Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги


Yoshlarning qo’shiq janrlari



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə12/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Yoshlarning qo’shiq janrlari
Komediya janrlar

Qirg’iz yoshlarining qo’shiq janrlariga “Jigitter irlari” (“Yigitlari qo’shiqlari”) kiradi (14 -25 yosh).


Yoshlar qo’shiqlari ma’lum qirralarga ko’ra, janrlarga ajratiladi. Eng mashhur janrladan biri – “Selkinchek” (“Arg’imchoq”) nomidan kelib chiqib aytish mumkinki, mazkur janr qo’shiqlari arg’imchoqda uchish paytida ijro etilgan. “Selkinchek” so’zi aniq qo’shiq yoki o’yin nomi sifatida ham qo’llanilishi mumkin.
Hozirgi davrda “Selkinchek” o’yin sifatida unutilgan, ammo musiqiy janr sifatida keng rivojlanib kelmoqda.
“Selkinchek” qo’shig’i yigitlar va qizlar tomonidan unison tarzida, tez tempda ijro etiladi. Qo’shiq ritmi – aniq, raqssimon, kuy yuqoriga va pastga harakatlanuvchi tuzilmalardan tashkil topadi. Hozirda “Selkinchek” qo’shig’i guruh tarzida xavaskorlik to’garaklarida ijro etilmoqda. “Selkinchek”ning yakkaxon tarzda, qomuz jo’rligida ijro etiluvchi variantlari xam mavjud.
Ansamblь tarzida ijro etiluvchi qo’shiqlar “Qiz-jigit” xalq bayramlari va kichik yig’ilishlarda ijro etilgan. “Qiz–jigit”ning ikki turi mavjud bo’lib, biri – duet ikkinchisi – guruh tarzida kuylanadi. “Qiz–jigit” ning marosim varianti “Jarjar-ay” aytimidir. “Qiz-jigit” qo’shiqlari dialog ko’rinishiga ega. Ijro jarayonida improvizatsiya uslubi ham qo’llanilgan.
Ba’zan qo’shiq sahnalashtirilgan kompozitsiya tarzda ham namoyish etilgan. Misol qilib, “CHal-kempir” duetini keltirish mumkin. Ushbu namuna raqs harakatlari bilan ijro etilgan.
“Qiz-jigit” janri boshqa xalqlar madaniyatiga tegishli “CHastushka” (rus xalqi), “Lapar” (o’zbek xalqi) janrlari bilan o’xshashlik tomonlari bor.
“Qiz-jigit” qo’shiqlari kuplet shaklida bo’ladi. Qizlar va yigitlar partiyalari bir xil, ammo turli tessiturada yangraydi.
Ushbu janrning qadimiy namunalari saqlanib qolmagan.
“Qiz-jigit” janrining bir turi “aqiynek” (“aytishuv”)dir. “Aqiynek” – ikki ayol tomonidan kuylanadigan dialog qo’shiq. “Aqiynek” qo’shiqlari ham xalq sayllarida, yig’ilishlarda aytilgan.
Ommaviy fol’klor qo’shiqlarning barchasida komik qirralar bor. Ular umumiy nom “Tamasha iri” bilan nomlanadi. Jumladan, milliy madaniyat tarkibida “Quudullar” ijodiyoti ham ahamiyatlidir.
“Quuddul” (“Taqlidchi”, “Qiziqchi”) – qirg’iz milliy badiiy ijodiyotining o’ziga xos namoyandasidir. Quudul badiiy, aktyorlik va musiqiy iqtidor sohibi bo’lgan. Quudullar ba’zan qo’g’irchoq teatri spektakllarini ham qo’yishgan. Kasbiy darajadagi quudullar qiziq voqealar aytish jarayonida odamlar va hayvonlar ovoziga taqlid qilishgan.
Mashhur quudullardan Jo’o’shbay Bo’rsalov (1840-1919), Ko’katoy Bo’to’ev (1849–1916), Qarachunaq SHaldirov (1862–1933)larni nomlarni keltirish mumkin.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin