yig’ilishib turli qo’shiqlar aytib, o’yinlar o’ynashgan. Bunday yig’ilishlarning o’z repertuari bo’lib, “Selьkinchek” qo’shig’i mashhurdir. Qo’shiq yengil, sodda va harakatchan xarakterga ega. Qo’shiq kuyiga turli to’rtliklar moslashtirilib ijro etish mumkin. “Selьkinchak” eng keng tarqalgan va mashhur aytimdir.
Qirg’iz fol’klor musiqasining bolalar uchun repertuari ham bor.
Eng keng tarqalgan janr “Beshik iri”dir (Alla). “Beshik ir”larida onalar o’z o’g’illarining kelajakdagi qahramonliklarini kuylashadi. Allalar ona tomonidangina ijro etilib kelingan bo’lsada, qirg’iz xalqida ota, aka va opa allalari ham mavjud. Alla aytimlarining so’zlari improvizatsiya tarzida ijro etilsada, kuylari turg’un, ma’lum darajada xalq orasida tarqalgan bo’ladi.
Vokal janridan biri – oqin aytimlaridir. Oqin-shoir, ijrochi-improvizatsiyachi bo’lib, u o’zi bastalagan qo’shiqlarni aytib, o’ziga qomuzda jo’rsoz bo’lgan. Oqin ijodiga rechitativ tarzidagi ijro uslubi xosdir.
Oqinlarning repertuari turli mavzulardagi asarlarni qamrab oladi. Markaziy o’rin didaktik, pand-nasihat xarakteridagi asarlariga beriladi. Bunday asarlar sanat (nasihat) deyiladi.
Sanatlardan keyin “Arnoo” (bag’ishlov qo’shiqlari), so’ngra “Quttuqtoo” (olqishlov qo’shiqlari) turadi. “Qordoo”lar – “Qoralovchi”, yomonlovchi qo’shiqlardir.
Oqinlar ijodida aytishuv shakli alohida ahamiyatga ega. Aytishuvlarda ikki oqin ijrochilikda bellashadi va yakunida bir oqin g’alaba qozonadi. Oqinga baho berishga uning ijro mahorati, repertuarning turli asarlariga boyligi, ovozning kuchi ahamiyatlidir.
Oqinlar qirg’iz xalqi hayotida muhim rolь o’ynaydi. Ulardan turli yig’ilishlar uchun jarchi sifatida ham foydalaniladi. Xalq hayotidagi har bir muhim voqe’lik albatta, oqin ijodida o’z aksini topadi.
Vokal janridan yana biri – eposdir. Qirg’iz xalqining eng monumental qahramonlik eposi – “Manas” bo’lib, bosh qahramon nomi bilan atalgan. Eposning markaziy, rivojlantiruvchi g’oyasi – qirg’iz xalqining erkinlik uchun kurashidir. “Manas”dan tashqari xajm jihatidan kichikroq bo’lgan, lirik-romantik mavzulardagi dostonlar ham mavjud. Xalq orasida lokal dostonlar ham tarqalgan bo’lib, ular ma’lum bir tuman chegarasida ijro etiladi.
“Manas” eposining ijrochilari manaschilar deb ataladi. Manaschilar yodlarida minglab she’riy misralar, ko’plab ismlar, voqe’liklarni saqlaydilar. Ular poetik improvizatsiya iste’dodiga ega bo’lib, an’anaviy shakl doirasida, eposning boshqa variantlarini ham ijod qiladilar.
Kichik hajmdagi dostonlar oqinlar tomonidan ijro etiladi. Manaschilar cholg’u jo’rligisiz ijro qilsalar, oqinlar qomuz yoki qiyoq cholg’ulari jo’rligida ijro qiladilar.
Epos rechitativ uslubida ijro etiladi. “Manas”da o’ziga xos bo’lgan, xarakterli epik aytimlari mavjuddir. Kichik xajmdagi dostonlar esa ma’lum ifoda vositalariga egadir. SHu bilan birgalikda manaschi va oqinlarning ijrochiligida o’zaro umumiy qirralar ham kuzatiladi.
Qirg’iz xalq musiqasi ijodiyotida vokal janrlar asosiy o’rinni egallaydi. CHolg’u musiqasi vokal musiqasi kabi keng rivoj topmagan. CHolg’u janrlarining vokal janrlari bilan bog’liqlik tomonlari ko’p. CHolg’u asarlarining aksariyatida qo’shiqning qirralari seziladi.
Qirg’izlarda “kuy” musiqiy atamasi mavjud bo’lib, asosan mumtoz cholg’u asarlariga nisbatan qo’llaniladi: Qambarqan, SHingrama, Kertolg’oo, Botoy va boshqalar. Yuqoridagi har bir asarga qo’shiq xarakteridagi kuy asos qilib olingan.
Musiqiy janrlar bilan birgalikda xalq orasida keng tarqalgan boshqa turdagi janrlar ham mavjud. Mazkur janrlar musiqachi va qo’shiqchilar tomonidan ijro etiladi. Bunday ijrochilar “quudul”lar deyiladi. Quudullar – qiziqchilar bo’lib, ular ovozlari taqlid qilishni, hazil xarakteridagi qo’shiq aytishni, qiziqarli hikoya aytishni, qomuzda yumoristik asar ijro etishni bilishgan.
O’tmishda, qirg’iz xalqining kasbiy darajadagi teatri bo’lmagan. O’zbek xalqining masxarabozlik, qo’g’irchoqbozlik kabi xalq tomoshalari qirg’izlarda rivojlanmagan. Ammo teatrlashtirish qirralari ko’pgina xalq musiqachilari, manaschi va quudullar chiqishlarida kuzatiladi.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin