? Nazorat uchun savollar 1. Markaziy Osiyo xalqlarining musiqiy an’analari qaysi manbalarga tayangan holda o’rganiladi?
2. Qardosh xalqlar madaniyatini o’rganishda arxeologik topilmalarning ahamiyati haqida so’zlang.
3.Qadimgi dunyo madaniyatini o’rganishda xalq ijodiyoti namunalarining ahamiyati haqida so’zlab bering.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Istoriya muzqki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M., 1994.
2. T.S.Vqzgo. Muzqkalьnqe instrumentq Sredney Azii M., 1980.
3. Belyaev V. Ocherki istorii muzqki narodov SSSR, t,1. M., 1962.
N.N.Mironov. Obzor muzqkalьnqx qulьtur uzbekov i drugix narodov vostoka. Samarkand. 1931 g.
3. Mavzu: Qozoq xalq musiqa an’analari. Marosim va nomarosim janrlari.
Reja: Zamonaviy Qozog’iston hududi.
Qozoq xalqi madaniyati, jumladan musiqa ijodining shakllanishi.
Qozoq musiqasining rivojlanishida qadimiy ajdodlarning ijodiyoti.
Qozoq xalqining musiqasi ‘‘ asrga qadar og’zaki tarzda rivojlanib kelgan. Qozoq va qirg’iz halqlarning madaniyatiga ko’chmanchilik hayot tarzi katta ta’sir ko’rsatgan.
Zamonaviy Qozog’iston hududi juda katta. Qadimda bu hududda turli qabilalar yashagan bo’lib, ular asosan ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Er.av. II mingyillikda Qozog’iston hududida odamlar mis va oltin topish ishlari bilan shug’ullanganlar, shuningdek bronzadan turli xil mehnat va ov qurollarini yasaganlar.
Er.av. I mingyillikning o’rtalarida temir davri boshlanadi. Yunon yozuvchilari tomonidan aynan shu davrga tegishli yozma ma’lumotlarda Qozog’iston hududida yashagan qabilalar Xitoy, Hindiston va Osiyo xalqlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatishgan ekan.
Er.av. I mingyillikning ikkinchi yarmida ibtidoiy jamoa tuzimi o’rniga sinfiy tuzim shakllana boshladi. Er. VI asrida Qozog’iston va Qirg’iziston hududlari Turk xoqonligiga, X asrga kelib esa, Qoraxoniylar davlatiga qarashli bo’lgan. Daryolar bo’yida odamlar yerga ishlov berish ishlari bilan shug’ullanib, o’troq hayot tarzini boshlaganlar. SHu davrda shaharlar paydo bo’la boshlagan, arxitektura rivojlangan.
Janubiy Qozog’istonda joylashgan Yassi shaharchasida (hozirgi Turkiston yaqinida) qozoq yozuvi yodgorligi bo’lmish avtobiografik va didaktik asar “Devoni hikmat” Ahmad Yassaviy (1103-1166) tomonidan yaratilgan.
‘III asrda Qozog’iston va Qirg’iziston yerlari Mo’g’ullar tomonidan bosib olingan. Bosqinchilik natijasida shaharlar vayron qilingan, iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishi susaygan. Buning natijasida xalqlar yana avvalgi ko’chmanchilik hayot tarziga qaytganlar.
‘V asrning oxirlarida qozoq xonligi yuzaga keladi.
Qozoq musiqasining rivojlanishida qadimiy ajdodlarning ijodiyoti ahamiyatlidir. O’rxun-Enasoy daryosi sohillaridan topilgan yozma yodgorliklar, qabr toshlari va qoyalarda o’yilgan xatlarda tarixiy ma’lumotlar, hukmdor shaxslar va qahramonlar sharafiga madhiyalar bitilgan. Aynan shu tosh yozuvlarini qozoq xalq she’riyati, shuningdek tarixiy qo’shiqchilik va dostonchiligining ilk ko’rinishlari deb bilish mumkin.
Qozoq xalqi madaniyati, jumladan musiqa ijodining shakllanishi bu xalqning tarixi bilan bevosita bog’liqdir. Qozoq xalq og’zaki adabiyoti namunalarida, turli rivoyat va afsonalarida bu davr shoir, baxshi-jirov va kuyshi-sozandalar (Qorqit, Ataliq, Sipir jirov, Bayjigit, Qoz tug’an) ismlari saqlanib kelingan. Bular musiqa tarixida cholg’ular, muayyan qo’shiq turlarining yaratuvchilari, hukmdorlarning donishmand maslahatchilari, jangchilar ruhini ko’taruvchi shahslar sifatida ko’rsatiladi. Ular “to’lg’au” (mulohaza qo’shig’i), “maqtau” (madhiya), bashorat va nasihat qo’shiqlari, rivojlangan cholg’u asar (kuy)lar ijod qilganlar. ‘VIII-’I’ asarlarda qozoq an’anaviy musiqasining rivoji yuqori darajalarga ko’tariladi. Bu davrda kasbiy darajadagi musiqa ijrochiligi, qozoq bastakorlarining ijodi yuqori badiiy cho’qqilarga erishdi.
Asrlar davomida rivoj topgan qozoq an’anaviy musiqa tizimida turli shakl va uslubdagi ijodiyot ko’rinishlar hamda ijrochilik yo’nalishlari qaror topadi. Xalq qo’shiqlarini ijro etadigan “o’lenshi”, “termeshi”lar bilan birga “jirov”, “aqin”, “anshi”, “kuyshi” kabi ustozona musiqa namoyandalari faoliyat ko’rsatadi.
Tayanch so’zlar: Qozoq xalq musiqa ijodi, tarix, madaniyat, musiqiy an’analar, san’at, fol’klor, bayramlari, marosimlari