Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi yoki kelishuvi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi yoki kelishuvi 
– respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro 
huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi 
huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir
1

JK 12-moddasi tarkibidagi xalqaro shartnomaning nomlanishi 
ahamiyatga ega emas, bu shartnoma, kelishuv, deklaratsiya, konvensiya, 
pakt, kommoniya, qaror va boshqalar barchasi teng yuridik kuchga ega. 
Shuning uchun, bu aktlarning vaqt bo‘yicha ta’sir etishiga diqqat 
qaratiladi. 
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston bir qator shartnomalarga qo‘shilgan 
yoki ularni tan olgan, masalan, terrorizm, separatizm va ekstremizmga 
qarshi kurash to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasi
2

O‘zbekiston 
Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya 
to‘g‘risidagi Shartnoma
3
; Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha 
huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya
4
va 
boshqalar. 
Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro shartnoma yoki kelishuvning 
bo‘lmasligi O‘zbekiston fuqarosini, masalan, diplomatik muzokaralar 
chog‘ida boshqa davlatga berishga monelik qiladi. Bu shaxs mazkur 
holatda muqarrar ravishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 
muvofiq javobgarlikka tortilib, jazolanadi. 
JK 12-moddasi 3-qismida jinoyat qonunining makonda amal 
qilishiga oid universal tamoyil ko‘rsatilgan. Bu tamoyil boshqa xalqaro 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1995 й. 22 декабрдаги “Ўзбекистон Республикасининг халқаро 
шартномалари тўғрисида”ги 172-I-сон қонуни, 3-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 
Ахборотномаси, 1995 й 12-сон 262-модда 2003 й 5-сон 67-модда 2004 й 1-2-сон 18-модда Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й, 49-50-сон, 365-модда. 
2
Қаранг: Терроризм, сепаратизм ва экстремизмга қарши кураш тўғрисидаги Шанхай конвенцияси (Шанхай, 
2001 й. 15 июнь, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 2001 й. 30 августдаги 274-II-сонли қарори 
билан ратификация қилинган). 
3
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси билан Покистон Ислом Республикаси ўртасида экстрадиция 
тшғрисидаги шартнома (Исломобод, 2001 й. 12 майдаги 233-II-сон қарори билан ратификация қилинган). 
4
Қаранг: Фуқаролик, оилавий ва жиноий ишлар бўйича ҳуқуқйи ёрдам ва ҳуқуқйи муносабатлар 
тўғрисидаги Конвенция (Минск, 1993 й. 22 январ, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1993 й. 6 
майдаги 825-ХII-сонли қарори билан ратификация қилинган). 
83 


hamjamiyatlarda e’tirof etilgan xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi 
jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha respublikada olib borilayotgan jinoyat-
huquqiy siyosat yo‘nalishini aks ettiradi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin