Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə11/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Lirik janrlar
Qirg’iz xalq ijodiyotida qo’shiq lirikasi janrlari turli-tuman tarzda namoyon bo’ladi. Eng rivojlangan va tarqalgan janrlar lirik janrlar hisoblanadi.
Lirik qo’shiqlar qomuz jo’rligida va jo’rsozsiz ham ijro etilishi mumkin. Jo’rsozsiz qo’shiq ijrochiligi xalq orasida juda keng tarqalgan bo’lib, bunday qo’shiqlar ko’proq oilaviy marosimlarda ijro etilgan. Marosim ishtirokchilarining har biri bittadan qo’shiq ijro etishi majBo’riy hol bo’lgan.
Lirik janrlarning yana bir yo’nalishi kasbiy darajadagi ijrochilar ijodiyoti bilan bog’liq. Ijrochilar qo’shiqlarni jo’rsoz yordamida ijro etishgan. Bunday ijrochilar “irchi”lar deb yuritilgan.
Irchilar ma’lum qo’shiqlarning talqinchisi bo’libgina qolmay, o’zlari ham qo’shiqlar ijod qilganlar.
Lirik qo’shiqlar bir necha turlarga ajratilgan. Muhabbat mavzusidagi qo’shiqlar “Ashiqtiq irlari” yoki “Suyuu irlari” deyilgan. Avvaldan rivojlanib, xalq orasida keng tarqalgan lirik qo’shiqlar uch turli bo’lgan: “Seketbay” (“Sevgilim”) “Kuygen” (“Sevgi dardi”) va “Arman” (“Armon”). Har bir tur guruhga bir-biriga yaqin bo’lgan qo’shiq variantlari jamlangan. SHu tarzda xar bir qo’shiq nomi, qo’shiq janriga nisbatan ham qo’llanilgan.
Seketbay ommalashgan qo’shiq janridir. Mazkur janr ijodkorlari seketbaychilar deyilgan. ‘I’ asrda Bo’g’achi, Abdurahmon, Sirtboy, Musaqan kabi seketbaychilar mashhur bo’lishgan.
A.Zataevich, V.Vinogradov, A.Maldibaevlarning to’plamlarida “seketbay” janrining namunalari ko’p.
“Seketbay” janri qo’shiqlarida turli ma’joziy o’xshatishlar, timsollar qo’llaniladi. Qo’shiqlarning nomlarida ham shunday qirralar mavjud: “Bo’to ko’z”, “Qara ko’z”, “Qizil gul”, “Qizil o’ruk” va boshqalar.
“Seketbay” qo’shiqlarida Ona zamin go’zalliklari ham madx etiladi. Bunday qo’shiqlar nomlanishi ovul, tog’, yaylov, soylar bilan bog’liqdir: “Aq-soy”, “Tiyon-shon”, “Talas”, “Erkin to’o’”, “Kerme to’o’”, “CHatir ko’l”, “Sari barpi” (“Sayroqi qushcha” ) va boshqalar.
“Seketbay” qo’shiqlarida baxtli muhabbat xaqida kuylansa, “Kuygen” janri qo’shiqlarida javobsiz, bir tomonlama muhabbat xaqida bayon qilinadi.
“Arman ”– lirik janr bo’lib, unda xam g’amginlik, xam yorug’ orzular haqida kuylanadi. “Arman” janridagi qo’shiqlar mashhur oqin To’qto’g’ul Satilg’anovning ijodida yorqin namoyon bo’lgan. “Arman” – murakkab va ko’p qirrali lirik vokal janr bo’lib, murakkablik kuy rivoji davomida kuzatiladi.
Umuman, lirik qo’shiqlar mehnat va marosim qo’shiqlaridan farqli ravishda ‘‘ asrda nisbatan ko’proq rivojlanadi. Qadimiy lirik qo’shiqlar o’rnini yangi mavzudagi murakkab kuyli qo’shiqlar egalladi.
‘I’ asrning ikkinchi yarmidan boshlab hozirgi davrgacha ellikka yaqin ijodkorlar nomlarini sanash mumkin. Ular “Seketbay”, “Kuygen”, “Arman” janrlarida ijod qilishgan va qirg’iz an’anaviy vokal madaniyatini rivojlantirib, merosni boyitganlar.
Xalqqa tanilgan lirik qo’shiqlarning kattagina qismi oqin To’qto’g’ul Satilg’anovga ( 1864-1933 ) tegishlidir. “Alimqan”, “Quluyna, Quljar”, “Qizil ko’ynek”, “Guldepal”, “Erke sari” kabi qo’shiqlar B.Satilg’anov ijodiy merosi tarkibidan o’rin oladi.
“Seketbay” va “Kuygen” janrlarida Bo’g’achi Jaqilbekov (1866-1935) ham ijod qilgan.
Vokal klassik lirik qo’shig’i “O’y to’bo’” (“Yo, tavba”) Esenali Qo’shchuev tomonidan yaratilgan. Ushbu qo’shiqni yoshlar ham, kattalar ham sevib ijro etishgan.

Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin