Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 17-moddasi 5-qismi ko‘rilayotgan moddaning 2, 3, 4-qismlarida 
keltirilgan jinoyat tarkiblari aniq bo‘lgan qoidani o‘rnatadi, berilgan 
qismlarda sanab o‘tilmagan boshqa jinoyat tarkiblarining subyektlari 
jinoiy javobgarlik vujudga kelishining umumiy yoshi 16 yoshga to‘lgan 
shaxslar hisoblangan jinoyatlar taalluqli. 
Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi voyaga 
yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo‘llashning insonparvarlik 
tamoyilini aks ettiruvchi bir qancha xususiyatlarini belgilab beradi. Bu o‘z 
xatti-harakatlari va ularning oqibatlarini anglab yetmagan voyaga 
yetmagan shaxslar bilan bog‘liq. Xususan, bunday holatlarda voyaga 
yetmaganlar javobgarligi o‘ziga xosliklarini tartibga soluvchi normalar 
o‘rnatilgan Jinoyat kodeksining Umumiy qismi 6-bo‘limi talablari hisobga 
olinadi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo tayinlashning 
o‘ziga xosliklariga ega maxsus normalar 18 yoshga to‘lgan, ya’ni voyaga 
yetgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi umumiy 
normalardan farqli ravishda jinoiy javobgarlikning yengilligi bilan ajralib 
turadi. 
Qonun tomonidan jinoiy javobgarlikning kelib chiqishi yuqori 
chegaralarining belgilanib qo‘yilishi o‘zining aksini topmadi. Bu esa, 
qonunda ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs hatto katta 
yoshda (70–80 yosh va h.k.) bo‘lsa ham, jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilinmaydi. Biroq sud har bir alohida holatda Jinoyat kodeksining 54-
moddasi (Jazo tayinlashning umumiy asoslari) talablari asosida jinoiy 
jazoni individuallashtirish va uni tayinlashda jinoyat sodir etgan shaxsning 
yoshini e’tiborga olishi lozim.
1
См.: Закон Республики Узбекистан от 12 декабря 2002 г. № 436-II «О всеобщей воинской обязанности и 
военной службе», ч.3 ст.4 // Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2002 г., №12, ст.217; 2003 г., № 
9-
10, ст. 149; 2005 г., № 1, ст. 18; 2006 г., № 6, ст. 262. 
239 


Har bir ish bo‘yicha majburiy tartibda ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etgan shaxsning aniq yoshi o‘rnatilishi lozim. Jinoyat kodeksida 
ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan 
shaxsning yoshi jinoyat-protsessual qonuni hujjatlari asosida o‘rnatiladi 
(JPK 548-moddasi)
1
. Sud va tergov organlari jinoiy javobgarlikka 
tortilayotgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan yilini, oyini va kunini 
aniqlashi lozim. «Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs 
tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, 
ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik 
boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi». Bu voyaga yetgan, lekin 
yoshini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli 
hisoblanadi. 
«Sudlar ishda albatta, voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi 
yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda 
bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday 
kamchilikni bartaraf qilishi zarur». Ish materiallarida voyaga yetmagan va 
voyaga yetgan shaxslarning yoshi to‘g‘risidagi hujjatlari bo‘lmagan 
taqdirda, ularning yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanadi. 
«Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan 
aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning 
oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan 
aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan 
kelib chiqishi lozim»
2


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin