tranzit ravishda o‘tuvchi uchinchi davlatdagi elchixona boshliqlari,
diplomatik tarkib a’zolari, ularning oila a’zolari kiradi.
Shunday immunitet
davlatlararo muzokaralarda, xalqaro
konferensiyalarda va yig‘ilishlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy
topshiriqlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy
davlatlarning vakillariga, xorijiy davlatlarning parlament va hukumat
delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek, ularni kuzatib boruvchi va ularning
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan oila a’zolariga ham
beriladi
1
.
JKning hududiylik prinsipidan mustasno qilish immunitetidan
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka
tortish mumkin
emas degan ma’no kelib chiqmasligi kerak.
JK 11-moddasi 4-qismida
belgilab qo‘yilgan: javobgarlikka tortish haqidagi masala xalqaro huquq
normalariga muvofiq amal qilinadi, ya’ni
umuman javobgarlikdan ozod
etilmaydi.
Diplomatik immunitetlar haqidagi Vena konvensiyasiga muvofiq,
akkreditatsiya qilgan davlat vakolatxona boshlig‘i va uning oila a’zolari
yoki vakolatxona shaxsiy tarkibining boshqa a’zosini persone non grata
deb e’lon qilish mumkin, bunda bu qarorni qabul qilgan davlat o‘z
harakatlarini izohlab berishga majbur emas.
Bunday hollarda akkreditatsiya qiluvchi davlat bu shaxsni chaqirib
olishi yoki vakolatxonada uning faoliyatini to‘xtatishi lozim. Agar
akkreditatsiya qiluvchi davlat uni chaqirib olishdan bosh tortsa yoki
faoliyatini ma’lum muddatga to‘xtatmasa, vakolatxona
turgan davlat
bunday shaxsni vakolatxona xodimi sifatida tan olmaslik huquqiga ega
2
.
Aslida sodir etilgan qilmish uchun javobgarlikdan ozod etilmaydi,
faqat uni shu mamlakat sudida ko‘rish imkoniyati olib tashlanadi. Bu
qoida Jinoyat kodeksi 10-moddasida zikr etilgan javobgarlikning
muqarrarligi prinsipiga mos.
1
Хорижий давлатларнинг Ўзбекистон Республикасидаги дипломатик ваколатхоналар ва консуллик
муассасалари тў0рисидаги Низом (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2001 йил 8 майдаги 207-сон
қарорига 1-илова), 6.1-банд, 6.2-банд.
2
Қаранг: Дипломатия муносабатлари тўғрисидаги Вена конвенцияси, 9-модда.
76