Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə9/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Vokal janrlari
Umumiy tavsifnoma

Qirg’iz xalqining vokal ijodiyotida uning boy tarixi, ma’naviy va mehnat tajribasi aks ettiriladi. Qo’shiq xalqining kundalik yo’ldoshi. Qo’shiqqa bo’lgan muhabbat umummilliy xarakterga ega. Og’zaki an’anadagi vokal madaniyati ming yillar davomida shakllangan, rivojlangan va sayqallangan. Natijada uning badiiy-ifodaviy va mantiqiy-konstruktiv tamoyillari va vositalari shakllandi. Keng ma’noda xalq ijodiyotining vokal tarmog’i epik asarlar, oqinlar kompozitsiyalari va xalq qo’shiqchiligining turli janrlarini o’z ichiga oladi. Xattoki cholg’u musiqa ham qo’shiqchilik nafasi bilan yo’g’rilgan.


Qadimiy musiqiy an’analarga ko’ra, ijodkorlik va ijrochilik hamjihatlikda kechgan. Vokal fol’klorining asosiy atamasi – “ir”. “Ir” atamasi (qadimgi turkiy so’z) “qo’shiqni” anglatadi. Mazkur atamaning boshqa ma’nosi “she’r”dir.
Qo’shiqchilik san’ati vakillarini “irchi”lar deyishgan. Irchilar uch toifaga ajratilgan: chon irchi - katta qo’shiqchi; orto irchi - o’rtamiyona qo’shiqchi; kichine irchi-kichik qo’shiqchi. Bunday tarzdagi toifalashtirish, ijrochining ijodkorlik mahorati va ovozining kuchi bilan bog’liq edi.
Qirg’iz xalq qo’shiqchilik madaniyati ikkiga ajratiladi. Birinchi guruhga mehnat jarayoni bilan bog’liq qo’shiqlar kiradi. Ikkinchi guruhga esa lirik janrlar; bolalar, yoshlar, hazilnamo qo’shiqlar; tarixiy qo’shiqlar kiradi. Qirg’iz musiqasi monodiya (bir ovozli) tarzida rivojlanib kelgan.
Mehnat qo’shiqlari
Qadim zamonlarda qo’shiq fol’klori mehnat jarayoni bilan bog’liqlikda rivoj topgan. Mehnat bilan bog’liq uchta janr ajralib turadi: “bekbekey”, “shirildan”, va “op mayda”. Mazkur janrlar taxminan Bronza davrida vujudga kelganligi aniqlangan.
“Bekbekey” – cho’pon qo’shig’ining qadimiy turidir. Mazkur janr ayollarning uy hayvonlarini qo’riqlash jarayonida vujudga kelgan. Bekbekey erta bahor, qish va kech kuz paytlarida ijro etilmagan. CHunki bu mavsumlarda qo’y-qo’zilar qishlovda, ya’ni ovulda bo’lar edi. Mollar asosan yoz oylarida, yaylovlarga chiqqanda qo’riqlanardi. Ayollar guruh tarzida qo’riqchilik qilib, “bekbekey” qo’shig’ini ijro etadilar.
1920-1940 yillari A.Zataevich, V.Vinogradov, A.Maldibaevlar “bekbekey” janri namunalarini yozib olishga muvaffaq bo’lganlar. CHunki ‘‘ asrga kelib, mazkur janr deyarli yo’qolib ketgan.
Qadimiy otboqarlarning mehnat qo’shiqlaridan biri “shirildan”bo’lib, tadqiqotchilar V.Vinogradov, A.Zataevichlarning fikricha “shirildan” qo’shiqlari kuz mavsumida, ya’ni otboqarlar tog’lardan ovulga tushgan vaqtida ijro etilgan. Mazkur janrning dastlabki nota yozuvi A.Zataevich tomonidan amalga oshirilgan.
SHirildan janri paydo bo’lgan va rivojlangan davrini aniqlash mushqul. Bu masalaga oydinlik kirituvchi aniq tarixiy ma’lumotlar yo’q. “SHirildan” janri ham, “Bekbekey” singari ‘I’ asrning oxiriga kelib umuman ijro etilmay qo’yilgan.
“SHirildan” qo’shiqlarining kuyi sodda ritmik va ohang tuzilmalaridan tashkil topadi. V.Vinogradov va A.Maldibaevlar tomonidan yozib olingan ushbu janrdagi qo’shiqlarning kuyi va she’riy matni turlicha bo’lsada, umumiy rechitativsimon tuzilishda ekanligi aniqlangan.
“Op mayda” ham qadimiy vokal janrlaridan hisoblanadi. “Op mayda” janri Qirg’izistonning avval janubida vujudga kelib, so’ngra shimoliy xududlariga tarqalgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Bronza davrida dehqonchilik Janubiy Qirg’iziston xalqlarining asosiy ishi bo’lgan. SHimolda esa chorvachilik rivojlangan. SHunga ko’ra, dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari shu xududlarda vujudga kelib, rivojlangan.
“Op mayda!” – don yanchish jarayoni bilan bog’liq aytim bo’lib, u solo yoki unison bo’lib ijro etuvchi guruh (ansambl) tomonidan kuz mavsumida ijro etilgan.
“Op mayda” janridagi aytimlar, V.Vinogradov va A.Maldibaevlar tomonidan notaga tushirilgan. V.Vinogradov notalashtirgan “Op mayda” namunasida aytim diapozoni kichik septimani tashkil qiladi. Ijro etish uslubi esa rechitativ rubato tarzida kechadi. Metroritm erkin tarzda, aktsent ham noaniq berilgan.
“Op mayda” – musiqiy poetik janr bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlarining qo’shiqchilik ijodiyotida keng tarqalgan.
‘‘ asrga kelib, hayot tarzi rivojlanishi bilan “Op mayda” aytimi uchun shart-sharoitlar yo’qoladi.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin