Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga nisbatan xato



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga nisbatan xato bor holatlarni 
yo‘q deb, yo‘q holatlarni bor deb tasavvur qilish natijasida yuzaga keladi. 
Shuning uchun mazkur xato tasavvur ikki turda bo‘lishi mumkin. 
Birinchidan, jinoyat subyekti jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat mavjud 
bo‘lmaganda, shunday holat mavjudligi haqida xato tasavvurga ega 
bo‘ladi; ikkinchidan, shaxs sodir etayotgan qilmishining kvalifikatsiya 
qilinuvchi belgilarini sodir etayotgan, deb hisoblaydi, faktik jihatdan esa, 
shaxs ongi bilan anglamagan holda jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlar 
mavjud bo‘ladi. 
Birinchi holatda xatoni belgilashda shaxs ongida og‘irlashtiruvchi 
holat sodir etayotganini tasavvur qilishi ahamiyatga ega. Shuning uchun 
qilmish qasd yo‘naltirilgan va qamrab olgan doirasida kvalifikatsiya 
qilinishi lozim. Biroq bu tugallangan jinoyat sifatida kvalifikatsiya 
qilinishi mumkin emas, chunki qilmishning ijtimoiy xavfliligini oshiruvchi 
kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi jinoyat belgilari faktik jihatdan sodir 
etilmagan. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi 
belgilarga nisbatan shaxs xato tasavvur qilsa, faktik jihatdan tamom 
bo‘lgan jinoyat suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak, chunki 
ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqdi, lekin aybdorning ongi va qasdi bilan 
qamrab olingan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar amalda to‘liq yuz 
bermadi. 
Keltirilgan ikkinchi holatga ko‘ra, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi 
holatlarga nisbatan xatoning turida shaxs sodir etayotgan qilmishini 
ijtimoiy xavfliligini oshiruvchi kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilarsiz 
amalga oshirayotganday tasavvur etib, uning ongi bilan yuridik jihatdan 
mavjud og‘irlashtiruvchi holat to‘liq qamrab olinmaydi. o‘z navbatida 
228 


sodir etilayotgan qilmish subyekt belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun 
jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarsiz kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ko‘rib chiqilayotgan faktik xato turi, nafaqat, qilmishning 
kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi og‘irlashtiruvchi holatlarini ko‘zda tutadi, 
balki jinoyat tarkibining mustaqil belgilari sifatida ham qaralishi mumkin. 
Masalan, o‘g‘irlik bilan bosqinchilik sodir qilinish usuli (yashirincha yoki 
ochiq) bo‘yicha farqlanadi. o‘g‘irlik jinoyatining kvalifikatsiya qiluvchi 
asosiy mezoni, bu – aybdorning sodir etayotgan qilmish haqidagi subyekt 
tasavvuri bo‘lsa, bu aybdor qasdining yo‘naltirilganligiga asosan 
kvalifikatsiya qilinishi lozim
1

Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni belgilariga yuz bergan oqibatga, 
sababiy bog‘lanishning rivojlanishiga, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi 
holatlarga nisbatan xatodan tashqari jinoyatni sodir etish vositasiga 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin