oqibatida fikrlash, aqliy qobiliyat, eslash, diqqatni to‘plash kabi inson
ruhiy funksiyalarining rivojlanmay qolishi bilan tavsiflanadi.
Aqli zaiflikning eng asosiy belgisi umumiy ruhiy nomukammallik
hisoblanadi
1
.
Tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflik og‘irlik darajasiga ko‘ra, uch turga
bo‘linadi:
– debillik (yengil shakli);
– imbetsillik (o‘rta shakli);
– idiotiya (og‘ir shakli).
Debillik – aqli zaiflikning eng yengil va keng tarqalgan shakli. U
ko‘pgina hollarda shaxsni har xil jinoiy qilmishlar sodir etishda aqli
rasoligini istisno etmaydi, chunki ular muayyan sharoitda o‘z qilmishining
xususiyatini anglay oladilar va boshqara oladilar. Aqli zaiflikning bu
shaklida shaxsda tafakkurning yetishmasligi yoki fikrlay olish
qobiliyatining bo‘lmasligi yoki fikrlashning soddaligi kuzatiladi.
Imbetsillik tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflikning yengilroq
darajasini aks ettiradi. Bu kasallikka chalinganlar atrofidagilar uchun
muayyan xavf tug‘diradi va kasallik o‘tkirlashgan davrda har xil
jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘ladilar. Ko‘pincha, bu ijtimoiy xavfli
harakatlar ularning anglamasligi bilan tavsiflanadi.
Idiotiya – aqli zaiflikning eng og‘ir shakli. Bu kasallikda shaxsning
nutqi va boshqa ruhiy funksiyalari deyarli umuman bo‘lmaydi. Qoidaga
ko‘ra, bunday kasallar statsionar davolanishga, doimiy qarab turishga
muhtoj bo‘lishadi. Tashqi omillarning qo‘zg‘alishi va ta’sir etishi
natijasida kasallar atrofidagilar va o‘ziga nisbatan yovvoyilashib ketishi
mumkin, shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lishadi. Ko‘pincha, bu
guruh kasallar jinoyat sodir etishda, sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi
asosida aqli noraso deb topiladi.
Tibbiy mezon ruhiy kasalliklarining to‘rtinchi guruhini
boshqa
Dostları ilə paylaş: