xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish;
buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik va jismoniy yoki ruhiy
majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish
natijasida».
Ushbu ro‘yxat to‘liq qamrab oluvchi bo‘lib, shu tufayli unda
ko‘rsatilmagan boshqa holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan
holatlar deb tan olinishi mumkin emas. Shu sababli, masalan, mavjudligi
bilan qilmishning jinoiyligi belgilanadigan voqealar yoki harakatlar yoki
harakatsizlik yoki uning boshqa manbalarda istisno etilishi asoslanadigan
holatlar shunday qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat deb tan
olinmaydi.
Shuni qayd etish lozimki, qonun nafaqat qilmishning jinoiyligini
istisno qiladigan holatlarni mustahkamlab qolmasdan, balki ularning
qonuniyligi shartlarini ham belgilab beradi, ularga JK III bo‘limining 36,
37, 38, 39, 40-moddalari bag‘ishlangan. Ushbu shartlarga mos kelmaslik
muayyan harakatlarni ko‘rib chiqilayotgan holatlarning birortasiga
kiritilishiga imkon bermaydi.
JKda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning
mustahkamlanishi, bir tomondan, jinoiy-repressiv choralar qo‘llanishining
kamayishiga, boshqa tomondan, fuqarolarning huquqiy faolligi oshishiga
olib keladi. Ushbu holatlar fuqarolarning jinoyatchilikka qarshi kurashda
ishtirok etishining eng muhim shakli bo‘lib, u insonlarning ongli irodaviy
faol harakatlarida amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu institutning
me’yorlari pirovardida JK vazifalarining hal etilishiga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: