Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyat tarkibi deganda, aniq ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb 
baholash uchun zarur bo‘lgan obyektiv va subyekt elementlar yig‘indisi 
tushuniladi. Bu elementlar jinoyat qonunida mustahkamlanganligi bois, u 
yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zarur 
hisoblanadi. 
Albatta, qonun chiqaruvchi jinoyat tarkibini shakllantirishda 
jinoyatning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqadi. 
Jinoyat tarkibi – jinoiy javobgarlikning asosi bo‘laturib, istalgan 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishning muhim sharti – yuridik asosi bo‘lib 
xizmat qiladi. Jinoyat tarkibining tarkib deb nomlanishining asosiy sababi 
shundaki, unda jinoyatning obyekti, obyektiv tomoni, subyekti va 
subyekt tomoni degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda 
mujassamlashgan. Bularning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim (ijtimoiy 
xavfli) holati bo‘lgan jinoyatni tashkil qiladi. 
Jinoyatning aniq tarkibida shu jinoyatning o‘zigagina xos bo‘lgan 
umumiy belgilar mavjud bo‘lib, bu belgilar haqiqatda sodir etilayotgan har 
bir qilmishda o‘z aksini topadi. Jinoyat qonunida jinoyat tarkibini tashkil 
etadigan bu belgilar, birinchidan, ushbu turdagi har bir ijtimoiy xavfli 
qilmishda takrorlanadi, ikkinchidan, ahamiyatli hisoblanadi, uchinchidan
ijtimoiy xavflilikni ifodalaydi. 
Har bir aniq jinoyatning tarkibi va belgilari jinoyat qonuni – JK 
Umumiy va Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan. Maxsus qism 
137 


moddalarida har bir jinoyatning tarkibi individual ravishda ifodalanib, bu 
tarkibning boshqa jinoyat tarkiblaridan farqini namoyon qilsa, Umumiy 
qism moddalari barcha yoki bir guruh jinoyat tarkiblarining belgisini 
ifodalaydi. 
Jinoyat tarkibi umumijtimoiy va jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega. 
Jinoyat tarkibining umumijtimoiy ahamiyati jinoyat tarkibini tashkil 
etuvchi belgilar birligida ifodalanuvchi xulq-atvorga nisbatan jamiyat
davlat va tegishli huquq normasining salbiy munosabatida namoyon 
bo‘ladi, ya’ni jinoyat tarkibi – bu taqiqlovchi norma yoki jamiyat 
a’zosining xulq-atvor me’yoridir.
Jinoyat tarkibining jinoyat-huquqiy ahamiyati bir qator holatlarda 
ifodalanadi: 
– birinchidan, u sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosidir. Jinoyat tarkibi – sodir bo‘lgan 
hodisa (holat)ni solishtirish uchun etalon (o‘lchov birligi) hisoblanadi; 
– ikkinchidan, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibi muhim 
rol o‘ynaydi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi sud-tergov xodimlari 
sodir bo‘lgan holat belgilarini JK tegishli moddalarida belgilangan jinoyat 
tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya qiladilar; 
– uchinchidan, jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri 
kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladi. Kvalifikatsiya qilish haqiqatda 
sodir etilgan qilmishni qonunda ko‘rsatilgan belgilar bilan solishtirib, 
boshqalar uchun shunga o‘xshash qilmishlarni sodir qilishni taqiqlashga 
imkon beradi; 
– to‘rtinchidan, bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini, 
ikkinchi tomondan sodir bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir-biriga 
mosligini qayd etish jinoyat sodir qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan 
biridir, ya’ni uning o‘z qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni 
talab qilish huquqini ifodalab beradi; 
– beshinchidan, jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-
tergov amaliyotida jinoyat-huquqiy normani qo‘llashda qonuniylik 
prinsipining kafolatidir. 
138 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin