Adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan vatanimiz
jinoyat
qonunchiligining qonunning orqaga qaytish kuchi haqidagi holatlari
JK
13-moddasining 2- va 3-qismlarida mustahkamlangan bo‘lib, ularga
muvofiq qilmishning
jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni
yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda
yaxshilaydigan qonun
orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun
kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish
sodir etgan shaxslarga, shu
jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar
ular hali sudlangan hisoblansalar tatbiq etiladi.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki
shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan
qonun orqaga
qaytish kuchiga ega emas.
Shuni nazarda tutish kerakki, qonunga aks ta’sir tushunchasini
berish
nuqtai nazaridan qaraganda, qonun tushunchasi normativ-huquqiy
hujjatlardan farq qiladi, ya’ni qonun tushunchasi
JK 13-moddasi 1-
qismida berilgan. Qonunning aks ta’sir kuchi vaziyatida qonun huquqiy
me’yorlar mustahkamlanadigan shakl emas, balki me’yoriy-huquqiy aktlar
mazmunidan iborat. Boshqacha qilib
aytganda, bunday holatlarda qonunni
jinoyat-huquqiy normalarining o‘zi deb e’tirof etiladi va bu normativ-
huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan va mustahkamlangan. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi 2001 yil 29 avgustdagi «Jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat,
Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 1,
2-bandlari, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 mart kunidagi
Dostları ilə paylaş: