–
uchinchidan, fuqarolarni O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash.
Birinchi, ya’ni
muhofaza qilish vazifasi umuman jinoyat-huquqiy
me’yorlar uchun, xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksi
uchun asosiy mezon bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni (xavfsizligi
va ijrosini ta’minlash orqali) ularga jiddiy zarar yetkazilishi yoki yetkazish
imkoniyatidan, ya’ni obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan huquq yoki
erkinlikni shaxs, jamiyat va davlat uchun amalda xavf tug‘diruvchi
cheklov yoki yo‘q qilib yuborishlardan himoya qilishdan iborat.
Jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish vazifasi
ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etish holatidan, huquqni muhofaza qilish idorasining tarkibiy
tegishliligidan (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari,
DXX va shu
kabilar), JK amal qilgan hududning ma’muriy-hududiy tegishliligidan va
boshqalardan qat’i nazar, doimiy ravishda amalga oshiriladi. Ushbu
yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya
qilish JKning amal qilish doirasida hamisha va hamma yerda amalga
oshirilishi lozim.
Jinoyat kodeksining vazifasi sifatida ijtimoiy munosabatlarning jiddiy
zarar yetkazilishidan himoya qilinishi ikkiyoqlama amalga oshiriladi:
a) jinoyat sodir etilishidan avval ma’lum qilmishlarni taqiqlash yoki
tegishli
xulq-atvorga rioya etish, ya’ni huquqiy jihatdan yo‘l qo‘yiladigan
faoliyat chegaralarini belgilash orqali;
b) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganidan keyin buzilgan huquqning
aybdor shaxsga nisbatan jinoiy jazo choralarini qo‘llash orqali tiklanishini
ta’minlash yo‘li bilan.
Dostları ilə paylaş: