Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги


Yakkaxon tarzda ijro etiluvchi Janrlar



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə17/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Yakkaxon tarzda ijro etiluvchi Janrlar

Yakkaxon janrlarda oqin o’zining yoki boshqa ijodkorning she’rini kuylaydi yoki rechitatsiya tarzida bayon qiladi. Jo’rsoz vazifasini qomuz yoki qil qiyoq bajaradi. Aynan shunday janrlarda oqin o’ziga xos ijodiy uslubini ko’rsata oladi.


Oqinlarning yakkaxon tarzdagi janrlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: pand-nasihat, olqishlov, komediya, tarixiy. Birinchi guruh (pand-nasihat) o’z o’rnida yana turlarga bo’linadi: “ulgu iri” (namunali qo’shiq), “sanat iri” (o’rgatuvchi qo’shiq), “nasiyat iri” (nasihat qo’shig’i).
“Ulgu iri”da inson intilishi kerak bo’lgan fazilatlar haqida kuylanadi.
“Sanat iri” falsafiy aforizmlar yordamida nasihat, tarbiya beradigan janrdir.
“Nasiyat iri”da hayotiy haqiqatlar haqida kuylanadi.
Yakkaxon tarzda ijro etiluvchi oqin janrlarining ikkinchi guruhini tantanavor-olqishlov mavzusidagi janrlar tashkil qiladi. “Quttuqto’v iri” yetakchi janr hisoblanadi. Bu janr konkret odam yoki bir guruh odamlarga bag’ishlangan o’ziga xos madhiya (oda)dir.
“Salamdashuu iri” “Quttuqtov iri”ga yaqin. Qirg’iz oqinlari “Salamdashuu iri” bilan o’zlarining an’anaviy chiqishlarini boshlar edilar. Yana bir janr turi “Jar chaqiruv” (“Jar solish”). Ushbu aytim bilan oqin “Osh” yoki “To’y” larga odamlarni jalb qilgan.
“Maqto iri” – o’tmish yoki zamonaviy shaxslarni olqishlash uchun ijro etiladigan madhiya.
Yakkaxon tarzda ijro etiluvchi oqin qo’shiqlarining uchinchi guruhiga “terme”lar kiradi. Bu guruh asarlarida, masalan “qordov iri”da odamning yomon xislatlari qoralanadi. “Qordov iri”ning klassik namunalari ‘‘asrning boshlarida To’qto’g’ul Satilg’anov tomonidan ijod qilingan.
“Terme”larning yana ikki xil turi ham uchinchi guruhga kiritiladi: “tamasha iri”da do’stona hazil namoyon bo’lsa, “taqmaza iri”da esa masharalash kabi harakatlar namoyish etiladi.
To’rtinchi guruhni “eskerme iri” (eslash aytimlari) kabi janr tashkil etadi. “Eskerme iri” tarixiy janr sifatida toifalashtiriladi. “Eskerme iri”da oqin qadimda yashab o’tgan biror bir shaxsni obrazini kuylaydi. “Bayandov iri” (bayon etish) kabi janr ham to’rtinchi guruh tarkibiga kiritiladi. “Bayandov iri” ham tarixiy qo’shiqlar turlaridan biridir.
Oqinlar “SHing’irama”, “Botoy”, “Qambarqan” kabi cholg’u janrlarni ham mahorat bilan ijro etadilar.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin