Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги


Mavzu: Qirg’iz aqinlari ijodi. Manaschilar faoliyati. REJA



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə14/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Mavzu: Qirg’iz aqinlari ijodi. Manaschilar faoliyati.



REJA:


1-Aqin ijodiyoti janrlari.
2- Yakkaxon tarzda ijro etiluvchi Janrlar.
3- Qirg’iz aqinlari ijodi dialogik janrlar.

Qirg’iz eposi-xalq og’zaki musiqiy-badiiy ijodiyotining kasbiy turidir. Eposlarda, boshqa janrlarga nisbatan xalq dunyoqarashini, hayotini tasvirlab berish imkoniyatlari kengroq bo’lgan.


Epos xalqning badiiy yilnomasi sifatida kasbiy darajadagi ijrochi-improvizatorlar ijodiyotida namoyon bo’ladi. Eposni ijro etish san’ati eng murakkab jarayonlardan biridir.
Eposning ahamiyati juda katta. U xalq hayoti va san’ati “Entsiklopediyasi”dir. Epos ko’p asrlar mobaynida sayqllangan.
Eposlar qaxramonlik, lirik, dramatik, satirik, fantastik mavzularda ijod etilgan. Avvalombor unda xalq falsafasi jamlangan.
Epos so’zi (yunoncha) qirg’iz adabiyotshunosligida 1920-1930 yillari kirib kelgan. Ushbu so’z sekin-asta “jamoq” (ertak, afsona) so’zini siqib chiqaradi. Epos atamasi keng ma’noda ertakdan tortib, to “Manas”gacha bo’lgan janrlarga nisbatan qo’llaniladi.
Markaziy Osiyoda doston atamasi keng tarqalgan. Qadimgi turkiy xalqlarda doston deb rechitativ shaklda ijro etiluvchi badiiy va she’riy asarlarga aytiladi. Ma’no jihatidan dostonga poema atamasi (yunon.) yaqin.
Qirg’iz eposini o’rganish amaliyotida yuqorida aytib o’tilgan uchta atama uchraydi. Qirg’iz eposi ikkita yirik qatlamdan tashkil topadi: katta va kichik epos.
Katta epos deganda, albatta “Manas”, kichik epos deyilganda esa hajman kichik bo’lgan doston va poemalar nazarda tutiladi. Epos va dostonlarning she’riy misralari sanalganda, katta tafovutni ko’rish mumkin. Masalan, Sayaqbay Qaralaev ijrosida yozib olingan “Manas” varianti 400 mingdan ortiq she’riy misradan iboratligi aniqlangan. Jumladan, “Er Teshtuk”, “Seyitbek”, “Qurmanbek”, “Er Tabildi”, “Er Sultanoy”, “Jo’darbeshim”, “Kedeykan”, “Janil Mirza”, “Janish-Bayish”, “Qo’jojash”, “Sarinji–Bekey”, “Oljoboy menen Kishimjon”, “Gulgaqi”, “Aq Meer” asarlarining umumiy hajmi 84319 she’riy misrani tashkil qiladi.
Fol’klorning o’zga janrlari orasida epos aloxida ajralib turadi. Bunda badiiy-estetik qirralar, qahramonlik mavzulari, badiiy timsollar diapazoni, ijrochilar mahorati katta rolь o’ynaydi.

Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin