Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Ayb jinoyatning belgisi sifatida shuni anglatadiki, birinchidan, shaxs 
o‘zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishi va uning natijasida kelib chiqqan 
ijtimoiy xavfli oqibat uchun aybi mavjud bo‘lgan taqdirdagina jinoiy 
javobgarlikka tortiladi, ikkinchidan, aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun 
shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Ijtimoiy xavfli qilmishning huquqqa xilofligi uni sodir qilgan 
shaxsning ana shu qilmishga nisbatan ruhiy munosabati mavjud bo‘lishini 
talab qiladi, ya’ni jinoyatni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir 
qilish. Ayblilik belgisining mavjud emasligi jinoyat ijtimoiy xavfliligining 
formal belgilari mavjud bo‘lganda ham qilmishda jinoyat tarkibi mavjud 
emas deb baholanishi mumkin. Buning sababi jinoiy javobgarlikka tortish 
asosi hisoblangan jinoyat tarkibining muhim elementi – subyekt 
tomonning mavjud emasligida ifodalanadi. 
(«Ayb» tushunchasi haqida mazkur tom VII bobining «Ayb 
tushunchasi va shakllari» deb nomlanuvchi 3-§ da batafsil tushuntirilgan.) 
Javobgarlik muqarrar bo‘lgan holatlarda ayblilik JK moddalarida 
javobgarlik asosi sifatida keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari aybsiz javobgarlikka yo‘l qo‘ymaydi (JK 9-
moddasi). 
Har qanday ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof qilmish jinoiy jazoga 
sazovorlikni nazarda tutadi. Jazoga sazovorlik sodir etilgan qilmish uchun 
javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ifodalaydi. Shu bilan bog‘liq 
ravishda jazoga sazovorlikni qilmishni jinoyat sifatida tavsiflaydigan 
belgilar qatoriga kiritish faqatgina jinoyat huquqi tabiati va xarakteri 
tufayli emas, balki qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilganligi uchungina 
amalga oshirilgan. JK 14-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan «jazo 
qo‘llash tahdidi bilan» jumlasi jazoga sazovorlikni jinoyatning asosiy 
belgilaridan ekanligidan dalolat beradi. 
Aytilganlardan shunday xulosaga kelish kerakki, qilmishning huquqqa 
xilofligi jazoga sazovorlik bilan bevosita bog‘liq. Jinoyat-huquqiy taqiqni 
o‘rnatuvchi huquq normasi qonun bilan o‘rnatilgan qoidalarga rioya 
122 


qilishni, bu qoidalar buzilgan taqdirda aybdorni jazolashni ta’minlovchi 
jinoiy sanksiyalar mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Harakat yoki 
harakatsizlikning taqiqlanganligi jinoiy-huquqiy norma bilan bog‘liq 
bo‘lmasa, jinoyat ham, jazo ham mavjud bo‘lmaydi
1


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin