O‘zbekiston Respublikasi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi
Qonunining 24-moddasi 1-qismida ko‘rsatilganidek, «hammaning e’tibori
uchun rasman e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim ... jazoga tortilishi
... mumkin emas». Ayni bir paytda faqatgina rasmiy e’lon qilingan nashr
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qonunchilik jarayonida mustaqil bosqichni
tashkil etadi va u normativ-huquqiy hujjatning
rasmiy matni asosida uning
dublikatini yaratish hamda uning kuchga kirishini yoki vaqt bo‘yicha amal
qilishini aniqlash imkoniyatini beradi. Rasmiy e’lon qilish huquq-tartibot
organlari nomidan qonunchilikda nazarda tutilgan manbada mazkur
masalaga oid to‘liq va aniq me’yoriy aktlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni
tartibga solishdan iborat.
Ko‘rsatilgan Qonunning 25-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda
normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy manbalari quyidagilardir:
–
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi», «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami»,
«Xalq so‘zi» va «
Народное слово» gazetalari O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir;
–
«O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami»,
«O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», «Xalq so‘zi» va
«
Народное слово» gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir;
– «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», vazirliklar,
davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari O‘zbekiston
Respublikasi
vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-
huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir;
– mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy
hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjat mazmunini ommaviy tarzda tarqatish uchun
chop etishga doir talablarning maxfiy ma’lumotlarga aloqasi yo‘q. Bunday
hollarda tergov va sud organlari normativ-huquqiy hujjatning rasmiy
90
matnida maxfiy ma’lumot mavjudligi va bu ma’lumotlar jinoyat
sodir
etgan shaxsga ma’lum bo‘lganligini aniqlashi lozim.
Qonun ijrosining majburiyligini belgilaydigan muhim holat bo‘lib,
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishi yoki uning amal qilishi
tugatilishi vaqtini aniqlash hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishini aniqlash qonun va
normativ hujjatlarning qo‘llanilishida
muhim element hisoblanadi, chunki
ayni o‘sha paytga qadar u majburiy hisoblanmaydi, ya’ni qonun kuchga
kirgunga qadar eskisi amalda bo‘ladi, kuchga kirmagan
qonunning harakat
qilishi amaldagi normalarni buzish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: