Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 12-moddasi 
Jinoyat kodeksining amal qilish hududiy 
chegaralarini belgilaydi. 11-moddadan farqli o‘laroq, bu o‘rinda fuqarolik 
prinsipi asos qilib olinadi. Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining hududiylik prinsipini to‘ldirishga qaratilgan.
Fuqarolik prinsipiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
hamda fuqarolikka ega bo‘lmagan, lekin respublika hududida doimiy 
yashayotganlar, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga amal qilishlari shart. Shuning uchun, bu 
shaxslar ma’lum shart-sharoitlarga mos kelgan hollarda O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, javobgarlikka tortiladilar, garchi 
ular jinoiy harakatni boshqa davlat hududida sodir etgan bo‘lsalar ham. 
Shunday qilib, fuqarolik prinsipi Kodeks vazifalarini bajarishga yordam 
beradi, xususan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalaydi. 
JK 12-moddasi 1-qismi umumiy shartlarni belgilaydi, shu yo‘l bilan 
fuqarolik prinsipi davlatimiz qonunchiligi hududiy amal qilish mezonlarini 
belgilaydi.
Bu shartlar fuqarolik prinsipining quyidagi tarkibiy elementlarini 
ifodalaydi: 
– aniq-muayyan subyektli tarkibi; 
– prinsipni qo‘llashning hududiy sohalari; 
– jinoiy javobgarlikka tortish asoslari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka 
tortishni istisno etuvchi holatlar. 
Fuqarolik prinsipining aniq-muayyan subyektli tarkibi shuni 
bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi amal qilish doirasi 
qonunda ko‘rsatilgan ma’lum toifadagi aholi, ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari va respublikada doimiy istiqomat qiluvchi 
fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar bilan chegaralanadi. 
NOTA BENE ! 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi – bu qonun bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi maqomiga ega bo‘lgan shaxs. 
77 


Amaldagi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro 
huquq va majburiyatlariga ko‘ra siyosiy-huquqiy aloqada bo‘lgan shaxs 
fuqaro hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 
pasport olingunga qadar esa – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki 
shaxsning fuqaroligiga doir ma’lumotlar bo‘lgan o‘zga hujjat – 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb 
hisoblanadi
1
. Shaxsning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar – bu faqat 
rasmiy mezon, sud-tergov xodimlari har bir holatda shaxsning respublika 
bilan siyosiy-huquqiy bog‘langanligini aniqlashi lozim, ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasi qonuniga muvofiq, shaxsning fuqarolik mansubligini, uning 
qachon olgan-olmagani, chiqarilgani haqidagi faktni aniqlashi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin