«Metod» tushunchasi real haqiqatni bilish va u haqida obyektiv
bilimlarni olish uchun yo‘l, usul va vositalarni qamrab oladi
1
. Jinoyat
huquqining metodologiyasi haqidagi masala (boshqa har qanday yuridik
fan sohasi kabi) hozirgi kungacha bahsli hisoblanadi. Fan sohasini
o‘rganishga xizmat qiladigan metodologiya asoslari ba’zi hollarda ilmiy,
falsafiy yoki dialektik metodlarni, boshqa hollarda bilishning maxsus usul
va vositalarini tan oladi. Bir qancha mualliflarning fikriga ko‘ra, boshqa
fan sohalariga asos bo‘lishi lozim bo‘lgan umumiy huquq nazariyasigina
metodologik funksiyaga ega
2
.
Dostları ilə paylaş: