Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Xalqaro xarakterdagi jinoyat – bu xalqaro jinoyatlar doirasiga 
kirmaydigan, lekin xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli 
xatti-harakatlardir. Xalqaro jinoyatlardan farqli 
o‘laroq, xalqaro 
xarakterdagi jinoyat uchun javobgarlik davlatning emas, balki shaxsning 
zimmasiga yuklanadi
1

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida xalqaro 
xarakterdagi bir qator jinoyatlar tarkibi ko‘rsatilgan: terrorizm, qalbaki 
pullar, aksiz markalari, qimmatbaho qog‘oz yoki markalar (qalbaki 
tangafurushlik) tayyorlash va tarqatish; marodyorlik va boshqalar. 
Jinoyat kodeksi amal qilishining universal prinsipi jinoyat sodir 
etilgan joyga bog‘liq emas, u O‘zbekiston hududidan tashqarida, ya’ni chet 
davlatlar hududida yoki hech qaysi davlatga tegishli bo‘lmagan daxlsiz 
joylar (masalan, ochiq dengiz, havoda, Antarktida)da sodir bo‘lishi 
mumkin. Mazkur tamoyilga amal qilishning yagona sharti konkret xatti-
harakatning xalqaro xarakterdagi jinoyat sifatida xalqaro shartnomalarda 
yoki O‘zbekiston Respublikasi bitimlarida nazarda tutilganligi hisoblanadi. 
Xususan, bunday shartnomalarga Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi 
kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya
2
, Yollanma jinoyatchilarni 
yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi 
kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya
3
, Odamlarni garovga olishga 
qarshi kurash to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya
4
kabi hujjatlar misol bo‘la 
oladi. 
1
Қаранг: Большой юридический словарь. Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских. М., ИНФРА, 2000, стр. 
479-
б. 
2
Қаранг: Терроризмни молиялаштиришга қарши кураш тўғрисидаги Халқаро Конвенция (Нью-Йорк,
2000 й. 9 декабрь, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 й. 12 майдаги 225-II-сон қарори билан 
ратификация қилинган, Ўзбекистон Республикаси учун 2002 й. 10 апрелдан бошлаб кучга кирган).
3
Қаранг: Ёлланма жиноятчиларни ёллаш, улардан фойдаланиш, молиявий таьминлаш ва ўқитишга қарши 
кураш тўғрисидаги Халқаро конвенция (Нью-Йорк, 1989 й. 4 декабрь, Ўзбекистон Республикасининг 
қўшилиши Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 й. 26 декабрдаги 555-I-сон қарорига мувофиқ, 
Ўзбекистон Республикаси учун 2001 й. 20 октябрдан бошлаб кучга кирган). 
4
Қаранг: Одамларни гаровга олишга қарши кураш тўғрисидаги Ҳалқаро Конвенция (Нью-Йорк, 1979 й. 17 
декабрь, Ўзбекистон Республикасининг қўшилиши Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 й. 26 
декабрдаги 554-I-сон қарорига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси учун 1998 й. 18 февралдан бошлаб кучга 
кирган). 
84 


Bu tamoyil amal qilishining yagona sharti O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnoma va kelishuvlarida xalqaro 
xarakterdagi muayyan qilmish to‘g‘risida aniq chora-tadbirlarning 
borligidir. Shunday qilib, chet ellik shaxs (muhojir) yoki fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston hududida doimiy yashamay turib, ilgari 
xorijiy davlat jinoiy qonunchiligiga muvofiq tegishli javobgarlikka 
tortilgan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida aynan o‘sha 
qilmishlari uchun qayta javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Bunda 
Kodeksning odillik prinsipiga asoslanganligi namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin