Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə16/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Kichik epos
Kichik epos 30 yaqin doston va poemalarni o’z ichiga oladi. Kichik epos hajman kichik bo’lsada, mavzular, syujetlar qomrovi kengligi bilan ajralib turadi. Kichik epos qahramonlik, maishiy, ertak, lirik va marosim fol’klor musiqiy janr va aytimlaridan kelib chiqqan.
Kichik epos o’zining maxsus qirralariga ega. Ushbu qirralar doston va poemalarning mavzular doirasi va ijrochilik variantlari bilan bog’liq.
Kichik epos jomoqchi (hozirda dastanchi)lar tomonidan tinglovchiga yetkazilgan. Kichik epos ikki uslubda ijro etilgan: poetik, musiqasiz ijro. Doston boshidan oxirigacha deklamatsiya qilinib, mimika, plastika bilan to’ldirilgan. Ijroning bunday shakli katta epos ijrosiga yaqin. Qahramonlik mavzusidagi “Janish-Bayish” dostoni bu tarzdagi ijroga misol bo’la oladi.
Ikkinchi shakl qomuz yoki qil qiyoq cholg’ulari jo’rligida ijro etiladi. Bunday ijroda aktyorlik elemenlari qo’llanilmaydi.
Kichik epos ijrochiligining yana bir turi mavjud bo’lib unda deklamatsiya tarzidagi va jo’rsoz bilan ijro etiluvchi uslublar aralashib ketgan. Bunday ijro uslubi keng tarqalgan.
Kichik epos ijrosida qomuz yoki qil qiyoq ikki funktsiyani bajaradi: yakkahon ijro (kirish, yakunlov va vokal pauzalarini to’ldirish ) va jo’rsozlik.
Kichik eposning yirik janr turi qahramonlik mavzusida bo’lib, u ko’p sonli epik dostonlardan tashkil topadi. “Er Tabildi”, “ Qurmanbek”, “Janish–Bayish”, “ Er Soltonoy”, “Janil Mirza” va boshqalar. “Qurmanbek” dostoni mashxurdir. Doston ‘VI-’VII asrlarda qalmiqlar bilan olib borilgan urushlar davriga tegishli bo’lib, qahramonlik mavzusi bilan birgalikda “Otalar va bolalar” mavzusi ham rivojlantiriladi.
Lirik–romantik dostonlarga “O’ljo’bay menen Kishimjan”, “ Gulgaaqi” va “Aq Moor”larni misol qilish mumkin.
Aqin ijodiyoti janrlari

Aqin ijodiyoti – qirg’iz xalqi qo’shiqchilik an’analarining alohida qatlamidir. Aqinlar ijodiyotida turli san’at elementlari ishtirok etadi. An’anaviy ma’noda aqin-ko’p qirrali ijodkor bo’lib, u ham ijrochi, ham cholg’uchi, ham ijodkordir.


Aqin so’zi qadimiy etimologik ildizlarga egadir. Lingvistlarning fikriga ko’ra, ushbu so’z qozoq, uyg’ur, tatar, eron-fors leksikasini birlashtiradi. “Aqin” so’zi “Axun” (“Axund”) so’zining transformalashtirilgan variantidir. “Axun” so’zi “ustoz, donishmand” degan ma’nolarni anglatadi.
Bundan tashqari “aqin” tushunchasi “aq” (“oq”, “sof”) va “agin, agim” (“oqim”) so’zlaridan kelib chiqqan. Qirg’iz tilida “aqin” so’zi “shoir, ijrochi-improvizator” ma’nolarini anglatadi.
Aqin – qadimiy badiiy kasblardan bo’lgan.
Aqin san’ati ustoz – shogird an’anasi tarzida rivojlangan.
Aqin ijrochilik madaniyatiga improvizatsiya va individual uslublar turli–tumanligi xosdir.
Terme – aqinlarning eng asosiy ijrochilik vositasidir. Ko’chma ma’noda aytganda, aqin she’riy misra va aytimlarni “teradi” va ma’no jihatdan umumiy badiiy asar yaratadi.
Terme – oqinning barcha janrlardagi improvizatsiyasi asosi, ijrochilik uslubi va yo’nalishidir. Ana shu mezonlarga tayanib, tinglovchi oqinning ijro mahoratini baholaydi.
Oqin san’ati serqirradir. Oqin ijodiyotining janrlar qamrovi mavzular boyligi bilan ta’minlanadi.
Oqin uchun qomuz eng zarur “yo’ldosh”idir. Uning umumiy vazifasi – jo’rnavozlik.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin