2. Qozoq xalq qo’shiqchilik ijodiyoti vakillari xususida nima deya olasiz?
3. Qozoq xalq milliy sozlari necha guruhga bo’linadi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Istoriya muzqki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M., 1994.
2. T.S.Vqzgo. Muzqkalьnqe instrumentq Sredney Azii M., 1980.
3. Belyaev V. Ocherki istorii muzqki narodov SSSR, t,1. M., 1962.
4. N.N.Mironov. Obzor muzqkalьnqx qulьtur uzbekov i drugix narodov vostoka. Samarkand. 1931 g.
5. Amanov B., Muxambetova A. Kazaxskaya traditsionnaya muzqka i ‘‘ vek
Almatq. “Dayk Press” 2002.
6. Abdullaev R.S. Obryadovaya muzqka tsentralьnoy Azii.
Tashkent. 1994.
7. Belyaev V. Ocherki po istorii muzqki narodov SSSR
Vqpusk 1. Moskva. 1962.
8. Yerzakovich B.G. Muzqkalьnoe nasledie kazaxskogo naroda.
Alma – Ata. 1979.
9. Baygaskina A. Evolyutsiya stixotvornqx razmerov i logika razvitiya muzqkalьnoy formq kazaxskoy narodnoy pesni. Problemq muzqkalьnogo fol’klora narodov SSSR.
Moskva. 1973.
Mavzu: Qirg’iz xalq musiqa an’analari. Marosim va nomarosim janrlari.
Reja:
Qirg’izistonning geografik joylashuvi xalq tarixining rivojlanishidagi ahamiyati
2- Qirg’iz xalq musiqa janrlar
Qirg’iziston – tog’lar o’lkasidir. Qirg’izistonning geografik joylashuvi xalq tarixining rivojlanishida alohida ahamiyatga ega edi. Buning ta’siri musiqa soxasida ham kuzatiladi. Qirg’izistonning yaylovlari va tog’lari bilan qirg’izlarning iqtisodiyoti va kundalik hayoti chambarchas bog’liq. Xalq ijodiyotida Olatov va Yaylov mavzulari keng qo’llanilgan. Qirg’izlar asosan chorvachilik va ovchilik bilan shug’ullanib, hayot kechirganlar.
Qirg’izlarning hayoti va ijodiyoti haqida yetarlicha adabiyotlar mavjud. Ammo qirg’iz musiqasi haqida adabiyotlar nisbatan oz. Qirg’iz musiqasiga bag’ishlangan dastlabki tadqiqotlar ‘‘ asrning birinchi yarmiga tegishlidir. ‘‘ asrning 20-30 yillarida Aleksandr Viktorovich Zataevich 400ga yaqin xalq musiqa ijodi namunalarini tinglash jarayonida notaga tushirgan. 1934 yili “250 kirgizskix instrumentalьnqx pьes i napevov” deb nomlangan to’plami nashrdan chiqdi. To’plamdagi cholg’u kuylariga bag’ishlangan bob (125 ta kuy) alohida ahamiyatga egadir. To’plamdagi 18 ta cholg’u p’esa To’qto’gul Satilg’anovdan yozib olingan. Zataevich ish jarayonida so’z matnini yozib olish imkoniyati bo’lmaganligi sabab bajarilgan ishning qiymati biroz pasaygan.
1937 yili A.Maldibaevning “Irlar” nomli nashrdan chiqqan to’plamida muallifning asarlaridan tashqari 13 ta xalq qo’shiqlari ham kiritilgan. SHu yo’sindagi yana bir nechta to’plamlar, musiqaga oid kitoblar, monografiyalar ham mavjud.
Tarixchilarning ma’lumotiga ko’ra, qirg’iz xalqi janubiy Sibirь va O’rta Osiyoda yashagan qabilalardan vujudga kelgan ekan. Qirg’izlar O’rta Osiyoda yashagan qadimiy xalqlardan biri deb hisoblanib, ular haqidagi dastabki ma’lumotlar, eramizdan avvalgi 209-201 yillarga tegishli voqe’liklar Xitoy yilnomalarida yozilgan. Qirg’iz qabilalari o’sha davrda Yenisey daryosining yuqori oqimi bo’yida yashaganlar. Xitoy transkriptsiyasi bo’yicha ular ge-gunь, gyanь-gunь, xyagas deb yuritilardi. Yenisey bo’yida qirg’izlar yashagan hududlar olimlar e’tiborini o’zining boy va qiziqarli arxeologik topilmalari bilan jalb qilgan edi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu yerlarda yashagan odamlar turli xil metallarni topish bilan ham shug’ullangan.
1949 yili nashrdan chiqqan S.V.Kiselyovning “Drevnyaya istoriya Yujnoy Sibiri” deb nomlangan kitobida muallif eramizdan avvalgi III-II ming yilliklardan eramizning VIII-’ asrlarigacha bo’lgan davr mobaynida janubiy Sibirь xalqlarining tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. Eramizning boshlarida qirg’izlar davlati vujudga kela boshlagan ekan. Davlat o’jo yoki bek tomonidan boshqarilib, avval harbiylar, oddiy xalq, keyin esa qullar turishgan, ya’ni o’sha davrda davlat ancha keng rivojlanganligi, ijtimoiy differentsiatsiyaning mavjudligi ahamiyatlidir. Qirg’izlar asosan chorvadorlik bilan shug’ullanganlar, ammo yerga ishlov berilishi haqidagi ma’lumotlar arxeologik topilmalar (qo’l tegirmonlar, o’roqlar) yordamida ma’lum bo’ladi. Qadimgi qirg’izlarning diniy tasavvurlari va marosimlari juda sodda shaklda bo’lganligi olimlar tomonidan aniqlangan. Alohida xurmatga sazovor ayol ilohi Umay uy va bolalar qo’riqchisi sifatida izzatlangan. Ushbu afsonaviy ilohning nomi hozirgi davr maqollarida ham uchraydi. Arxeologik qazish ishlari natijasida temir doirasimon skoba topilgan. Unga qo’ng’iroqlar, shaqildoqlar ilingan bo’lib, shomon qo’llaydigan asbob deb taxmin qilinadi. Demak, qadimgi qirg’izlarda shomonchilik ham rivojlangan deb taxmin qilish mumkin.
Eramizning boshlarida qirg’izlarning tasviriy san’at soxasi ham ancha rivojlangan edi. Aynan shu hududlarda “Skif-sibirь hayvon uslubi” rivojlangan. Ko’pgina topilgan tasvirlarda hayvonlarning turli holati aks ettirilgan (ov, o’tlash).
Ko’rib chiqilayotgan davrda qirg’iz qabilalarida musiqa ham ancha rivojlanganligi ma’lum bo’ladi. Musiqa ko’pgina xalqlardagi kabi mehnat jarayonlari bilan bog’liq holda (sinkretik) rivojlangan.
Yaqin davrlargacha qirg’izlarning hayotida qadimgi davr unsurlari saqlanib qolgan. Bular, animistik tasavvurlar va dinlar, turli afsunlar, ular bilan bog’liq repertuarlardir. Masalan, yuqorida aytib o’tilgan Umay, Arbak – o’tgan qavmlar ruxi, Jer-su – yer-suv, jinlar – yovuz kuchlar, yaxshi kuchlar va hokazo.
Qirg’iz xalqining ma’lum arxaik musiqiy-poetik janri mavjud bo’lib, unda barcha animistik qarashlar, qadimgi davr unsurlari o’z aksini topgan (afsun o’qishlar, marosimlar rechitatsiya uslubidagi aytimlar yordamida o’tkazilgan). Ehtimol, rechitatsiyaning qadimiy turlari ham o’sha davrda shakllangan. Bundan tashqari sodda marosim qo’shiqlari (chorvachilik bilan bog’liq), yig’i aytimlari, lirik qo’shiqlar ham mavjud bo’lgan.
Qirg’izlar qo’shni halqlar bilan ham turli munosabatlarda bo’lganlar. Eramizning II-VI asrlarida qirg’iz xalqining turmush tarzi qanday bo’lganligi haqida ma’lumotlar deyarli yo’q . VI asrga kelib tarixda turk-o’g’uz qabilalari vujudga kelganligi ma’lum. Ular Xitoydan Vizantiyagacha bo’lgan yerlarni egallagan edilar. Turk xoqonligi tarkibiga Yenisey qirg’izlari ham kiritilgan edi. Bir qator urushlardan so’ng VI-VII asrlar mobaynida qirg’izlar o’z avtonomligini saqlay olishdi. I’-’ asrlar qirg’izlar tarixida xarbiy yutuqlar va hududlarning kengayishi bilan ta’riflanadi.
Qadimgi qirg’iz xalqining yozuvlari ham ancha qiziqarli masaladir. Qirg’iz tili turkiy tillar tizimiga tegishli bo’lib, bir qator o’zigi xos qirralari bilan ajralib turadi. Masalan, eramizdan VI-VIII asrlariga tegishli qadimgi qirg’iz yozuvlari tarixchilar, tilshunoslar uchun juda qiziqarli materialdir. Tilshunoslarning maxsus tahlilidan ma’lum bo’lishicha, topilgan madaniy yodgorliklardagi yozuvlar ko’p hollarda badiiy shaklga ega bo’lib, ularda timsol, o’xshatish kabi qirralar mavjud. Taxmin qilinishicha ushbu yozuvlar badiiy ijodiyot turi bo’lmasdan, balki qo’shiq tarzida rivojlangan.
‘ asr improvizatsiya tarzidagi qo’shiqchilik san’ati ‘I’ asr ijrochiligi bilan bir xil deyilsa, mubolag’a bo’lmaydi. O’sha davr epitafiyalari (bag’ishlov) ancha murakkab shaklda bo’lib, yuqori saviyali musiqiy ifodani talab qilardi. Ta’kidlash mumkinki, bu davrda ma’lum shakllar, ijodiy an’analar va shu an’analarning namoyandalari bo’lmish qo’shiqchi (impravizatorlar) ham mavjud bo’lgan, ular o’tgan hukmdorlar nomiga bag’ishlovlar (panegirik odalar) ijod qilishgan. Qo’shiqchilar albatta boshqa janrlarda ham, masalan, “arnov” – qahramonlar maqtovi, “qordov”larda esa yomonlikni qoralashgan. Oqinlarning o’zaro baxslashuvi kabi ijro shakllari shu davrlarga tegishlidir.
Qo’shiq improvizatsiyasi san’ati xalq orasida ham keng tarqalgan edi. Masalan, ma’lum usulga solingan o’qish uslubi asosan ibodat vaqtida qo’llanilgan. Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha o’sha dvarda musiqiy cholg’ular ham bo’lgan ekan. Masalan, qiyoq cholg’usida qiyoqchilar bola yig’isi, chol va kampirning mojarosi, ona va bolaning so’zlashuvini aks ettira olganlar. Turli tarzdagi ovoz o’xshatishlar qomuzda ham ijro etilgan.
Qirg’izlarda ularning chorvadorlik va ovchilik sharoitlari bilan bog’liq ko’pgina cholg’u kuylari ham mavjud. Mazkur kuylarning kelib chiqishi qadimiy qo’shiqlar paydo bo’lgan davrlarga tegishli ekanligi ta’kidlanadi. Qadimgi epik aytimlarda bayramlar bilan bog’liq ziyofatlar haqida hikoya qilinadi. Ularda xalq qo’shiqchilari va musiqachilar ishtirok etishgan.
Mehnat bilan bog’liq, ya’ni yerga ishlov berish, dehqonchilik jarayonlari bilan bog’liq qo’shiqlar aynan o’sha davrda juda urf bo’lgan. Ehtimol “Op mayda” (xo’p mayda) qo’shig’i o’sha zamonlardan bizning davrimizgacha yetib kelgandir. Hozirda unutilgan “SHamol chaqirish” ham qadimgi marosimlardan hisoblanadi.
I’ – ‘ asrlarda qirg’iz xalqi batamom har sohada yetuklikka erishdi deyish, noto’g’ri. Hujjatlarda ta’kidlanishicha, ijtimoiy va iqtisodiy notenglik haqida xalq eposi “Manas”da ham ma’lumot berilgan. Sinfiy notenglik xususida “O’rxun-Enisey” xatlarida ham eslatib o’tilgan. Qadimgi yozuvlarda “Osmon sifat”, “Osmon elchisi” kabi iboralar uchraydi, bu shundan dalolat beradiki, o’sha davrda qo’shiqning o’ziga xos janri mavjud bo’lib, ular hukmdorlar sharafiga ijro etilgan. Bundan tashqari esa xalq orasida mehnat, marosim, lirik, cho’pon qo’shiqlar rivojlangan. Bizning davrimizgacha yetib kelgan “Jilqichi” qo’shig’i otboqar SHirildon nomi bilan bog’liq .
CHingizxon bosqinchiligi davridan to ‘VIII asrgacha bo’lgan vaqt mobaynida qirg’iz xalqining hayoti haqida tarixiy ma’lumotlar kam. Yenisey bo’ylariga rus xalqi kelgan vaqtda qirg’izlar alohida xonliklarga bo’linib ketgan edilar: ba’zilari mo’g’ul, ba’zilari esa qalmiqlarga o’xshardilar. Bartolьdning yozishicha ‘VIII asrda qirg’izlarning madaniyati ‘ asrdagiga nisbatan ancha past edi. Ruslar bu yerlarda na shahar , na yozuv topa olganlar. Qirg’izlar yana ko’chmachilik tarzida, ovchilik bilan shug’ullana boshlagan edilar.
Tarixdan ma’lum bo’lishicha, CHingizxon bosqinchiligi davrida nafaqat qirg’izlar, balki O’rta Osiyodagi barcha xalqlarning hayoti, madaniyat saviyasi pasayib ketgan edi.
Enisey qirg’izlarining tarixi juda fojeaviy yakunlangan. 1703 yili Rossiyaga kelgan xabar bo’yicha qirg’iz yeriga 2500 ta qalmiq kelib qirg’izlarni qirgan. Ammo ko’p olimlarning fikricha, qirg’izlar Yeniseydan Tanь-SHanь vodiylariga ketishgan (‘VIII asr) ekan.
Qirg’iz musiqasi tahlil etilganda, u ko’proq SHimoldagi turkiy xalqlarga yaqinligi aniqlanadi. Musiqa tarixi nuqtai nazaridan, qirg’iz xalqining shakillanishi, uning madaniyati rivojida Oltoy va Yenisey bo’ylarda yashagan turk qabilalarining ta’siri katta bo’lgan. Ammo qirg’iz xalqining tarixini faqat Yenisey qirg’izlari tarixi bilan chegaralansa albatta xato bo’lardi.
1941 yili CHu kanali qurilishi davrida juda katta arxeologik material yig’ilgan. Bu yerdagi topilgan narsalarning aksariyat qismi SHimoliy qirg’iz xalqlari bilan bog’liqlik ishoralari bor edi.
Xitoy manbalardan ma’lum bo’lishicha, eramizning II asrida Qirg’iziston hududida Usuni nomli ko’chmanchi xalq yashagan ekan. Usunilar Sak qabilalarining avlodi hisoblanadi. O’tgan davrida CHi-gun shahri usuniy qabilalarining markazi bo’lib, u issiq-ko’l bo’yida joylashgan edi.
VI asrda vujudga kelgan Turk xoqonligi Qirg’iziston hududidagi xalqlarni ham o’ziga bo’ysundirgan. Ammo urushlar Qirg’izistonning madaniyatiga yomon ta’sir ko’rsatmagan.
Xitoyga yaqin bo’lgan ushbu xudud musiqasi haqida Xitoy manbalarida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur manbada Turk xoqoni Xitoy xukmdori sharafiga bergan ziyofati haqida yozilgan: “Ziyofat davomida turli nozu-ne’matlar dasturxonga tortildi, ziyofatda musiqa ham yangrab turdi. Xitoylar uchun ushbu musiqa yovvoyiroq tuyulsada, qirg’izlarga juda yoqayotgani bilinib turardi”.
Qirg’izistondagi turklar hukmdorligi o’rnini qora-xitoylar egalladilar. Bu xalq tunguz-manchjurlardan kelib chiqqan edi. Ammo bosqin natijasida mahalliy musiqiy an’analar deyarli o’zgarmagan.
‘III dan ‘V asrgacha bo’lgan davr CHingizxon bosqinchiligi davri sifatida tarixga kiritilgan. ‘VI-’VII asrlar qirg’izlar qalmiq, o’zbek va mo’g’illar bilan olib borgan urushlar haqida ma’lumotlar bor. Qirg’iz qabilalari o’zaro ham totuv yashamadilar. Bunga yaxshi yaylovlar ko’proq sabab bo’lardi.
Qirg’iz urug’lari va qabilalariga biylar boshchilik qilardilar. Undan so’ng esa manaplar, qabila boshlig’i turardi. Manapning atrofida o’zining qo’shiqchi, musiqachi va aytimchilari bo’lgan. Manap tantanali chiqishlari vaqtida ular yonida bo’lib, olqishlab borishgan.
Bu davrda qirg’iz xalqi juda qiynalib yashagan. Buning natijasida g’am va alamga to’la “Armon” qo’shiq janri vujudga keldi.
‘I’ asrda Rossiya bilan siyosiy-iqtisodiy munosabatlar boshlanganda qirg’iz madaniyatiga yangiliklar kirib keldi. Bu davrda ham chorvachilik asosiy o’rinda turar edi. Kuzga yaqin mollar qishlovga vodiylarga qaytardilar. Qishlov vaqtida o’tovlarda ertak, afsonalar aytilardi (“Manas” eposidan). Ba’zida katta to’y yoki osh marosimi o’tkazilardi. Ular asosan boylar tomonidan uyushtirilib, bunda xalq ijrochilari o’z ijod namunalari bilan chiqishlar qilardilar. Ular oqinlardir.
Tarixiy hujjatlarda qirg’izlar (‘VII) kofirlar deb yuritilgan. Islom dini qirg’iz xalqiga nisbatan kechroq singdirilgan. Qirg’izlar hayotida shomonchilik va ajdodlarga sig’inish kabi topinishlar ustunlik qilgan. SHu sababli qirg’izlar shamol va yomg’ir chaqirish afsunlari, tabiatga sig’inishning turkumli marosimlarini o’tkazib, kasalni davolash uchun afsunlar o’qir edilar. Bu marosimlarni sanab o’tilishining sababi, ularda ma’lum darajada musiqaning ishtirok etishidir.
Boshqa xalqlardagi kabi qirg’izlarda ham qo’shiq insonning butun hayoti davomida hamroh bo’lib kelgan va hayotiy voqe’liklar turli musiqiy janrlarda aks ettirilgan.
Qirg’iz musiqasi asosan epik xarakterda bo’lib, soddalik, aniqlik uning qirralaridir. Qirg’izlarning musiqiy dunyoqarashida hayotiy voqe’liklar muhim ahamiyat kasb etadi. Qirg’izlarning cholg’u musiqasi dasturlidir. Qadimiy afsonalarga ko’ra, qirg’iz musiqasining asoschisi deb ovchi Qambarni aytishadi. U birinchi bo’lib, daraxtdan qomuz yasab, qo’yning qurigan ichaklarini tortib, kuy ijro etgan ekan. Kuy uning sharafiga “Qambarqan” deb nom olgan ekan.
Har bir ijro etilgan musiqiy asar haqida ijrochi kuy qaysi voqe’likka atalgani, unda nima haqida “bayon” etilayotganini so’zlab beradi. Qirg’izlarda “Jeldirme” so’zi mavjud bo’lib, asli ma’nosi – “mushuk yurish”. Mazkur termin rechitativ-tez aytuv uslubiga nisbatan ishlatiladi. Bunday ijro uslubi oqinlarining ijrochilikda qo’llaydigan sevimli uslubidir. Mazkur uslub xalq ijrochiligida ham ishlatiladi.
Qirg’iz musiqasida ko’pgina quvnoq, o’yinqaroq qo’shiqlar, jadal raqs kuylari, yumoristik timsollar mavjud. Faqat “Manas” ijrosidagina keng ekspressiyani kuzatish mumkin. Qirg’iz musiqasida mayin lirik kuylar ham bor. Ayniqsa, cho’pon kuy va qo’shiqlari bunga misol bo’la oladi.
Qirg’iz musiqasi O’rta Osiyo xalqlaridan ko’proq turkmanlarning musiqa madaniyatiga yaqin (ayniqsa cholg’u janrlari bo’yicha): dastur, o’zgaruvchan metrika va hokazo. O’zbek va tojik musiqasi bilan o’xshashlik tomonlari esa, ko’proq xalqlar aralashgan holda yashaydigan hududlarda uchraydi. Qozoq musiqasi bilan umumiylik qirralari terminologiya, cholg’ular, ijro etish shakllarida namoyon bo’ladi.
Turli janrlarning kuyi solishtirilganda, qirg’iz musiqasidagi qirralar diapazoni kichikligi seziladi. Masalan, qadimgi bir qo’shiqning kuyi qahramonlik eposida, lirik qo’shiqda, cholg’u asarda uchrashi mumkin. Melosning noturg’unligi, ma’lum bir ma’lum she’r va janrga biriktirilmaganligi qirg’iz musiqasining muhim qirrasidir. Qo’shiqchi biror bir kuyga o’zi xoxlagan so’zlarni moslashtirib ijro eta olgan.
Avvaliga qirg’iz xalq musiqa ijodiyotida solo ijrochiligi rivojlangan. Turli xildagi ijrochilik tanlovlari o’tkazilib, cholg’uchi va qo’shiqchilar ketma-ket tarzda chiqishlar qilardilar. Qirg’iz xalq musiqasida asosan bir ovozli faktura qo’llanilardi.
Qirg’iz musiqasining yuragi – kuydir. Kuy bosqichma-bosqich, to’lqinsimon tarzda rivojlantiriladi. Qirg’iz musiqasining ladlari turli-tuman emas. CHolg’u kuylari ko’proq major ladida berilsa, qo’shiqlarning ladi esa o’zgaruvchan. Qo’shiq va cholg’u kuylarning tahlili major (miksolidiy) ladi ko’p qo’llanishini tasdiqlaydi. Undan so’ng esa doriy va frigiy ladlari nisbatan ko’p qo’llaniladi.
Qirg’iz kuylaridagi lad o’zgaruvchanligi ko’proq jonli ijro jarayonida seziladi. Qirg’iz kuylari xuddi ladlar singari diatonikdir. Ammo xromatizm umuman yo’q deyish ham mumkin emas.
Qirg’iz musiqasining ritmikasi o’zbek ritmlaridan farqli ravishda murakkab emas. Ammo qirg’iz musiqasining metrikasini umumiy sxemalarga tushirib bo’lmaydi, ularni taktlarga ham ajratish mushqullik tug’diradi. Qo’shiqlarda metrika she’r vaznlari bilan bog’liqlikda bo’lsa, cholg’u musiqasida metrika juda erkin. Raqs xarakteridagi musiqada esa metrikani aniqligini kuzatish mumkin. Qirg’iz musiqasining uslubiy qirralari umumiy rivojlanish jarayonida o’zgarib, boyitib borilgan.